So’nggi yangiliklar

11:25Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Японияга қарши таркиби маълум  0 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  3 10:24Мусиала операция қилинди  3 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  2 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  7 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  5 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  8 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  3 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  5 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  4 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2

Bir o'yin tarixi. Sardor Rashidovni Osiyoga tanitgan bahs: O'zbekiston – Saudiya Arabistoni 3:1 Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Sardor Rashidovni Osiyoga tanitgan bahs: O'zbekiston – Saudiya Arabistoni 3:1

Yurtimizda ichki chempionat bahslari malum muddatga to'xtatilgani sababli terma jamoamizning tarixdagi eng yorqin o'yinlarini yodga olishda davom etamiz.

 Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi 2015 yil Avstraliya mezbonlik qilgan Osiyo kubogidagi ishtirokini chorak finaldayoq yakunlashga majbur bo'lgandi. Ammo, undan oldin guruhdagi so'ngi uchrashuvda Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g'alaba chorak final eshiklarini ochgandi.

Bugun ushbu bahs tafsilotlari haqida batafsil fikrlashamiz va esda qolgan yorqin lahzalarni yana bir bor ko'rib chiqamiz.

Guruhdagi oldingi ikkita bellashuvda uch ochko ishlagan futbolchilarimizni uchinchi turda faqat g'alabagina keyinga bosqichga olib chiqardi. CHunonchi, raqib saudiyaliklar ham huddi shunday holatga tushib qolgandi. Biz birinchi turda KXDRni 1:0 hisobida taslim qilgan bo'lsak, Kosmin Alario shogirdlari 5:1 hisobida koreyaliklardan ustun kelgandi. Bahs shu tomonlama ham ahamiyati va darajasi yuqori edi. Xitoyga 1:2 hisobida imkoniyatdan boy berib qo'yib ahvolimizni o'zimiz og'irlashtirgandik. Natijada murabbiy tarkibda katta rotatciyalarni amalga oshirdi. Sanjar Tursunov, Temur Kapadze, Server Jeparov, Igor Sergeev, Akmal SHorahmedovlar bu gal zaxirada qoldirildi. Ularning o'rniga esa nisbatan yoshroq tarkib maydonga tushdi. SHuhrat Muhammadiev, Sardor Rashidov, Jasur Hasanov, Bahodir Nasimov asosiy tarkibda o'yinni boshladi.
Sardorlik bog'ichi esa Odil Ahmedovga topshirildi. Raqib safida jismonan baquvvat futbolchilar, xorijlik murabbiylar shtabi va maxoratli ijrochilar yig'ilgandi. Salim Al Dovsariy, Muhammad Al SHahlaviy, Yosir Al SHahroni, Fahad Al Muvallad va boshqalar. O'yindagi ilk gol muxlislarni uzoq kuttirmadi. Musobaqada davomida kashfiyot bo'lishi kuilayotgan Sardor Rashidov oldingi o'yinlarda o'zining imkoniyatlarini to'liq ko'rsata olmagandi.

Ajoyib dribling va tezlikka ega Rashidov 2-daqiqadayoq hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Qanotda to'p o'z uslubida bo'ysindirgan holda katta tezlik bilan raqibning uch nafar futbolchisini ortda qoldiradi va zarba beradi. To'p posbon Volid Abdullaning oyoqlari ostidan o'tib darvoza to'ridan joy oladi. Odatda kuchli jamoalar bilan ikkinchi raqam ostida o'ynaydigan milliy jamoamiz shu kuni birinchi raqam ostida to'p tepadi.

Qosimovning yangi topilmasi “Nasaf”dagi o'yinlari bilan tanilgan SHuhrat Muhammadiev debyut uchrashuvini o'tkazganiga qaramasdan juda iliq taassurot qoldirgandi. O'z poziciyasida deyarli hato qilmagandi. Birinchi bo'limda ustunlik barcha jabhalarda futbolchilarimiz tomonida bo'ldi. Buni quyidagi statistikadan ham bilib olish qiyin emas.

Gollar: 1-0
Darvoza tomon zarbalar: 4-2
Darvoza tomon aniq zarbalar: 2-0
Burchak to'plari: 2-1
Aniq to'p uzatishlar: 71%-82%
To'p bilan muomala qilish: 39%-61%
To'p uzatishlar soni: 201-303

Ikkinchi bo'limda hotirjamlikka berilgan futbolchilar saudiyaliklar tomonidan jazolanadi. Jarima maydonchamiz ichida Vitaliy Denisov raqib o'yinchisini qo'pollik bilan to'xtatib qoladi. Bosh hakam barchamizga tanish Benjamin Uilyams Nesterov darvozasi tomon penalti belgilaydi. Nuqataga yaqinlashgan Muhammad Al SHahlaviy zarbani aniq ijro qiladi va hisobni tenglashtiradi - 1:1.

Goldan so'ng tushkunlikka tushib qolmagan jamoamiz darhol bosimni oshiradi va havfli hujumlar sonini oshiradi. Zahiradan maydonga ikkinchi hujumchi sifatida bo'ydor va gol hidini seza oladigan Vohid SHodiev maydonga tushgach yarim himoyachilar to'pni asosan SHodiev tomon etakzishga harakat qilishdi. 70-daqiqada markaziy himoyachi SHavkat Mullajonov qanotdan to'pni yuqorilatib oldinga uzatadi. Qulay vaziyatni Vohid SHodiev golga aylantiradi - 2:1.

Bu hisob qaltisligini bilgan futbolchilarimiz o'yinni shu ruhda davom ettirishadi. 79-daqiqa o'tib borayotgan paytda Jasur Hasanov tezlik bilan qanotdan hujumga o'tadi va markazdan o'zini taklif qilgan Rashidovga oshiradi. Darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borgan Rashidov gol urib barchasiga nuqta qo'yadi - 3:1.

Aslida undan oldin ham hisobni oshirish imkoniyati yuzaga kelgandi. Jarima maydonchasi chizig'i ustidan standart vaziyatni amalga oshirishga urinib ko'radi. Biroq, darvoza to'riga borib tushgan to'pni hakam Uilyams hisobga olmaydi.

Yakunda Sardor Rashidov bellashuvning eng yaxshi futbolchisi deb elon qilinadi. Janubiy Koreyaga qarshi kechgan bahsda ham u juda yaxshi harakat qilgandi. SHundan so'ng o'zbekistonlik iqtidorning haridorlari ko'payadi. Unga Ispaniya, BAA, Saudiya Arabistoni va boshqa bir qator kuchli klublardan takliflar oladi. Ishonch bilan aytishimiz mumkinki aynan Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan o'yin uni ommaga va butun qitaga tanitdi.


Saudiya Arabistoni – O'zbekiston 1:3
Bosh hakam
: Benjamin Uilyams (Avstraliya)
Melburn. “Rektangular" stadioni. 10872 tomoshabin.
Gollar: Al Sahlavi 60 penalti - Sardor Rashidov 2, 79, Vohid SHodiev 71.
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, SHuhrat Muhammadiev (Akmal SHorahmedov, 86), Anzur Ismoilov, SHavkat Mullajonov, Vitaliy Denisov, Azizbek Haydarov, Odil Ahmedov, Jamshid Iskanderov (Vohid SHodiev, 66), Jasur Hasanov, Sardor Rashidov (Sanjar Tursunov, 90), Bahodir Nasimov.





Video. Bir o'yin tarixi. O'zbekiston - KXDR 1:0 (to'liq tomosha qiling)         

Video. Bir o'yin tarixi. O'zbekiston - Kuvayt 2:1 (to'liq tomosha qiling)         

Video. Bir o'yin tarixi. Baqoevning benefisiga aylangan bahs yoxud O'zbekiston - Iordaniya 2:1

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика