So’nggi yangiliklar

03:36Расман. Мессининг Аргентинаси ЖЧ финал босқич йўлланмасини қўлга киритди  6 03:26ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон Лихтенштейнни мағлуб этди, Норвегия Исроилга 4та тўп киритди, Чехия Гибралтардан йирик ҳисобда устун келди  0 02:20ЖЧ-2026 саралаши. Эрон - Ўзбекистон 2:2  16 01:23ЖЧ саралаши. БАА 90+8 дақиқадаги гол эвазига КХДРни мағлуб этди  169 00:34Салоҳ бу ёзда "Ал-Ҳилол"га ўтмайди  6 23:50Тимур Кападзе: "Натижа адолатли бўлди деб ўйлайман, ЖЧга чиққанимиздан сўнг ҳам бош мураббий бўлиб қолишга умид қиламан"  138 23:05ЖЧ-2026 саралаши. Теҳронда дуранг ўйнадик  758 22:28"Ливерпуль" АПЛдаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 20:45ЖЧ-2026 саралаши. Қирғизистон Қатарни таслим қилди  168 19:55"Севилья" допинг туфайли дисквалификация қилинмаса, Мудрикни ижарага олиши мумкин. Украиналик мелдоний учун 4 йилга четлатилиши мумкин  1 19:33Янги стадион "Интер" ва "Милан"га 1,2 миллиард еврога тушади  0 19:08Погба "Интер Майами"га йўл олади  1 18:59"Челси" "Вест Хэм" ярим ҳимоячиси Альваресни ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 18:47Чалханоглу: "Мақсадим - Чемпионлар Лигасида ғалаба қозониш"  0 18:13ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ва Жанубий Корея ғалаба қозона олмади  6

Bir o'yin tarixi. Usmonov chetlatilgan, Xolmuhammedov darvozabonga aylangan, O'zbekistonga mundial yo'llanmasini taqdim qilgan uchrashuv Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Usmonov chetlatilgan, Xolmuhammedov darvozabonga aylangan, O'zbekistonga mundial yo'llanmasini taqdim qilgan uchrashuv

Sarlavhadan sezdingizki bugun bir o'yin tarixi orqali 2008 yil Saudiya Arabistonida o'tkazilgan Osiyo chempionati haqida fikr yuritamiz.

Zero, ushbu turnir bizga bir qator yodda qolarli lahzalarni taqdim qilgan.

Ahmad Ubaydullaev boshchiligidagi yoshlar terma jamoasi azolari musobaqaga qadar uzoq yo'lni bosib o'tishgandi. Mutaxassis futbolchilarni deyarli kichkinaligidan boshlab tarbiyalab bordi, CHig'atoy bazasida ularni birlashtirdi. Selekciya ishlari to'g'ri yo'lga qo'yildi. Viloyatdan ham iqtidorlar jalb etilib yaxlit jamoa tuzildi. Sanat SHixov Xorazmdan, Islom To'xtaxo'jaev Farg'onadan, Kenja To'raev, Fozil Musaev, SHerzod Azamovlar Qashqadaryodan taklif qilindi.

Saralashdan muvaffaqiyatli o'tgan jamoamiz qita chempionatida Iordaniya, Avstraliya, Tailand bilan birgalikda “D” guruhidan joy egalladi. Saralashda bo'lgani kabi guruh bosqichida ham futbolchilarimiz ehtiyotkor o'yin namoyish etishdi. CHunki, rasmiy turnirlarda asosiy kerakli narsa natija hisoblanadi. Qayd etilgan natijalardan ham buni sezish qiyin emasdi. Birinchi turda Iordaniya Davron Mirzaevning yagona goli hisobiga taslim etildi. Guruh favoriti sanalgan Avstraliya bilan uchrashuvda vakillarimiz murosa ko'chasini tanlashdi. So'nggi tur oldidan esa vaziyat qaltis tus olgandi. Bizda to'rt ochko, Tailandda esa uch ochko bor edi. Tailandga qarshi bahsda futbolchilarimizni faqat g'alaba qoniqtirardi. Amalda Fozil Musaev kiritgan birgina to'p bizni etti ochko va ikkinchi o'rin bilan keyingi bosqichga olib chiqdi.



Oldinda bizni Xitoyga qarshi mundial chiptasi uchun "jang" kutardi. Tan olishimiz kerak raqib o'sha paytda ham o'z darajasini yo'qotmagandi va futbolchilarimizga munosib qarshilik ko'rsatgandi. CHorak final uchrashuvida ham Ubaydullaev shogirdlari o'z uslublariga sodiq qolgan holda ehtiyotkorlikka urg'u qaratishadi va tavakkalga qo'l urishni istashmaydi. CHunki, bitta gol uchrashuv taqdiriga tasir ko'rsatishi mumkin edi. Natijada bellashuvning asosiy vaqtida darvozalarga to'p kiritilmadi. Bosh hakam, avstraliyalik Bejamin Uilyams jamoalarni 15 daqiqadan iborat ikkita qo'shimcha bo'limlarga taklif qiladi.

Bahsning eng kulminacion voqeasi aynan overtaymlarda yuz bergandi. O'yin yakuniga etishiga oz fursa qolayotganda, xitoyliklar darvozamiz tomon xavfli hujum uyushtirishadi. Raqib hujumini bartaraf etgan posbonimiz Doniyor Usmonov dastlab to'pni qo'liga oladi. Uni sheriklariga oshirib berish maqsadida erga tashlaydi. Ammo, qarshisiga xitoylik futbolchi kelganini va bosim qilganini ko'rgan holda to'pni yana qo'lida ushlaydi. Bu holat esa FIFA qoidalariga zid hisoblanardi. To'pni erga tashlagandan so'ng uni ikkinchi bor ushlash mumkin emas. Professional futbolchi bo'lib borayotgan Usmonovning yosh bolalarcha xatosi nimaga bog'liq? Balki, o'sha daqiqalarda konsentraciyani yo'qotib qo'ygan bo'lishi mumkin. Bunday paytda qoidani buzgan futbolchiga bevosita qizil kartochka ko'rsatiladi. Uilyams esa o'z vazifasini bajaradi, hamyurtimizni maydondan chetlatadi va jarima maydonchamiz ichida raqib foydasiga erkin zarba belgilaydi. Siz o'ylagandek penalti emas. Jarima maydoni ichida erkin zarba. Ayni paytga kelib barcha o'zgarishlar amalga oshirib bo'lingandi. Bunday pallada jamoadagi biron bir o'yinchi darvozabon vazifasini vaqtinchalik bajarib turishi lozim edi. Masuliyatni Islom To'xtaxo'jaev zimmasiga oladi va terma jamoamizni muqarrar goldan qutqarib qoladi - 0:0.



Uchrashuv g'olibini aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat qilishga to'g'ri keldi. Futbol lotoreyasida darvozaga To'xtaxo'jaev emas Murod Xolmuhammedov turadi. Dastlab bizdan SHerzod Karimov  va Islom To'xtaxo'jaev  gol urishadi, xitoyliklarning ham ikkita zarbasi aniq bo'ladi. Bizdan uchinchi zarbani Sanat SHixov amalga oshiradi, afsuski darvozabon to'pni qaytaradi. G'ulom O'runov ham penaltidan gol uradi, xitoylik U Sining zarbasi noaniq chiqadi va hisob 3:3 ko'rinishini oladi. Bizdan so'nggi zarbani SHerzod Azamov beradi va hisob 4:3. Xitoyliklarning so'nggi zarbasini Li Zichao amalga oshiradi, Murod Xolmuhammedov to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ladi - 4:3! Yoshlar terma jamoamiz jahon chempionatida! Xolmuhammedov qahramon!


Yarim finalda juda kuchli Janubiy Koreya yoshlari ham turnir davomida tartibli o'yin ko'rsatib kelayotgan futbolchilarimizning oldida ojiz qolishdi. SHerzod Karimov g'alaba keltirgan golga mualliflik qildi. Finalga kelib jismoniy jihatdan toliqqan to'p teparlarimiz Mahdi Ali ustozligidagi va Ahmad Halil etakchiligidagi BAAga 1:2 hisobida engilishadi. SHunga qaramasdan turnir yakunlangach bizni musobaqaning feyr-pley sovriniga loyiq deb topishgandi. Mazkur terma jamoada harakat qilgan futbolchilar keyingi yillarda o'z klublarining asosiy o'yinchilari sifatida to'p tepishdi, bazilari milliy terma jamoaga chaqirildi. Qisqa qilib aytganda yo'qolib qolishmadi va katta futbolda o'z o'rinlarini topishdi.

U-19 Osiyo chempionati-2008. CHorak final.
Xitoy U-19 – O'zbekiston U-19 0:0 (penaltilar seriyasi 3:4)
08.11.2008. Saudiya Arabistoni. “SHahzoda Saud Bin Jalavi” stadioni
Bosh hakam:
Benjamin Uilyams (Avstraliya)
O'zbekiston U-19: Doniyor Usmonov, SHerzod Azamov, Dilyorbek Ermatov, Murod Holmuhammedov, Islom To'xtaxo'jaev, Fozil Musaev, Sunnatilla Mamadaliev, Doston Abdurahmonov (G'ulom O'runov, 95) , SHerzod Karimov, Jasur Hasanov (Zohir Pirimov, 111), Kenja To'raev (Sanat SHixov, 44).
Penaltilar seriyasi: SHerzod Azamov 0:1, Piao CHeng 1:1, SHerzod Karimov 1:2, Zang Linpeng 2:2, Islom To'xtaxo'jaev 2:3, U Si (noaniq), Sanat SHixov (noaniq), Zou Liao 3:3, G'ulom O'runov 3:4, Li Zichao (Xolmuhammedov qaytardi).



Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика