So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  16 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  2 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  11 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  8 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Birinchi davra yakunlari. “Neftchi” Yangiliklar

Birinchi davra yakunlari. “Neftchi”

Oliy ligamizda birinchi davra yakuniga etgan va hozirda jamoalar ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rishmoqda.
Yaxshi bilasiz, saytimiz orqali oliy liganing har bir jamoasi haqida to'xtalib, klublarning birinchi davradagi ishtiroki borasida fikr yuritib kelyapmiz. Bugun oraliq tanaffusga 10-o'rinda chiqib ketgan Farg'onaning “Neftchi” klubi haqida to'xtalib o'tamiz.



NIMANI KUTGANDIK?
“Neftchi” mavsumni yangi bosh murabbiy boshchiligida boshladi. Murod Ismoilov jamoani qabul qilib olgach, asosiy etiborni selekciya ishlariga qaratdi. Qishki yig'in paytida bir nechta o'yinchilarni taklif etdi, shu jumladan o'tgan mavsumni “Neftchi”da o'tkazgan bazi futbolchilarning ketishiga yo'l qo'yib berdi. Muxlislar birinchi navbatda yangi murabbiy boshchiligidagi jamoadan hujumkor va mazmunli futbolni kutishgandi. Ammo ha deganda “Neftchi”ning o'yini chiqavermadi. SHunday bo'ldiki, jamoa o'zining ilk g'alabasini 8-turda nishonladi. Bunday bo'lishini esa hech kim kutmagandi.

NIMAGA ERISHILDI?
Aytib o'tganimizdek, farg'onaliklar birinchi davrani 10-pog'onada yakunlashdi. O'tgan yilgi natija bilan solishtirganda o'zgarish yo'q hisobi. CHunki “Neftchi” avvalgi mavsum ham birinchi davrani 10-o'rinda yakunlagan va hozirgidek 13 ochko jamg'argandi. Jamoani bu yil bir qancha muammolar qiynab qo'ydi. Avvalo klub rahbariyatida o'zgarish bo'lgani o'z tasirini o'tkazmasdan qolmadi. O'zgarish natijasida bazi kelishmovchiliklar yuzaga kelib, bu o'z navbatida natijaga ham tasir qildi. Jamoa birinchi davrada atigi uch marta g'alaba qozondi, to'rt bor durang o'ynab 6ta bahsda mag'lub bo'ldi. Jamoa o'z maydonida “Olmaliq” bilan “Dinamo”ni, shuningdek safarda “Andijon”ni mag'lub etdi, xolos.



KIMLAR O'ZINI KO'RSATDI?
O'zini ko'rsatgan futbolchilar qatoriga birinchi navbatda Jahongir Mehmonov, Iqbol Boboxonov, Abdulloh Olimov singari o'yinchilarni qo'shsak arziydi. Xususan Namangan futbol maktabi tarbiyalanuvchisi Jahongir Mehmonov birinchi davraning hamma o'yinida ishtirok etdi. Abdulloh Olimov esa yarim himoyadagi harakatlari bilan yodda qoldi. SHuningdek, Murod Bobojonov ham o'zini ko'rsata oldi, u to'rtta o'yinda uchta gol urishga erishdi. Darvozabon G'ayrat Hasanov deyarli barcha bellashuvlarda o'z ishini puxta bajardi.

KIMLAR O'ZINI KO'RSATA OLMADI?
O'zini ko'rsata olmaganlardan Nosir Otaqo'ziev, Aleksandr Onika, Aleksandr Kleckov, Zohid Abdullaev kabilarni aytsak bo'ladi. Masalan, Otaqo'ziev nomi chiqqan hujumchi bo'la turib 12ta o'yinda atigi bitta gol urdi. Kleckov esa asosiy tarkibdagi o'rnini topib keta olmadi. SHuningdek, Onika ham “Loko”dagi o'yinini “Neftchi”da ko'rsata olmadi. Legionerlardan Igor Petkovichga darhol javob berib yuborildi. “Neftchi” birinchi davrada 27 futbolchi bilan o'ynadi. Bu esa ko'p deganidir. Yani, jamoa har o'yinda asosiy tarkibni o'zgartirib tushgan ko'rinadi.



XULOSA O'RNIDA
Xulosa o'rnida nima deyish mumkin? “Neftchi” birinchi davrada muxlislar kutgan o'yinni namoyish eta olmadi. Natijalar yaxshi  bo'lavermagach, klub raisi Komiljon Mirzaboev istefoga chiqarilib o'rniga Tohir Kapadze taklif etildi. SHuningdek, murabbiylar shtabiga Rossiyadan Andrey Fyodorov ham chaqirib olindi. Jamoaning bor umidi endi ikkinchi davradan. “Neftchi” 10-o'rindan yuqoriga ko'tarila oladimi? Zamonaviy futbolda bosh murabbiyga ko'p narsa bog'liq. Jamoa birinchi davraning o'zidayoq 27 futbolchi xizmatidan foydalandimi, demak bosh murabbiy asosiy tarkibni aniqlay olmagan. Yoki aniqlash borasida muammolarga duch kelgan. Bir qator futbolchilar o'zlarini ko'rsata olishmadi deyapmiz-u, lekin buning uchun ham balki murabbiy aybdor bo'lishi mumkin. Ehtimol murabbiy kerakli ko'rsatmalarni bera olmagani tufayli o'sha Otaqo'ziev, Onika, Zohid Abdullaevlarning o'yini chiqmagan bo'lsa kerak.



STATISTIKA
O'yinlar soni – 13
Urilgan gollar – 11
Uyda urilgan gollar – 4
Safarda urilgan gollar – 7
O'tkazib yuborilgan gollar – 14
Uyda o'tkazib yuborilgan gollar – 4
Safarda o'tkazib yuborilgan gollar – 10
Uydagi ochkolar – 8
Safardagi ochkolar – 5
Eng yirik g'alabasi - 3:1 (“Andijon”)
Eng yirik mag'lubiyati – 0:2 (“So'g'diyona”)
Sariq kartochkalar – 32
Qizil kartochka – 0
Nechta futbolchi o'ynadi – 27



KIM QANCHA O'YNADI?

Darvozabonlar
G'ayrat Hasanov - 12 o'yin, 0 gol
Sardor Qobuljonov - 1 o'yin, 0 gol

Himoyachilar
Jahongir Mehmonov - 13 o'yin, 0 gol
Dilyorbek Ermatov - 13 o'yin, 0 gol
Iqbol Boboxonov - 12 o'yin, 0 gol
Jahongir Jiyamurodov - 9 o'yin, 2 gol
Vyacheslav Ponomaryov - 8 o'yin, 0 gol
Aleksandr Kleckov - 8 o'yin, 0 gol
Otabek Zokirov - 8 o'yin, 1 gol
Maksimilian Fomin - 2 o'yin, 0 gol
Xolmatov SHaxri - 1 o'yin, 0 gol

Yarim himoyachilar
Aleksandr Onika - 11 o'yin, 1 gol
Abdulloh Olimov - 10 o'yin, 0 gol
Pavel Smolyachenko - 10 o'yin, 0 gol
Levani Gvazava - 7 o'yin, 0 gol
Ruslan Melzitdinov - 6 o'yin, 1 gol
Javohir Rasulov - 5 o'yin, 0 gol
Saydullo Rahmatov - 3 o'yin, 0 gol
Aziz Alijonov - 3 o'yin, 0 gol
Maruf Murodov - 2 o'yin, 0 gol
Izzat G'aniev - 2 o'yin, 0 gol
Igor Petkovich - 1 o'yin, 0 gol

Hujumchilar
Ro'zimboy Ahmedov - 12 o'yin, 2 gol
Nosir Otaqo'ziev - 12 o'yin, 1 gol
Zohid Abdullaev - 4 o'yin, 0 gol
Murod Bobojonov - 4 o'yin, 3 gol
Otabek Isroilov - 3 o'yin, 0 gol

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика