So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  1 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  6 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  17 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  4 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  55 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  69 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

Bir o'yin tarixi. Vilyanuevadan xet-trik, MHSK stadionidagi anshlag yoxud 2008 yilgi "Bunyodkor" - "Saypa" (5:1) uchrashuvini yodga olamiz Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Vilyanuevadan xet-trik, MHSK stadionidagi anshlag yoxud 2008 yilgi "Bunyodkor" - "Saypa" (5:1) uchrashuvini yodga olamiz

Oradagi malum tanaffusdan so'ng bir o'yin tarixi loyihasi yana etiboringiz markazida. Biz qaytdik!

Bugun aksariyat muxlislarimizni talab va istagidan kelib chiqqan holda "Bunyodkor" jamoasining eng gullagan darlaridan biri bo'lgan 2008 yilgi OCHL chorak finlalidan o'rin olgan "Saypa" bilan uchrashuv tafsilotlari haqida fikrlashamiz va yodga olamiz. 

2008 yilgi mavsumni yuqorin notada o'tkazayotgan Mirjalol Qosimov shogirdlari xalqaro maydonda ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilayotgandi. OCHLda ilk bor ishtirok etayotganiga qaramasdan jamoa juda ishonchli va chiroyli o'yin namoyish etardi. Tarkib ham shunga yarasha kuchaytirilgan, bir qator nomdor jahon yulduzlari tarkibga qo'shib olingandi. Guruh bosqichida "Al Ittixod", "Al Ittixod Xaleb" , "Sepaxon" kabi jamoalarni engib birinchi o'rin keyingi bosqichga chiqqan "Bunyodkor"ni oldinda jiddiy sinov kutardi. Raqib o'ziga yarasha kuchga ega Eronning "Saypa" jamoasi edi. Tarkibida esa Eron terma jamoasining bir qator futbolchilari to'p tepardi.

Lekin, saviya va daraja jihatdan ular qisman bo'lsada biznikilardan pastda edi. CHunki, "Bunyodkor"ning o'sha vaqtdagi tarkibi turnirdagi eng kuchlilaridan biri hisoblanardi. Rivaldo yoshi o'tib qolgan bo'lsa ham hamon o'z darajasini yo'qotmagandi, Vilyanueva esa tom manodagi topilma edi. Birinchi uchrashuvda safarda 2:2 hisobidagi durang bilan qaytgan "qaldirg'ochlar"  24 sentyabr kuni hashamatli va muhimi o'ziga hos fayzi bor MHSK stadionida "Saypa"ni qabul qiladigan bo'ldi. Bahsga qiziqish yuqori, stadion esa bir necha soatlar oldin to'lib bo'lgandi. Mirjalol Qosimov esa bellashuvga jangovar tarkibni tushirdi. SHu kuni raqib himoyachilari Xose Luis Vilyanuevani ikkinchi qavatda ushlay olishmadi. Tezkor dribling sohibi Jasur Hasanov esa deyarli barcha gollarda ishtirok etdi.


 Mazkur uchrashuv to'liq "lotin amerikasi" vakillariga ataldi desak mubolag'a bo'lmaydi. "Saypa" darvozasiga kiritilgan uchta gol Vilyanuevaning hisobiga yozilgan bo'lsa, Rivaldo va Luizaolar ham maydonni golsiz tark etishmadi. Ushbu o'yindan bir necha kun o'tib Mirjalol Qosimov terma jamoa boshqaruvini qo'liga oladi, "Bunyodkor"ni esa Ziko qabul qilib oladi. Bu paytga kelib poytaxt jamoasi OCHL yarim final bosqichiga etib kelgandi. Lekin, murabbiyning va hakamning tushunarsiz qarorlari sabab final yo'llanmasi uchun jangda "Adelaida Yunayted" jamoasi g'olib chiqadi. Biz yodga olgan "Saypa" bilan bahs esa "Bunyodkor" tarixida ilk bor OCHL yarim final yo'llanmasini bergani bilan ahamiyatliligini saqlab qolgandi.

OCHL - 2008. CHorak final. 

"Bunyodkor" - "Saypa" - 5:1

2008.09.24. MHSK stadioni. 15000 tomoshabin. 

Bosh hakam: Muhsin Basma (Suriya)

Gollar:  Xose Luis Vilyanueva 9, 18, 52, Rivaldo 45, Luizao 68 - Mirhorbani Sayedsaber 47.

"Bunyodkor": Bugalo Pavel; Ashurmatov Baxtiyor; Luizao; Rivaldo Vitor Borba; Rayimqulov SHavkat (Xvostunov Aleksandr, 80); Vilyanueva Xose Luis (Baqoev Ulug'bek, 61); Hasanov Jasur O. (Jo'raev Sahob, 75); Haydarov Aziz; Nikolaev Aleksey; Kapadze Timur; Jeparov Server.
Zaxira: Zuhurov Murod, Karpenko Viktor; G'ofurov Rashid; Karimov Hayrulla.

Bosh murabbiy: Mirjalol Qosimov.











Ajoyib fotosuratlar uchun Hasan Pirmuhammedovga minnatdorchilik bildirib qolamiz!

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi. 

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика