So’nggi yangiliklar

17:31Breaking! "Арсенал" Рэшфорд учун қанча тўламоқчи бўлаётгани аниқ  2 17:10Ўзбекистон футзал федерацияси таклиф ва тавсияларни қабул қилмоқда  0 16:57АПЛда декабрь ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 16:37"Бунёдкор" йирик миқдордаги товон пули эвазига ОКМК футболчисини сотиб олди  6 16:22Ибрагимович Рэшфордни "Милан"га ўтишга кўндирди  0 15:55АПЛнинг икки топ-клуби Жуд Беллингемнинг укасига қизиқмоқда  0 15:30"Ростов" қишки йиғин учун таркибини "Кальмар ўйини" сериали услубида эълон қилди  5 15:03Расман: "Бунёдкор" грузиялик футболчилар трансферини эълон қилди  3 14:42Абдуқодир Ҳусановнинг "Манчестер Сити"га ўтиши ўзбек футболи учун ҳам фойда келтиради  46 14:20Чемпионлар Лигасининг 3 карра ғолиби "Коло-Коло"га ўтишга яқин  0 13:57Ҳусановни олаётган "Манчестер Сити" ёзда 3 нафар асосий футболчиси билан хайрлашмоқчи, улар орасида марказий ҳимоячи ҳам бор  11 13:44Аёллар футзали. Осиё кубоги саралашидан олдинги матбуот анжумани (тўлиқ)  0 13:24"Рома" ва "Милан" собиқ футболчиси Фабио Кудичини вафот этди  4 13:02Пеп Гвардиола Абдуқодир Ҳусанов трансферига розилик берди!  26 12:35Расман: "Жайхун" – Про лига иштирокчиси  0

Bir xonadon tarixi. "Paxtakor" - Jamshid Iskanderov. Kim aslida haq? Yangiliklar

Bir xonadon tarixi. "Paxtakor" - Jamshid Iskanderov. Kim aslida haq?

Kuni kecha bir mavzu haqida eshitib qoldim va uning tagiga etish uchun quyidagi materialni tayyorladim.

Xullas, 2016 yilda "Paxtakor" klubining o'sha paytdagi rahbariyati tomonidan yarim himoyachi Jamshid Iskanderovga foydalanish uchun Toshkentda uy berilgan edi.

2018 yilda "Paxtakor"ning o'sha vaqtdagi rahbariyati va homiylari Iskanderov bilan shartnomani uzaytirish uchun mana shu uyni futbolchining nomiga to'liq o'tkazib berishga rozi bo'lgan.

2018 yilning oktyabr oyida "Paxtakor" bosh direktori Dmitriy Adisman ushbu xonadonni Jamshid Iskanderov nomiga o'tkazib berish bo'yicha kafolat xatini imzolagan. Nega Jamshid o'sha paytning o'zida uyni o'z nomiga rasmiylashtirmagan deyishingiz mumkin. Klubning o'sha paytdagi homiysida "Paxtakor"ga tegishli bo'lgan hech nimani o'z nomiga yoki boshqa odam nomiga rasmiylashtirish huquqi bo'lmagan.

Oradan 3 yil o'tib "Paxtakor"ning endi yangi rahbariyati ushbu xonadonni Jamshid Iskanderovdan qaytarib olishga qaror qildi. 24 may kuni bu borada sud ham bo'lib o'tdi. Futbolchiga sudga chaqiruv xati 25 may kuni kelgani haqida uning yaqinlari malum qilishdi. 27 may kuni Jamshid Iskanderovning "Navbahor" safida Namanganda o'yini bor edi.

Bu masalada "Paxtakor" klubi yuristiga murojaat qilganimizda xonadon doim klubga tegishli bo'lganini va Jamshid Iskanderovga faqat ijara uchun, "Paxtakor" safida o'ynayotgan davrida foydalanishga berilganini malum qildi. Ammo kafolat xatida "ijara" degan jumla yo'qligi bizni taajjubga soldi. Tasavvur qiling, klub o'z futbolchisiga shartnomani uzatirishni taklif qilmoqda va senga ijaraga xonadon berib turamiz demoqda. Ha, aynan ijaraga berib turamiz demoqda! Yurist xonadonni qaytarib olish masalasi 2021 yil boshiga kelib ko'tarilgani va futbolchining bundan xabari borligini aytib o'tdi. Malum bo'lishicha, Iskanderovda sud qaroriga apellyaciya berish uchun bir oy vaqti bor.

Championat.asia sayti 2018 yil oktyabr oyida berilgan kafolat xatini Toshkentning taniqli advokatlaridan biriga ko'rsatdi va konsultaciya oldi. Advokatning malum qilishicha kafolat xatda EGALIK HUQUQI degan so'z yo'qligi tufayli xonadon "Paxtakor" klubiga tegishli bo'lib qolaveradi. Agar 4 yil ichida Iskanderov xonadonni o'z nomiga rasmiylashtirib olganida hozir hech qanday muammo kelib chiqmasdi deb javob berdi advokat. "Paxtakor" klubi mana shu so'z o'yini orqali Iskanderovga sovg'a sifatida vada qilingan xonadonni endi olib qo'ymoqchi.

Muallif xulosasi: Bu muammo "Paxtakor" klubida rahbariyat o'zgargani tufayli yuzaga chiqdi. Avvalgi rahbariyat va homiylar o'z tarbiyalanuvchisi bo'lgan futbolchiga og'zaki tarzda xonadonni sovg'a qilishni vada qilgan. Kafolat xati bilan tasdiqlashda esa so'z o'yini qilingan. Bu yo'l bilan bir necha yil davomida "Paxtakor"ga mehnati singan futbolchini hozir uzoq yil yashab kelgan uyidan chiqarib yubormoqchi. Futbolchi 2018 yilda shartnomani uzatirish uchun bonus sifatida olgan va keyinchalik qanchadir pul evaziga tamirlagan, oilasi bilan birga yashab kelayotgan xonadonini endi sudma-sud yurib himoya qilishga majbur. "Paxtakor"ning hozirgi rahbariyati Iskanderovni bunday tarzda sarson qilmasa, futbol ommasi oldida hurmati ancha oshgan bo'lardi.

Bu material barcha o'zbekistonlik futbolchilar uchun ogohlik qo'ng'irog'i bo'lib xizmat qilsa xursand bo'lardik. Klubingiz rahbari yoki bosh murabbiyi palon bonus beraman, palon xonadon beramiz shartnomaga imzo chek desa, haqqingizni talab qiling va barcha narsani hujjatlashtiring. Hujjatlashtirishda ham diqqat etiborli bo'ling.


Narzulla Saydullaev

Reyting: -22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика