So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  4 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  0 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  7 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  9 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  8 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  17 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  339

"Birinchi imkoniyat - sharmandalik". Messining "Barselona"dagi debyuti haqida Yangiliklar

"Birinchi imkoniyat - sharmandalik". Messining "Barselona"dagi debyuti haqida

"CHempionat" nashrida mini-serial shaklida kuzatuvchilar diqqatiga havola qilingan argentinalik dahoning debyuti haqidagi material tarjimasini sizga taqdim qilamiz.

Xullas, o'qing… Zavqlaning!

Bu voqea 2003 yilning 16 noyabriga to'g'ri kelgan. O'rtoqlik uchrashuvi Portu shahrida o'tkazilgan, mahalliy "ajdarlar"ga qarshi maydonga tushgan Messi 16 yoshda edi.

1-qism. "Raykard"

2003 yilning noyabr oyi. Asosiy jamoaning bosh murabbiyi Frank Raykard klub bazasida "Barselona B"da faoliyat yuritadigan Pere Gratakos bilan uchrashuv o'tkazmoqda. Gollandiyalik mutaxassis Gratakosga "Portu" bilan o'rtoqlik uchrashuvi 16 noyabrga belgilangani, asosiy jamoaning bir qancha futbolchilari terma jamoalar ixtiyoriga o'tishi, unga yosh futbolchilar kerak bo'lishini bayon qilgan.

Murabbiylar orasidagi suhbat quyidagicha kechgan:

— Pere, kimlarni sinab ko'ramiz?

— Frank, ochig'ini aytsam, xohlaganingni olib ketishingiz mumkin. Misol uchun, bizga yaqinda qo'shilgan Oriol Riera va argentnalik bolakay — Leo Messi. Ular hali o'spirin bo'lsa-da, o'zingiz bilan olib ketganingizga afsuslanmaysiz.

– Kim? Oriol va Messi?

– Ha.

– Xo'sh, ular qaerda o'ynashadi? Qaysi poziciyada?

– Messini maydonning istalgan nuqtasiga tushirishingiz mumkin.

– Ishonasanmi?

– Ularni olib keting, kelasi hafta o'zingizning fikrlaringizni aytasiz.

– Yaxshi, kelishdik.

Raykard Leoning natijalari bilan tanishib chiqdi.

16 yosh. Argentinadan. Juda past bo'yli, shu tufayli laqabi "Pulga" (Burga). 11 yoshida unga somatotropin garmoni (o'sishga yordamlashadigan) etishmovchiligi tashxisi qo'yilgan va klub davolanish uchun pul  ajratishga qaror qilgan (yiliga 90 ming evro).

Ammo – haqiqiy talant! Mavsumni 16 yoshlilar jamoasida boshlagan, tez orada klub tizimida 3 pog'onadan sakrab o'tgan va noyabr oyida "Barselona B" bilan shug'ullanyapti. O'zidan 4 yosh katta yigitlar bilan!

Oqibatda, Raykard Portugaliyaga "Barselona B"dan 4 nafar futbolchini olib ketishga qaror qildi: Jinard, Jordi Gomes, Riera va Messi.

2-qism. "Ota"

"Barselona" Portuga uchdi. Leoni qo'llab-quvvatlash uchun otasi Xorxe, onasi Seliya va akasi Rodrigo ham yuborildi.

Ota 5 yil oldin, 2001 yilning fevralida Leo bilan Rosariodan Barselonaga qanday kelganini yaxshi eslaydi. Aeroportda ularni kuzatib qo'yayotgan oila azolari beixtiyor yig'lab yuborishgandi. 

Xorxe chaqaloqning birinchi tug'ilgan kunida amakisi "Nyuells Old Boyz" klubining libosini sovg'a qilganini xotirlaydi. Oradan 3 yil o'tgach, Leo eng muhim sovg'asi — futbol to'pini qabul qilib oldi. U juda xursand edi!

13 yoshida esa "Barselona"ning bolalar jamoasi safidagi ilk o'yinida 4ta gol urdi.

Samolyotda Seliya eridan so'raydi: "Ular Leoni "Portu"ga qarshi o'ynatishlari mumkinmi?" 

– Mumkin emas. O'ylashimcha, Messi faqat o'yinchilar limitini to'ldirish uchun chaqirilgan.

Bu paytda Raykard Portugaliyada "Barselona" sport direktori CHiki Begiristayn bilan uchrashmoqda edi.

— Messi juda kichkina, u hali mo'rt, — deydi CHiki o'z xavotirini yashirolmay. – Sen bularning barchasi u uchun hali erta deb o'ylamaysanmi?

– Kel, nimalarga qodirligini sinab ko'ramiz.

– Frank, sen jasur odamsan. Umid qilamanki, Leo jarohatlanmaydi.

3-qism. "O'g'il"

Mazkur bahs mahalliy "Dash Antash" o'yingohining o'rnida Evro-2004 uchun mahsus qurilgan "Dragau" o'yingohining ochilishi uchun tashkil qilingan edi.

O'yindan oldingi tantanali atmosferada "Portu" prezidenti Pintu da Koshta va Joze Mourinyudan o'yinning taxminiy hisobini yozish va maxsus tayyorlangan seyfga solib qo'yish so'raladi.

Mourinyu bir zum o'ylanib qoldi. Jasur, o'ziga ishongan 40 yoshli yangi to'lqin murabbiyi butun dunyoni o'zgartirib yuborishga tayyor edi. U allaqachon "Portu" bilan UEFA kubogida g'alaba qozongan. Qarshisida esa qandaydir eksperimental tarkibdagi "Barsa". Joze 2:0 hisobini taxmin qildi va qog'ozni seyfga tashladi.

Messi Raykard boshlang'ich tarkibni elon qilishi kerak bo'lgan kiyim almashtirish xonasiga kirib boryapti. Gollandiyalik mutaxassis uning familiyasini o'qimadi.

Birinchi bo'lim — Leo zahira o'rindig'ida.

Tanaffus. CHigalyozdi mashqlari.

Hech kim uning maydonga chiqishini aytmadi.

Ikkinchi bo'lim — Leo hamon zahirada.

O'yin tugashiga yarim soatdan kam vaqt qolgan, Raykard yordamchisi Xenk ten Katega: "Yigitchani tushiramiz". Messiga qarab: "Tayyorlan, o'g'lim!".

Raykard qo'lini elkasiga qo'yib, tayyorlanishni so'radi. Leo hayajonlangan, yuragi guppillayapti, ammo u bitta narsani xohlaydi – o'ynashni!

Badan qizdirish jarayoni taxminan 10 daqiqa davom etdi. "O'g'lim!", – qichqirdi ten Kate. Messi esa zahira o'rindig'i tomon yugurdi.

Kiyimlarini o'zgartirib, maydon chetiga yaqinlashdi. U bir paytlar buyuk Yoxan Kruiff o'ynagan 14-raqamli libosda. 

75-daqiqa. Messi Fernando Navarroni almashtirishga tayyor. 

4-qism. "O'yin"

Messi hayajonini yashirolmaydi. Mana – uzoq kutilgan almashtirish. U maydonda, "Portu" darvozasi oldidagi jarima maydonchasining yaqinida. Tribunada o'tirgan Xorxe va Seliya ko'z yoshlarini ushlab tura olishmadi.

Qolgan 15 daqiqa ichida Leo 2ta gol urishi mumkin edi (darvozabon bilan yuzma-yuz vaziyatlardan).

Ten Kate va Raykard yigitchaning o'yinidan boshqa narsaga etibor qaratmayapti. "Jin ursin! SHunaqasini ko'rganmisan?! U 16 yoshda!". Final xushtagi chalindi, ular o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlashishmoqda: "Buni Ronaldinoning oldiga qo'yishimiz kerak! U o'qday uchadi!".

Mourinyu taxmin qilganidek, "Barselona" 0:2 hisobi bilan yutqazdi. Ammo mehmonlarning murabbiylari bunga etibor qilishmaydi.

Matbuot anjumanida Raykard Messi haqidda gapirdi: "U ikkita golli vaziyat yaratdi va deyarli gol urdi. Messida katta iqtidor bor, uning kelajagidan umidimiz ulkan".


Leoning o'zi mag'lubiyatdan xafa. "Barselona B"ning futbolchilari uni imkon qadar tinchlantirish uchun harakat qilmoqdalar, lekin Leo bir narsani takrorlaydi: "Bu mening birinchi imkoniyatim edi. SHarmandalik!".

14-raqamli futbolkasini onasiga berib, boshini egganicha klub avtobusi tomon ketdi. Jurnalistlar intervyu berishini so'rashganda hayajonini yashirishga urinib xo'rsindi. Keyin tezkor qadamlar bilan avtobus saloniga chiqib ketdi.

Yakunlovchi fikrlar

2003 yilning 18 noyabrida Ispaniyaning eng katta gazetalaridan biri "El Mundo Deportivo"da Messi haqidagi dastlabki katta maqola yozildi. Maqola "Kelajak yulduzi" sarlovhasi bilan chiqqan. Maqoladagi suratda Leoning apelsin bilan texnik harakatlar bajarayotgani tasvirlangan. Aytishlaricha, ushbu materialni yozgan jurnalist o'sha  apelsinni hozirgacha maxsus qutining ichida saqlab kelar ekan.

Raykard vunderkindga ehtiyotkorlik bilan yondashdi, yuklamalarini kamaytirdi. Muxlislar Messining rasmiy o'yinlardagi debyutiga oradan 11 oy o'tgach guvoh bo'lishdi. 2004 yilning 16 oktyabrida Ispaniya chempionati doirasidagi "Espanol"ga qarshi uchrashuvning 82-daqiqasida Messi Dekuning o'rniga maydonga tushdi. "Barsa" Kataloniya derbisida g'alaba qozondi — 1:0.

Argentinalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" uchun dastlabki golini 2005 yilning 1 mayida "Albasete" klubi darvozasiga urdi. Messining gol urishi uchun bir daqiqa kifoya qilgandi o'shanda, 87-daqiqada maydonga chiqdi va 88-daqiqada to'p darvoza ichida. U o'sha paytda 17 yosh 10 oy-u 7 kunlik edi.

2005 yilning iyun oyida Messi Argentina yoshlar terma jamoasi bilan jahon kubogida zafar quchdi. Leo turnirning eng yaxshi to'purari (6 gol) va eng yaxshi futbolchiga beriladigan "Oltin to'p" sohibiga aylandi.

O'sha yilning yozida "Yuventus"ni boshqarayotgan Fabio Kapello o'zining yaqin do'sti Raykarddan argentinalikni ijaraga berishini so'raydi va qatiy rad javobini oladi. 

Futbolchining asosiy tarkibda boshlagan ilk o'yini 2005 yilning 27 sentyabriga to'g'ri keldi. O'shanda Messi "Udineze"ga qarshi 70 daqiqa o'ynagandi.

Bularning barchasi "Oltin to'p"ning 6 karra g'olibi katta futbolga qay tariqa kirib kelgani haqida edi.

Faxriddin Ro'ziev tarjimasi

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика