Birinchi davrada hakamlar qurboni bo'lgan "burgutlar" bu safar "Surxon"dan qasos oladimi yoxud "Bobur Arena"da kim g'olib chiqadi?
04 avg 2023 14:58
Yangiliklar
Birinchi davrada hakamlar qurboni bo'lgan "burgutlar" bu safar "Surxon"dan qasos oladimi yoxud "Bobur Arena"da kim g'olib chiqadi?
Garchi markaziy maqomda bo'lmasada, maydonda jang kechishini, kurash bo'lishini oldindan bemalol aytish mumkin. Ayniqsa mezbonlar uchun bu o'yinning ahamiyati o'ta yuqori.
O'zaro uchrashuvlar
Ushbu klublarning o'zaro o'yinlar tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, O'zbekiston chempionatlari davomida jamoalar o'zaro 31 marotaba to'qnash kelishgan. Ustunlik “Andijon” tarafida. Boisi, 16 ta bahsda “Burgutlar” g'alaba qozongan. “Surxon” esa 10 ta uchrashuvda ustun kelgan. Bundan tashqari, yana 5 ta uchrashuvda durang qayd etilgan. To'plar nisbati 57-38 “Andijon”ning foydasiga.
Bu yil birinchi davrada Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida “Surxon” mezbonligi ostidagi bahsda 1:0 hisobida termizliklar g'olib chiqishgan.
2021 yilgi mavsumda “Andijon” “Bobur Arena”dagi ochilish o'yinida “Surxon”ni 1:0 hisobida taslim qilgan.
SHuningdek, o'zaro uchrashuvlarning 5 tasida “Andijon” mazkur raqibini yirik hisoblarda mag'lubiyatga uchratgan. Jumladan, 3:0, 5:1, 6:2, 4:0, 5:0 hisoblar qayd etilgan. SHu bilan birga bir marta 4:4 hisobida jangovar durang ham kuzatilgan.
"Surxon" o'z tarixida faqat 2 (2020, 1994) marotaba "burgutlar"ni mehmonda taslim qilishni uddasidan chiqqan.
Navbatdagi bahs esa “Andijon” va “Surxon” klublarining o'zaro 32-to'qnashuviga aylanadi.
Tarkibni to'g'ri shakllantirayotgan "Surxon"
Mavsum boshida tarkibni yig'ish jarayonida "Surxon"ni ikkinchi "Olimpik"ka qiyoslangandi. Lekin tarkib yoshartiriladi degani bilan butunlay 100 foiz yoshlar qamrab olinmadi va ularning orasiga tajribali futbolchilar, legionerlar qo'shildi. Bu esa katta faktor hisoblanadi. Yoshlar raqobatda o'zidan kattalarga qarab harakat qiladi, intiladi. Futbolda umuman hamma sohada "dedlar" degan gap bor. Ular kerak bo'lganda yoshlarni yo'lga soladi, quyushqondan chiqib ketganlarga maslahat beradi umuman tartibni ushlab turish, "razdevalka" uchun bu muhim. Termizliklarning barqarorligi murabbiylar va rahbariyat tarkibni shakllantirishda to'g'ri siyosat olib borganida.
Mehmonda omadi kelmayotgan "Surxon"
Tokov va Arslanov boshchiligidagi "Surxon" bu mavsum mehmonda 7ta o'yin o'tkazdi va ikkinchi davraga kelibgina birinchi 3 ochkosini "Jar"da OKMK ustidan qo'lga kiritdi. Qolgan 6ta o'yinning 3tasida mag'lubiyatga uchradi va 3 bor raqiblari bilan murosa ko'chasini tanladi. "Andijon"da esa tenglik. Lekin Xomyakov shogirdlari mezbon maqomida so'nggi 4ta o'yinda 7 ochko ishlashga muvaffaq bo'lishdi.
Jamoalardan kutilayotgan o'yin
"Andijon"ning asosiy quroli standart va qanotlardan uzatiladigan to'plar. Bunda yarim himoyachilar ko'proq Rubin Xebayni to'p bilan taminlashga harakat qilishadi. "Surxon" himoyachilari albaniyalik hujumchini yopish orqali raqibining gol urish imkoniyatini kamaytiradi. Lekin bu bilan ular to'liq zararsizlantirishmaydi. CHunki bo'ydor Ildar Mamatkazin katta sahnaga chiqadi. O'ylantirayotgan jihat maydon sifati ikki jamoaga o'z o'yinini ko'rsatishga tasir qilmasmikin?
"Surxon"dan ochig'i nima kutishni ham bilmaysan kishi. Termizliklar safida Nimeli yoki boshqalar emas, Asadbek Sobirjonov va Asilbek Jumaev kutilmaganda o'yinni o'zgartirib yuboradi. Jamoada xarakter bor va ular oxirigacha kurashadi. "Bobur Arena"dan kim g'alaba bilan chiqib ketadi?
So'nggi o'yin
Rahim Karimov va Aziz Asimovning VAR ranglarini adashtirib yuborishi va ayrim qarorlari sabab mag'lub bo'lgan "Andijon" bugun birinchi davradagi natija tasodifligini isbotlashi kerak bo'ladi.
"Surxon" – "Andijon" 1:0
11 mart 2023 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 17:00
Hakamlar: Rahimbek Karimov, Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov, Sanjar Nazarov
VAR: Aziz Asimov
AVAR: Alisher Usmonov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Jamshid Imomov
Gol: Sunnatulloh Hamidjonov 81, - 1:0 (Dostonbek Tursunov).
"Surxon": 1.Artyom Potapov, 2.Bobirjon Asqarov, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 7.Dostonbek Tursunov (99.Kamron Saidazimov, 90+4), 8.Humoyun SHerbo'taev, 10.Tamirlan Jamalutdinov (77.Asadbek Karimov, 5)19.Nuriddin Hasanov, 25.Nodirbek Bobomurodov (15.Diyor Ramazonov, 90), 18.Silvanus Nimeli, 55.SHohjahon Sultonmurodov, 66.Behruz SHaydulov
Zaxira: 13.Azizxon Isoqov, 5.Azizbek Pirmuhamedov, 6.Artyom Sokol, 11.Qadamboy Nurmetov, 22.Javohir Jo'raev, 27.Asilbek Jumaev,
"Andijon": 72.Igor Litovka, 4.Dilshod Komilov, 5.Abduvohid G'ulomov, 7.Bobur Farhodov (8.Farhod Bekmurotov, 58), 9.Levan Arveladze, 17.Farhod Sohibjonov (11.Sardor Abdunabiev, 85), 19.Suhrob Berdiev (22.SHahboz Erkinov, 90+4), 21.Ildar Mamatkazin (s), 26.Muhammadkarim Toirov, 88.Nodar Kavtaradze (99.Rubin Xebay, 58), 91.Axtam Nazarov (66.Ilhom Alijonov, 85)
Zaxira: 12.Mohir Komilov, 10.Ilhom Abdunabiev, 14.Abdurahmon Komilov, 28.Islom Mamatkazin,
Ogohlantirishlar: Humoyun SHerbo'taev 60, Rubin Xebay 90+8.
CHetlatishlar: Levan Arveladze 53, Rubin Xebay 90+9.
Fikrlar