So’nggi yangiliklar

16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  0 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  6 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  11 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  7 13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  3 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  2 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  4 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  8 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  27

"Buxoro" ikki legioner bilan shartnomani uzaytirdi Yangiliklar

"Buxoro" ikki legioner bilan shartnomani uzaytirdi

"Buxoro" klubi Frane Ikich va Marko Kolakovich bilan shartnomani uzaytirdi

"Buxoro" futbol klubi qishki transferlar mavsumida istedodli futbolchilarni jalb qilish bilan bir qatorda o'tgan mavsumdagi muvaffaqiyatli tarkibni saqlab qolishga ham katta etibor qaratadi.

2024 yilgi mavsumda Pro Liga chempionatida "Buxoro" jamoasining sovrindorlar safidan joy egallashi uchun katta hissa qo'shgan himoyachilarimiz Frane Ikich va Marko Kolakovich bilan shartnoma yana bir yilga uzaytirildi. Klub rahbariyatining olib borgan muzokaralari natijasida 31 va 32 yoshli futbolchilarimiz kelasi mavsumda ham "Buxoro" sharafini himoya qiladi.

Frane Ikich o'tgan mavsumda Pro Ligada "Buxoro" safida 25 ta o'yinda ishtirok etib, 4 ta gol urdi, Marko Kolakovich 26 ta o'yinda ishtirok etib 7 marta raqib darvozasini ishg'ol etdi.

Klub rahbariyati Frane Ikichning hamda Marko Kolakovichning tajribasi va mahorati kelasi mavsumda ham yangi marralarni zabt etishda, hal qiluvchi pallalarda ishonchli o'yin ko'rsatib, jamoaning g'alabalari va yutuqlarini mustahkamlashda muhim rol o'ynashiga ishonch bildiradi", — deyiladi klub xabarida.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика