So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Bir qator Futbol Federaciyalari rahbarlari Mirabror Usmonovni tabriklashdi Yangiliklar

Bir qator Futbol Federaciyalari rahbarlari Mirabror Usmonovni tabriklashdi

Yaponiya Futbol Uyushmasi (YAFU) Prezidenti Kuniya Daini O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti Mirabror Usmonovning yangi muddatga saylanganligi bilan tabrikladi.
Yaponiya futbol jamoatchiligi rahbari O'zbekiston futbolidagi o'sish va rivojlanishning davom etishiga ishonishini aytadi.

Biz O'FF bilan turli sohalardagi o'zaro tajriba almashuvlari va Osiyo futbolining taraqqiyotiga asoslangan yaqin hamkorlikka umid bildiramiz, - deb yoziladi Kuniyaning tabriknomasida.

O'FF Prezidentligiga qayta saylangangiz munosabati bilan eng samimiy tabriklarimizni qabul qilasiz, - deb yozadi BAA Futbol Uyushmasi Prezidenti, OFK Ijroiya Qo'mitasi azosi Yusuf al-Serkal.  Serkal o'z tabriknomasida hurmatga sazovor O'zbekiston Futbol Federaciyasi Usmonovning qayta saylanishidan tashkilotning boshqaruvi va rivojlanish yo'lida katta katta bilim, foyda va tajriba olishini alohida takidlaydi.

SHaxsan o'z va Ukraina Futbol Federaciyasi nomidan tabriknoma yo'llayotganimdan xursandman, - deyiladi Ukraina Futbol Federaciyasi Prezidenti Anatoliy Konkovning tabrik xatida. Fursatdan foydalanib, ham shaxsiy, ham federaciyalararo aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanligimizni aytib o'tmoqchiman.

Koreya Futbol Uyushmasi Prezideti (KFU) Mong Gyu CHung ham o'z tabrigida Usmonovning prezidentligi davrida qo'yilgan tamal toshi O'zbekiston futboliga ko'p yillar davomida xizmat qilishini yozadi. Dunyo ko'rayaptiki, Sizning rahbarligingiz ostida O'FF va O'zbekiston futboli to'g'ri yo'nalish bo'ylab rivojlanayapti. Keling, davlatlarimiz futbolining rivoji uchun birgalikda mana shunday ishlashda davom etaylik, - deydi KFU Prezidenti.

O'FF Prezidenti Mirabror Usmonovning qayta saylanganligi munosabati bilan, shuningdek, Eron Futbol Federaciyasi Prezidenti Ali Kafashian, Ozarboyjon Futbol Federaciyalari Uyushmasi Rovnag Abdullaev, Qirg'iziston Futbol Federaciyasi Prezidenti Semetey Sultonov, shuningdek, OFK Ijroiya qo'mitasi azosi Tashima Kazo va boshqalar Yangi yil tabriklari ilova qilingan tabriknomalar jo'natgan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика