So’nggi yangiliklar

21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  0 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  2 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  0 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  5 19:30Интервью. Анвар Бердиев "Шўртан"нинг тайёргарлик жараёни, олдиндаги мақсад ва вазифалар, олимпия терма жамоамизнинг Испанияга қарши ўйини, фарзандларининг футболга кириб келиши ҳақида  1 19:06"Вест Хэм" "Бавария" ҳимоячиси трансфери борасида келишиб олди  0 18:40"Лас-Пальмас" Янузайни ижарага олди  3 18:15"Бунёдкор" япониялик футболчини таркибга қўшиб олди  6 17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  2 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   2 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  5 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  8 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  28

Birinchi davraning yakuniy statistikasi Yangiliklar

Birinchi davraning yakuniy statistikasi

O'zbekiston Superligasida birinchi davra ham o'z nihoyasiga etdi. Biz o'quvchilarimiz etiboriga dastlabki davraning statistikasini taqdim etamiz.

Birinchi davra yakunlari raqamlarda


Dastlabki davrada 91ta o'yin o'tkazildi. Darvozalarga 239ta to'p kiritildi (o'rtacha har bir o'yinga 2,63tadan to'p to'g'ri keladi).

«Surxon», «Paxtakor» va «Lokomotiv» o'z maydonda mag'lub bo'lishmadi. «Metallurg», «Andijon», «Qizilqum» va «Dinamo» safarda faqat umuman g'alabaga erisha olmadi.



«Surxon» o'z maydonida darvozasidan eng kam to'p o'tkazib yuborgan – 2ta. «Buxoro» esa o'z maydonida darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan – 11ta.

«Paxtakor» safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng kam – 3ta to'p o'tkazib yuborgan. «Qo'qon-1912» safar uchrashuvlarida o'z darvozasidan eng ko'p – 21ta to'p olib chiqqan.

«Paxtakor» o'z maydonida eng ko'p to'p kiritgan – 23ta. «Buxoro» va «Qo'qon-1912» o'z uyida eng kam, 4tadan gol urgan.

«Paxtakor» safar uchrashuvlarida ham eng ko'p to'p kiritgan – 14ta. «Andijon» safar uchrashuvlarida eng kam gol urgan – 3ta.

«Lokomotiv» o'z maydonida eng ko'p ochkoni qo'lga kiritgan – 20ta. «Qo'qon-1912» o'z uyida eng kam ochko yiqqan – 2ta.



Safar uchrashuvlarida «sherlar» eng ko'p ochkoni qo'lga kiritishgan – 16ta. «Qizilqum», «Dinamo» va AGMK safar uchrashuvlarida eng kam ochkoni qo'lga kiritgan – 3tadan.

Birinchi davrada urilgan 239ta goldan 145tasi (60,67%) mezbonlar, 94 (39,33%) mehmonlar hisobiga yozildi.

Bo'lib o'tgan 91 uchrashuvning 42tasida (46,15%) maydon egalari, 21tasida (23,08%) mehmonlar zafar quchishgan. 28 o'yinda (30,77%) esa tomonlar murosa ko'chasini tanlaganlar.

13ta tur davomida futbolchilar jami 365 bor sariq kartochka bilan jazolandilar (o'rtacha har bir o'yinga 4,01tadan kartochka to'g'ri keladi). 7 marta futbolchilarga qizil kartochka ko'rsatildi (o'rtacha har bir o'yinga 0,08tadan chetlatish to'g'ri keladi).

Uchrashuv hakamlari 41 marta 11 metrlik belgini ko'rsatishdi. 34 holatda (82,93%) to'p darvozaga kiritildi. 7 vaziyatda esa to'p darvozaga “kirishni” xohlamadi.

Birinchi davrada 4ta avtogol qayd etildi. Vladimir Kozak («Paxtakor»), Yovan Jokich («Lokomotiv») , Mirkomil Loqaev («Dinamo») va Bobur Qosimov («Dinamo») o'z darvozalariga to'p kiritib qo'yishdi.



Dastlabki davrada 26ta dubl qayd etildi. 18 futbolchi bir uchrashuvda ikki martadan gol urishdi. Dragan CHeran («Paxtakor») 4 marta, Xurshid G'iyosov («Bunyodkor») 3 marta, Aleksandr Kasyan («Navbahor»), Humoyun Murtozaev («Nasaf») va Marat Bikmaev («Paxtakor») 2 martadan dublga erishdi. Zohid Abdullaev («Metallurg»), Jasur Azimov («Dinamo»), Ro'zimboy Ahmedov («Andijon»), Suhrob Berdiev («Qo'qon-1912»), Elguja Grigalashvili («Qizilqum»), Dilshod Jo'raev (AGMK), SHohruh Mahmudxojiev («Paxtakor»), SHohruz Norxonov («So'g'diyona»), Qadamboy Nurmetov («Dinamo»), SHavkat Salomov («Surxon»), Alisher Sanoev («Qizilqum»), SHahzod SHaymanov («Navbahor») va Abdul Aziz Yusupov («Surxon») esa bunday natijaga bir martadan erishishdi.

Ikki futbolchi bir uchrashuvda uch marta gol urishgan. Dragan CHeran («Paxtakor») va Igor Sergeev («Paxtakor») birinchi davrada xet-trik qayd etishdi.

Bir futbolchi bitta o'yinda raqib darvozasiga beshta gol urdi. AGMK hujumchisi Zafar Polvonov «Qo'qon-1912» bilan uchrashuvda penta-trik qayd etdi.



Bellashuvlarini jami 648873 muxlis bevosita o'yingohlarda tomosha qildi. (O'rtacha har bir o'yinga 7130 to'g'ri keladi).

Eng ko'p tomoshabin «Navbahor» – «So'g'diyona» uchrashuviga tashrif buyurdi – 25727. Eng kam tomoshabin esa «Lokomotiv» – «Qizilqum» uchrashuviga tashrif buyurgan – 867 nafar.

Muxlislar to'plash borasida «Nasaf» jamoasi peshqadamlikni qo'lga kiritdi. Qarshi klubi ishtirokidagi 13ta o'yinga jami 141880 tomoshabin keldi. «Navbahor» 121819 ko'rsatkich bilan ikkinchi bo'ldi. «Paxtakor» esa 119694 natija bilan uchinchi o'rinni band etdi. AGMK o'yinlariga eng kam tomoshabin kelgan – 57289.



«Navbahor» jamoasi o'z maydonida eng ko'p ishqiboz to'plagan –76003. «Lokomotiv» bu borada eng past ko'rsatkichga ega bo'ldi – 18742.

Safar o'yinlarida «Nasaf» jamoasining (66640) muxlisi ko'p. Safarda «Qo'qon-1912»ning muxlislari eng oz – 37553.

Birinchi davradagi 91 uchrashuvidan 11tasida yirik hisob qayd etildi. «Paxtakor» eng ko'p 4ta yirik hisobdagi g'alabaga erishdi. CHempionatning eng yirik hisobi «Paxtakor» – «Qizilqum» (hisob – 8:0, 12-tur) uchrashuvida qayd etildi.

Bo'lib o'tgan 91 uchrashuv 15 xil natija bilan yakunlandi. 2:1 hisobi eng ko'p – 16 marta, 1:0 – 14 marta, 1:1 – 12 marta, 2:0 – 11 marta, 3:1 – 10 marta, 0:0 va 2:2 – 8 martadan, 3:0 – 3 marta, 4:0 va 4:1 – 2 marta, 7:1, 3:2, 5:0, 5:1 va 8:0 - 1 martadan uchradi.


Birinchi bosqich seriyalari

Eng uzun seriyalar – Jamoalar


G'alabali seriya – «Lokomotiv» - 5 uchrashuv
Mag'lubiyatsiz seriya – «Paxtakor» - 13 uchrashuv
Durangli seriya – «Navbahor» - 4 uchrashuv
Durangsiz seriya – «So'g'diyona» - 10 uchrashuv
G'alabasiz seriya – «Buxoro», «Qo'qon-1912» va «Andijon» - 8 uchrashuv
Mag'lubiyatli seriya – «So'g'diyona», «Nasaf», «Qizilqum», AGMK, «Qo'qon-1912» - 3 uchrashuv
Golli seriya – «Paxtakor» - 9 uchrashuv
Golsiz seriya – «Buxoro» - 5 uchrashuv
Gol o'tkazib yuborish bo'yicha seriya – «So'g'diyona» va «Qo'qon-1912» - 8 uchrashuv
«Quruq» seriya – «Surxon», «Lokomotiv» - 3 uchrashuv
Yirik g'alabali seriya - «Paxtakor» - 4 uchrashuv
Yirik g'alabasiz seriya – «Qizilqum», «Andijon», «Buxoro», «Dinamo», «Bunyodkor», «So'g'diyona», «Qo'qon-1912» - 13 uchrashuv
Yirik mag'lubiyatsiz seriya – «Nasaf», «Paxtakor», «Navbahor», «Dinamo», «Bunyodkor», «Metallurg», «Lokomotiv» - 13 uchrashuv



Eng uzun seriyalar – Futbolchilar


Golli seriya – Dragan CHeran («Paxtakor») 7 uchrashuv 12ta gol
Quruq seriya (darvozabon) – Javohir Ilyosov («Lokomotiv») 3 uchrashuv 349 daqiqa


Birinchi davra yakunlari. Eng, eng, eng …


Superliga dastlabki davraining eng, eng, eng lari bilan tanishtiramiz.

– eng ko'p g'alabaga erishgan jamoa: «Paxtakor» 11ta.
– eng kam g'alabaga erishgan jamoalar: «Andijon» va «Qo'qon-1912» 1tadan.



– eng ko'p durangga erishgan jamoalar: «Navbahor», «Dinamo» va «Andijon» 6tadan.
– eng kam durangga erishgan jamoalar: «Paxtakor» va «So'g'diyona» 2ta.

– eng kam mag'lub bo'lgan jamoa: «Paxtakor» - 0.
– eng ko'p mag'lub bo'lgan jamoalar: «Qo'qon-1912», «Buxoro» va AGMK - 7tadan.

– eng ko'p to'p kiritgan jamoa: «Paxtakor» 37ta.
– eng kam to'p kiritgan jamoa: «Buxoro» 8ta.

– eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoalar: «Qo'qon-1912» va «Qizilqum» 28tadan.
– eng kam to'p o'tkazib yuborgan jamoa: «Paxtakor» 9ta.



– eng ko'p yirik g'alabaga erishgan jamoa: «Paxtakor» 4ta.
– eng kam g'alabaga erishgan jamoalar: «Andijon», «Bunyodkor», «Dinamo», «Buxoro», «Qo'qon-1912», «Qizilqum», «So'g'diyona» - 0.

– eng kam yirik mag'lubiyatga uchragan jamoalar: «Dinamo», «Bunyodkor», «Paxtakor», «Metallurg», «Navbahor», «Nasaf», «Lokomotiv» - 0.
– eng ko'p yirik mag'lubiyatga uchragan jamoalar: «Qizilqum», «Surxon», AGMK, «Surxon» va «Andijon» 2tadan.

– maydonga tushgan eng yosh futbolchi: Ruslan Roziev («Paxtakor», 16 yosh 218 kunligida)
– maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchi: Anvar G'ofurov («Bunyodkor», 37 yosh 44 kunligida)

– gol urgan eng yosh futbolchi: Jasur Jaloliddinov («Bunyodkor») 16 yosh 326 kunligida)
– gol urgan eng yoshi katta futbolchi: Server Jeparov («Metallurg», 36 yosh 268 kunligida)



– sariq kartochka olgan eng yosh futbolchi: Oston O'runov («Navbahor») 18 yosh 100 kunligida)
– sariq kartochka olgan eng yoshi katta futbolchi: Anvar G'ofurov («Bunyodkor», 37 yosh 44 kunligida)

– qizil kartochka olgan eng yosh futbolchi: Oybek Rustamov («Qo'qon-1912») 22 yosh 4 kunligida)
– qizil kartochka olgan eng yoshi katta futbolchi: Artyom Kulesha («Buxoro», 29 yosh 165 kunligida)

– o'yinchilarining o'rtacha yoshi eng kichik bo'lgan jamoa: «Nasaf» (22,7 yosh)
– o'yinchilarining o'rtacha yoshi eng katta bo'lgan jamoa: «Metallurg» (28,4 yosh)

– eng ko'p to'p kiritgan futbolchi: Dragan CHeran («Paxtakor») - 15ta gol.

– bitta o'yinda eng ko'p to'p kiritgan futbolchi: Zafar Polvonov (AGMK) - 5ta gol.

– maydonda eng ko'p harakat qilgan futbolchilar: Dilshod Ahmadaliev («Bunyodkor»), Mirkomil Loqaev («Dinamo»), Aleksandr Merzlyakov («Qo'qon-1912»), Erkin Boydullaev («Qizilqum»), Anzur Ismoilov («Lokomotiv»), Javohir Ilyosov («Lokomotiv»), Oleg Zoteev («Lokomotiv»), Abbos Otaxonov («Metallurg»), Jahongir Mehmonov («Navbahor»), Mirzohid G'ofurov («Navbahor»), Umar Eshmurodov («Nasaf»), G'olib G'aybullaev («Nasaf»), SHahboz Jo'rabekov («So'g'diyona») va Darko Stanoevich («Surxon») – 13 o'yin 1170 daqiqa (barcha o'yinlarda o'zgarishsiz).

– eng ko'p sariq kartochka olgan futbolchilar: Hakimxon Alamxonov («Dinamo») va Vladimir Baenko («Buxoro») – 6tadan.
– eng ko'p qizil kartochka olgan futbolchilar: Vladimir Baenko («Buxoro»), SHohruz Norxonov («So'g'diyona»), Oybek Rustamov («Qo'qon-1912»), Artyom Kulesha («Buxoro»), Davron Umirov («So'g'diyona»), Iqbol Malikjonov («Qo'qon-1912»), Husniddin G'ofurov («Lokomotiv») – 1tadan.



– eng ko'p kartochka olgan jamoa: «Buxoro» – 38ta (36ta sariq va 2ta qizil kartochka).
– eng kam kartochka olgan jamoa: «Paxtakor» – 15ta (15ta sariq).

– eng ko'p sariq kartochka olgan jamoa: «Buxoro» – 36ta.
– eng kam sariq kartochka olgan jamoa: «Paxtakor» – 15ta

– eng ko'p qizil kartochka olgan jamoalar: «Buxoro», «Qo'qon-1912» va «So'g'diyona» – 2tadan
– eng kam qizil kartochka olgan jamoalar: «Paxtakor», «Dinamo», «Nasaf», AGMK, «Bunyodkor», «Surxon», «Navbahor», «Qizilqum», «Metallurg» «Andijon» – 0.

– eng ko'p penalti tepgan jamoa: «Paxtakor» - 8ta.
– eng kam penalti tepgan jamoa: «Nasaf» - 0

– darvozasiga eng ko'p penalti belgilangan jamoa: «Qo'qon-1912» - 7ta.
– darvozasiga eng kam penalti belgilangan jamoa: «Nasaf» - 0

– eng ko'p penalti tepgan futbolchi: Xurshid G'iyosov («Bunyodkor») va Dragan CHeran («Paxtakor») - 5tadan.



– eng ko'p penaltidan gol urgan futbolchilar: Xurshid G'iyosov («Bunyodkor») va Dragan CHeran («Paxtakor») - 5tadan.

– eng ko'p penaltidan gol ura olmagan futbolchi: Dilshod Jo'raev (AGMK) - 2ta.

– eng ko'p “quruq” uchrashuv o'tkazgan darvozabon: Javohir Ilyosov («Lokomotiv») 7ta.

– eng ko'p qayd etilgan hisob: 2:1 (16 marta).

– eng yirik hisob: «Paxtakor» – «Qizilqum» 8:0

– eng ko'p gol urilgan daqiqalar oralig'i: 85-90 (24ta gol).
– eng kam gol urilgan daqiqalar oralig'i: 65-70 (7ta gol).

– eng tezkor gol mualliflari: SHahzod Ubaydullaev («Andijon») va Medina Smit («Qizilqum») – 1-daqiqada.

– eng kech gol muallifi: Humoyun Murtozaev («Nasaf») – 90+6-daqiqa.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика