So’nggi yangiliklar

13:22Милитао: "Реал" учун қаттиқ ишлашда давом этиш муҳим"  0 12:53"Комо" "Манчестер Сити" футболчиси ҳуқуқларига эга чиқиши мумкин  0 12:25"Интер" "Челси" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  0 11:57Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада"  8 11:28Трамп КЖЧ финалига келади  2 10:55"Интер Майами" ғалаба қозонди, Лионел Месси эса кетма-кет тўртинчи ўйинда дубль қайд этди  13 10:51"Бавария" Бундеслигадаги рақобатчининг асосий футболчисини сотиб олмоқчи  0 10:22Виктор Гёкерешнинг "Арсенал"даги маоши маълум  3 09:53Симоне Индзаги "Ал Ҳилол"да тўрт нафар футболчидан қутилмоқчи  7 09:24"Навбаҳор" ҳужумчиси иккинчи даврани "Хоразм"да бошлаши мумкин  4 08:56Энрике: "Телефоним "Барселона" мухлисларидан келган хабарларга тўла"  14 08:27"Рома" Шомуродовнинг ўрнига АПЛда ўтган мавсум 1 та гол урган футболчи олиб келмоқчи  12 07:58"Реал" 25 йиллик антирекордни такрорлади  20 07:30Алонсо йирик мағлубиятдан сўнг нималар деди?  33 07:15Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Реал Мадрид" 4:0  21

Birinchi liga, 12-tur. "SHo'rtan" - "Oq-tepa" o'yinidan qanday natija kutyapsiz? Yangiliklar

Birinchi liga, 12-tur. "SHo'rtan" - "Oq-tepa" o'yinidan qanday natija kutyapsiz?

Bugun va ertaga birinchi liganing ikkinchi bosqich, ikkinchi davrasining 12-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

 Odatdagidek bo'lajak bahslar oldidan shaxsiy tahminlarimizni keltirib o'tamiz. Xo'sh, 12-turda kimning imkoniyati qanday?

SHu kunlarda yurtimizning bir qator shahar va tumanlarida yog'ayotgan yomg'ir, tabiiyki jamoalarning kombinacion o'yin namoyish etishiga unchalik ham yo'l qo'ymaydi. Futbolchilar asosan natija uchun borini bersa ajab emas.  

 “Zomin” – “Istiqlol”. 70x30.

Zominliklarning g'alaba qozonish imkoniyatini yuqori deb bildik. CHunki bu jamoa o'z maydonida osonlikcha raqibiga ochko ulashadiganlardan emas. To'g'ri, “Istiqlol” o'tgan turda safarda g'alaba qozongandi. Lekin bu toshkentliklarning bugun ham yutadi degani emas. Katta extimol bilan maydon egalari muvaffaqiyat qozonishini tahmin qilamiz.    

“G'allakor-Avtomobilchi” – “Paxtakor-2”. 40x60.

Ikkinchi bosqichda hamon g'alaba nimaligini bilmay kelayotgan “G'allakor-Avtomobilchi”ning bugungi uchrashuvda ham g'alaba bo'lgan imkoniyati raqibiga nisbatan biroz pastroqdek tuyulmoqda. No'mon Hasanov boshqaruvidagi “Paxtakor-2” ham safardan g'alaba bilan qaytishga urinishi turgan gap. Autsayder jamoa esa o'z maydonida muxlislarini quvontirmasa bo'lmaydi. Bizningcha bu o'yinda toshkentliklar g'alaba qozonadi yoki tomonlar durangga imzo chekadi. 

“Xorazm” – “UzDongJu”. 40x60.

O'tgan turda “bo'yoqchilar” “Orol”ni maydonidan uch ochko bilan qaytib, tahminimizni barbod qilgandi. “UzDongJu”da jamoaviy o'yin yaxshi yo'qlga qo'yilgan. Aynan shu evaziga ular bugun “Xorazm”ni ham mag'lub etib qaytishlari mumkin. Urganchliklarning joriy mavsumdagi ishtirokida barqarorlik yo'q. Jamoa kutilmaganda ochko yo'qotmoqda. 

“Orol” – “Xotira-79”. 70x30.

O'tgan turda mag'lubiyatga uchragan nukusliklar bu safar o'z muxlislari qarshisida ochko yo'qotishga haqqi yo'q. O'ylaymizki bugun g'alaba “Orol” tomonda bo'ladi. “Xotira-79” uchun esa durang ham ijobiy natija bo'lishi mumkin. 

“SHo'rtan” – “Oq-tepa”. 70x30.

SHubhasiz turning markaziy uchrashuvidir. Ushbu jamoalarning ilk to'qnashuvida “Oq-tepa” 1:0 hisobida g'alaba qozongandi. Bugun esa g'uzorliklarning yirik g'alabasini tahmin qilish mumkin. CHunki shaxsan bizga “SHo'rtan” har jihatdan kuchli ko'rinmoqda. SHu bois bo'lajak o'yin oldidan maydon egalarining imkoniyatini yuqori baholadik. Extimol toshkentliklar ushbu tahminlarimizni amalda yo'qqa chiqarar. Buni o'yin ko'rsatib beradi.  

“Mashal-2” – “NBU-Osiyo”. 50x50.

Muborakliklar o'tgan turda mag'lub bo'lgan. Bugun tabiiyki ularni hattoki durang ham qoniqtirmaydi. Lekin g'alabaga bo'lgan imkoniyat har ikki jamoada ham bir xil deb baholadik. CHunki “bankirlar”ning ham kutilmagan natija qayd etish havfi bor. 

   

9 oktyabr (payshanba)

Ertaga shuningdek turning qolgan yana ikki uchrashuvi bo'lib o'tadi.  

“SHerdor” – “Obod”. 30x70.

Samarqandiklar ustozi Sayfullo SHaripov jamoasi mag'lubiyatga uchragudek bo'lsa, nuqul hakamlardan norozi bo'ladi. “SHerdor” o'tgan turda “Qo'qon-1912”ni qabul qilib, o'z darvozasidan javobsiz 5ta to'p olib chiqqandi. Ertaga “Obod” ham Samarqanddan g'alaba bilan qaytishi mumkin. CHunki liga debyutanti bu yilgi mavsumni yuqori no'tada o'tkazmoqda. Qisqasi mazkur uchrashuvdan oldin mehmonlarning g'alabaga bo'lgan imkoniyatini yuqori ko'ryapmiz.  

“Alanga” – “Qo'qon-1912”. 40x60.

Turning yana bir markaziy uchrashuvi deyish mumkin. Kosonning “Alanga” jamoasi ham bu yil chakki emas. O'z maydonidagi g'alabalardan tashqari safardan ham uch ochk bilan qaytgan kunlari ko'p bo'ldi. Ertaga bu jamoa qo'qonliklarga ham etarlicha tashvish tug'dirishi mumkin. To'g'ri, “Qo'qon-1912” oliy ligaga chiqish uchun kurashmoqda. Tarkibi ham nisbatan kuchli. Lekin bu bilan ularning safardan osonlikcha ochko bilan qaytadi degani emas. 

Xo'sh, bu borada sizning tahminingiz qanday? Agarda ushbu keltirib o'tgan shaxsiy tahminlarimiz qaysidir klub rasmiylarini qoniqtirmagan bo'lsa, oldindan uzur so'raymiz. Bu shunchaki o'z qarashlarimiz edi. Qolganini o'yindan so'ng bilib olamiz.  

Salomat, bo'ling!  

Islombek Rustambekov.  

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика