So’nggi yangiliklar

15:50Расман: Лондон ва Мадридда сарсон бўлган Евро вице-чемпиони "Атлетико"га ўтди  2 15:31Ҳимоясизларни "талаш" осонми?  14 14:29Бензема "Ал Иттиҳод" Манени сотиб олишини истамоқда — клублар музокарани бошлаб юборган  1 13:56"Ҳаммамиз оламдан ўтадиган кунимиздан қўрқамиз. Лекин, ҳаёт - бу ўлим ҳам демакдир"  10 13:24"Барселона" Гюндоганни текинга қўйиб юбораётганининг сабаби маълум қилинди   4 13:00"Холанд? Салаҳ ва Агуэро кичик жамоалардан кўра катта жамоаларга кўпроқ гол уришган"  2 12:13Укадан устун келган ака ГАЛЕРЕЯ  2 11:41Каррагер "Челси"нинг трансферлари ҳақида: "Бўлдида энди. Феликс қаерда кийим алмаштиради?"  7 11:23Ҳаммамиз севган УЕФА Чемпионлар лигаси мадҳияси ўзгарди  10 11:11А Серия дебютанти тўхтамаяпти! Фабрегас жамоаси "Реал" футболчиси кетидан "Барселона" ва "Манчестер Сити" ўйинчилари билан ҳам келишувга эришди  2 10:30 "Футбол олами". "Андижон" ва ОКМКда мағлубият, "Навбаҳор"да дуранг — Суперлиганинг 16-тури ҳақида барчаси  1 10:06"Сўғдиёна" Фарғонада "Нефтчи"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 09:58Варан, Рейна, Белотти... "Комо" энди "Реал" футболчисини сотиб олмоқчи  5 09:05"Бунёдкор" 8 йилдан сўнг Наманганда очко қўлга киритди  4 08:35Бу йил меҳмонда ғалаба қозонмаган жамоани биласизми? "Сўғдиёна" чемпион, "Насаф" ва "Пахтакор" учликда   7

Birinchi davra yakunlari. “Metallurg” Yangiliklar

Birinchi davra yakunlari. “Metallurg”

Oliy ligamizda birinchi davra yakuniga etgan va ayni paytda jamoalar mavsumning ikkinchi yarmiga hozirlik ko'rishmoqda.
Bugun saytimiz orqali Bekobodning “Metallurg” jamoasiga to'xtalib, klubning birinchi davradagi ishtirokini tahlil qilamiz. “Metallurg” birinchi davrani 9-o'rinda tugatdi. Jamoa to'rt marta g'alaba qozongan bo'lsa, ikki bor durang o'ynadi va 7ta uchrashuvda mag'lub bo'ldi.

NIMANI KUTGANDIK?
“Metallurg”dan bir necha yildirki hech narsa kutayotganimiz yo'q. Jamoa sovrinli o'rinlar uchun ham kurashmaydi, pastga ham tushib ketmaydi. “Metallurg” shunday klubki, jamoaning oliy ligadan tushib ketishiga aql bovar qilmaydi. Ular har doim aql bilan ish tutishadi, kerakli joyda ochko olishni bilishadi. Lekin jamoa yaxshi futbolchilarni tarbiyalashda davom etmoqda. Ammo shunisi borki, nima uchundir “Metallurg”dan boshqa klubga o'tgan futbolchi o'zini ko'p ham ko'rsata olmaydi.



NIMAGA ERISHILDI?
Aytib o'tganimizdek, bekobodliklar hozircha 9-o'rinni egallab turishibdi. Jamoa 13 o'yinda 17ta gol urib, o'z darvozasidan 21ta to'p o'tkazib yubordi. SHunday bo'ldiki, jamoa mavsumning dastlabki to'rtta o'yinida ketma-ket mag'lubiyatga uchradi. Ammo bu bilan Rustam Mirsodiqov shogirdlari tushkunlik kayfiyatiga tushib qolgani yo'q. Negaki “Metallurg” keyinchalik o'z o'yinini topib oldi va qatorasiga to'rtta o'yindan uchtasida g'alaba qozondi bir marta durang qayd etdi. “Metallurg” birinchi davra safarda umuman g'alaba qozona olmadi, faqat “Nasaf” bilan durang o'ynadi xolos. O'z maydonida esa “Lokomotiv”ga yutqazib qo'ydi, “Qizilqum” bilan durangga erishdi va boshqa bellashuvlarda zafar quchdi.

KUCHLI TOMONI
Jamoaning kuchli tomoni qaysi raqibga qarshi qanday o'ynash kerakligini bilishida. Aksariyat jamoalar raqib tanlab o'tirmaydi va hammaga bir xil tayyorgarlik ko'rsa, “Metallurg” dastlab raqibini to'liq o'rganib chiqadi va shunga monand taktika tanlaydi. Buni esa jamoaning kuchli tomoni deya olamiz. Qolaversa, klub bosh murabbiyi raqiblarni o'rganish bo'yicha kuchli mutaxassis. Keyin shunga monand shogirdlarini tayyorloaydi.



KUCHSIZ TOMONI
“Metallurg”ning kuchsiz tomoni tarozi pallasini teng ushlab  tura olmaslikda. Jamoa bir qarasang zo'r o'yin ko'rsatadi, bir qarasang o'zini yo'qotib qo'yadi. Masalan, Toshkentda bo'lib o'tgan “Paxtakor” bilan kechgan bahsda bekobodliklar oxirigacha kurashishdi. Ammo jamoa shu o'yinini safarda “Olmaliq”, “Dinamo”, “Mashal” bilan kechgan uchrashuvlarda namoyish eta olmadi. “Metallurg” futbolchilari odatda ikki xil kayfiyatda maydonga tushishadi. Agar ularning kayfiyati zo'r bo'lsa, bu jamoani to'xtatib qolish qiyin. Mabodo o'yinchilarda ishtiyoq ko'zga tashlanmasa, mag'lubiyatga uchratish unchalik qiyin kechmaydi. Buni birinchi davradagi o'yinlar orqali ko'rdik.  

KIMLAR O'ZINI KO'RSATDI?
O'zini ko'rsatgan futbolchilar qatoriga birinchi navbatda Dilmurod Karimovni aytsak bo'ladi. 6-raqamda to'p tepadigan futbolchi bu yil yaxshi o'yin namoyish etmoqda. U bir nechta uchrashuvda o'zini namoyon eta oldi. SHuningdek, Sunnatilla Mamadaliev bilan Doniyor Odilov ham yaxshi harakat qildi. Alisher Ziyovuddinovning o'yinida o'sish ko'zga tashlangan bo'lsa, SHahzod Nurmatov to'rtta gol bilan jamoa to'purari bo'lib turibdi.



KIMLAR O'ZINI KO'RSATA OLMADI?
Negadir SHohnazar Norbekovning harakatlarida pasayish yuzaga kelgandek. Bu yigit yarq etib porlab chiqqandi, lekin oldingi o'yinini ko'rsata olmayapti. Bundan tashqari, tajribali himoyachi Saidkomil Akbarov kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. 11-raqam egasi SHuhrat Yo'ldoshev ham nima uchundir ko'rinmay qoldi. Ikkita gol urgan bo'lsa-da, Sardor Rasulovning harakatlari oldingidek engil emas.

XULOSA O'RNIDA
Xulosa sifatida nima deyish mumkin? “Metallurg” chempionatni o'z imkoniyati darajasida o'tkazmoqda. Rustam Mirsodiqov bir necha yildan beri jamoani boshqarib kelmoqda va nima qilish kerakligini yaxshi biladi. Bekobodliklar birinchi davradagi o'yinlari orqali muxlislarni hayron qoldirgani yo'q. SHu bois mahalliy ishqibozlar ikkinchi davrada jamoadan ko'p narsa kutishyapti. Xo'sh, buni Hikmat Hoshimov jamoadoshlari uddalay olishadimi?



STATISTIKA
O'yinlar soni – 13
Urilgan gollar – 17
Uyda urilgan gollar – 12
Safarda urilgan gollar – 5
O'tkazib yuborilgan gollar – 21
Uyda o'tkazib yuborilgan gollar – 7
Safarda o'tkazib yuborilgan gollar – 14
Uydagi ochkolar – 13
Safardagi ochkolar – 1
Eng yirik g'alabasi - 4:2 (“So'g'diyona”)
Eng yirik mag'lubiyati – 1:3 (“Mashal”)
Sariq kartochkalar – 15
Qizil kartochka – 0
Nechta futbolchi o'ynadi – 20



KIM QANCHA O'YNADI?

Darvozabonlar
Mamur Ikromov - 12 o'yin
Suhrob Sultonov - 2 o'yin, 0 gol

Himoyachilar
Hikmat Hoshimov - 13 o'yin, 0 gol
Davron Karimqulov - 13 o'yin, 0 gol
Doniyor Odilov - 13 o'yin, 0 gol
Murod Toshmatov - 13 o'yin, 1 gol
Aleksandr Kovalyov - 8 o'yin, 1 gol
Saidkomil Akbarov - 4 o'yin, 0 gol
Nozim Esonov - 1 o'yin, 0 gol

Yarim himoyachilar
Dilmurod Karimov - 13 o'yin, 2 gol
Alisher Ziyovuddinov - 13 o'yin, 1 gol
Sunatilla Mamadaliev - 13 o'yin, 3 gol
SHuhrat Yo'ldoshev - 11 o'yin, 1 gol
Mirg'iyos Sulaymonov - 7 o'yin, 0 gol
Sardor Soibov - 6 o'yin, 0 gol

Hujumchilar
SHahzod Nurmatov - 12 o'yin, 4 gol
SHohnazar Norbekov - 9 o'yin, 0 gol
Sardor Rasulov - 11 o'yin, 2 gol
Mirto'ra Akbarov - 3 o'yin, 0 gol

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика