So’nggi yangiliklar

21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  1 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   3 20:20Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  2 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  4 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  7 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:37Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   7 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   7 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0 15:19"Ал Иттиҳод" "Арсенал" ярим ҳимоячиси бўйича расмий таклиф юборган  1 15:00⚡️Юсупов ёки Неъматов? Сентябрь ойидаги ўйинларда терма жамоа дарвозасини ким қўриқлайди? Катанец жавоб берди  17

Bir o'yin tarixi: Toshimicu Yoshida boshqargan O'zbekiston – Bahrayn uchrashuvi Yangiliklar

Bir o'yin tarixi: Toshimicu Yoshida boshqargan O'zbekiston – Bahrayn uchrashuvi

O'tgan hafta Angliya chempionshipida “Nyukasl” va “Berton” o'rtasidagi uchrashuvda hakam Keyt Straud qo'pol xatoga yo'l qo'ydi.

Mezbonlar penaltidan gol urgach, jarima maydoniga birinchi bo'lib “Nyukasl” futbolchisi kirib kelgani tufayli penaltini bekor qildir va mehmonlar foydasiga erkin jarima zarbasi belgiladi. Bu holat bizga tanish, shunday emasmi? 2005 yil 3 sentyabr oqshomida bo'lib o'tgan O'zbekiston – Bahrayn o'yinida yaponiyalik Toshimicu Yoshida bizni bir goldan mahrum qilgandi. SHu holat tufayli o'sha o'yinni eslatib o'tishga qaror qildik.


2005 yil 3 sentyabr. O'zbekiston va Bahrayn Germaniyadagi jahon chempionati sari kurashni Osiyo pley-offida davom ettirishmoqda. Juftlik g'olibi KONKAKAF vakili bilan mundial yo'llanmasi sari maydonga tushish imkoninini qo'lga kiritardi. “Paxtakor” stadioniga bellashuvni kuzatish uchun 55 ming muxlis tashrif buyurgan. O'shanda terma jamoamizni angliyalik Robert Xafton boshqarardi. Bahrayn bilan uchrashuvni Nikolay SHirshov, Baxtiyor Ashurmatov, Leonid Koshelev, Aleksandr Geynrix va Ilyos Zeytullaev o'tkazib yuborishga majbur edilar. Andrey Fyodorov safga qaytib, Vladimir Radkevich termadan taklif olgandi.
Luka Peruzovich boshchiligidagi Bahrayn terma jamoasi o'yinga puxta hozirlik ko'rgandi. Nomzod futbolchilarning aksariyati mavsum boshlanmagani sababli uzoq muddat terma jamoa yig'inida ishtirok etishgandi. Raqibdan to'purar Alo Xubayl bellashuvni jarohat sababli o'tkazib yuborardi.


O'sha kungi uchrashuv qaydnomasi bilan tanishing.
O'ZBEKISTON – BAHRAYN – 1:0
O'zbekiston:
Safonov, Radkevich, Fyodorov, Aliqulov, Nikolaev, Qosimov, Karpenko (Kiryan, 41), Kapadze, Jeparov, Soliev (Bikmaev, 81), SHackix.
Bahrayn: Hasan Hussayn, Abdulla Marzuq, Said Mahmud Jalol (Rashid Saif, 73 ), Muhammad Juma, Muhammad Salmin, Talal Yusuf (Said Muhammad Jafar, 78), Hussayn Ali, Salmon G'ulom, Said Adnan, Muhammad Hubayl, Saloh Farxan.
Gol: Qosimov, 12 – 1:0.
Ogohlantirishlar: Nikolaev, 5. Said Mahmud Jalol, 33. Aliqulov, 41. Said Adnan, 62. Muhammad Salmin, 74. Jeparov, 80.

Dastlabki daqiqalardan O'zbekiston tashabbusga ega chiqdi. Bahrayn asosan qarshi hujumlardan foydalanishga urindi. Ilk zarbani mehmonlar yo'llab, Safonov to'pni ushlab oldi. 12-daqiqada esa jamoamiz etakchisi Mirjalol Qosimov hisobni ochdi. CHap qanotda Anvar Solievdan to'pni qabul qilib olgan Qosimov darvozaga yaqinlashib, uzoq burchakka aniq zarba yo'lladi – 1:0.

Keyinroq Karpenko SHackixdan ajoyib to'p oldi, biroq zarba berishga kech qoladi. Qosimovning yana bir aniq zarbasini Hasan Hussayn maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. O'yin va juftlik taqdirini o'zgartirib yuborgan vaziyat 38-daqiqada yuzaga keldi. Jamoamiz tezkor qarshi hujum uyushtirdi. Hasan Hussayn darvozadan chiqishga xatoga yo'l qo'ydi. SHackix bundan foydalanib to'pni darvozaga yo'lladi, ammo mehmonlar himoyachisi Muhammad Juma to'pga qo'li bilan sakragan holda o'ynadi. Yaponiyalik hakam Toshimicu Yosida penalti belgiladi, ammo oxirgi umid foli uchun uni maydondan chetlatmadi.

Penaltini Server Jeparov aniq amalga oshirdi. Jamoadoshlari Serverni tabriklashga oshiqishdi, biroq o'sha holatda Yoshida kutilmaganda qo'lini ko'tardi va jarima maydoni chizig'ida turib qoldi. Qanot hakami bayrog'ini ko'tardi. Futbol qoidalarida bu erkin zarbani anglatardi. Barcha futbolchi hakamga tashlandi. Hakam gol bekor qilingani va bahraynliklar erkin zarba bajarishlari kerakligini ko'rsatdi. Bizning o'yinchilar bu qarorni tushunib ulgurmasdan Bahrayn posboni to'pni tezda o'yinga kiritdi. SHu tariqa bellashuv davom ettirildi.

Takroriy lavhalarda qoida buzilishi faqat O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari penalti tepilishidan avval jarima maydoniga kirib kelganida bo'lishi mumkin edi. Bunday vaziyatda penalti takroran ijro etilishi shart. Afsuski, yaponiyalik hakamlar oddiy qoidani bilishmagan. Keyinchalik Solievda qulay imkoniyat yuzaga keldi, ammo u birga-bir holatda noaniq zarba berdi. Ikkinchi bo'limda hujumkor urinishlar kamaydi. O'zbekiston dastlabki uchrashuvda kichik hisobda zafar quchdi.


O'yindan keyin O'FF FIFAga rasmiy shikoyat yubordi. Unda birinchi bellashuv uchun texnik mag'lubiyat yozish va javob uchrashuviga evropalik hakamlarni tayinlash bitilgandi. Terma jamoamiz Bahrayndagi javob o'yini uchun etib borgan bir paytda FIFA mazkur masala yuzasidan qarorini elon qilgan.

6 sentyabr kuni O'zbekiston – Bahrayn o'yinida hakam tomonidan yo'l qo'yilgan texnik xatodan so'ng O'FFning shikoyati ko'rib chiqilgan. Lennart Yuxansson, Xulio Grondona, CHong Mong Jun va Urs Linsi o'sha holatni o'rganishgan. Hakamning xatosi nazoratchi va komissar hisobotida ham aks etgandi. Yuqoridagi shaxslar hakam texnik xatoga yo'l qo'yganini etirof etib, uchrashuv qaytadan o'tkazilishi xususida qarorga kelgan.

OFK Prezidenti Muhammad Bin Hammam pley-off o'yinlariga evropalik hakamlar tayinlashni qo'llab-quvvatlagan. FIFA keyingi uchrashuvlarga shveycariyalik Massimo Buzakka va angliyalik Grem Poll boshqarishini elon qilgan.


Toshkentdagi bellashuv 1:1, Manamadagi to'qnashuv 0:0 hisobida yakunlangan va Bahrayn keyingi bosqichga yo'l olgandi. Oxir-oqibat jahon chempionatiga Trinidad va Tobago yo'llanmani qo'lga kiritgan.

Toshimicu Yoshida esa OFKning elit hakamlari ro'yxatidan o'chirib tashlangan. Yaponiya FA uni yuqori liga o'yinlaridan chetlatib, ikkinchi divizionni boshqarish to'g'risida qarorga kelgan, ammo bir oyga qolmasdan u “Jey” liga bellashuvlariga qaytarilgan. 2008 yil yoshida Yaponiya “Jey” ligasining eng yaxshi hakamiga atalgan sovrinni qabul qilib olgan. Afsuski, uning qo'pol xatosi bizga qimmatga tushgan.

Behzod NAZAROV.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика