So’nggi yangiliklar

22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  3 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  4 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  42 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  19 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  14 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  334 20:41Ўртоқлик учрашуви. Россия Вьетнамни қийинчиликсиз мағлуб қилди  3 20:25ЖЧ саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум бўлди  4 18:47ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Фаластин дарвозасига йўл топа олмади!  9 18:15ЖЧ-2026 саралаши. Япония Хитой дарвозасига жавобсиз 7 та гол урди!   8 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ футболчилари "Бунёдкор" стадионига етиб келишди  6 17:36ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР: Асосий таркибимиз маълум  43 17:17"Бунёдкор" стадиони Ўзбекистон - КХДР учрашувига тайёр  6 17:17ЖЧ-2026 саралаши. Австралия ўз уйида мағлубиятга учради  8

Tarixda shu kun. O'zbekiston - Saudiya Arabistoni. Anvar Soliev yana "qutqaruvchi" Yangiliklar

Tarixda shu kun. O'zbekiston - Saudiya Arabistoni. Anvar Soliev yana "qutqaruvchi"

Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichining hal qiluvchi pallasida Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga chiqadi.

Ushbu yurt vakillari bilan bundan oldingi saralashlarda ham to'qnash kelganmiz. Mazkur uchrashuvlar orasida 2005 yil fevral oyida Toshkentda "Paxtakor" markaziy stadionida o'tkazilgan o'yinni muxlislar o'zgacha ishtiyoq va zavq bilan xotirlashadi. Bir o'yin tarixi orqali mana shu qiziqarli bahsni yodga olamiz. 

Bugungi kunda ikkinchi bosqichda muammoga yo'liqayotgan termamiz o'sha paytlarda keyingi raundga muammosiz o'tgan. Hal qiluvchi yani mundialga yo'llanma beruvchi bosqichda esa doimgidek qiyinchiliklarga duch kelganmiz. 

Avvalgi raundda vakillarimizga Iroq, Falastin, Xitoy Taypeyi raqiblik qilgan bo'lsa, endilikda guruhimizdan qitaning nomdor va grand jamoalari o'rin olgandi. Demak biz joylashgan kvartetda har bir davrda kuchli hisoblangan Saudiya Arabistoni, Pim Virbeek boshchiligidagi Janubiy Koreya va kuchsiz bo'lmagan Quvay terma jamoalari mundial yo'llanmasi uchun kurash olib borishi ko'zda tutildi. Qaysidir manoda narigi guruhga qaraganda raqobat kuchli edi deyishimiz mumkin.

Rejaga ko'ra birinchi turni o'z maydoimizda Saudiya Arabistoniga qarshi o'yin bilan boshladik. Bilasiz, mazkur yurt vakillariga qarshi bahslar doim keskin va murosasiz ruhda o'tadi, aksariyat hollarda ular muhim pallalarda uloqni ilib ketishgan. Bahs 9-fevral belgilangan, qishning eng sovuq davri yurtimizda kezib yurgan paytlar edi. Garchi, havo harorati ancha noqulay bo'lishiga qaramasdan “Paxtakor” markaziy stadioniga 50 mingdan ziyod muxlis futbolchilarni olqishlab turish uchun tashrif buyurgandi. Ularning ko'zidan terma jamoa ishtirokidagi o'yinlarni va katta futbolni sog'inishganlarini sezib olish qiyin emasdi. Bir tomondan guruhimizdagi raqiblardan bizning kam joyimiz yo'q, bemalol o'ynasa bo'lardi. Bizda ham murabbiy sifatida tajribali germaniyalik Yurgen Gyode faoliyat olib borardi. Tarkibimiz nihoyatda kuchli va maxoratli futbolchilar etarli topilard. 

Yanvar oyida BAAda olib borilgan yig'indan so'ng jamoa ixtiyoriga Vladimir Maminov, Oleg Pashinin, Aleksey Polyakov, Andrey Fyodrov, Vladimir SHishelov, Maksim SHackix kabi legionerlar ham etib kelishdi. Bu tomondan muammo yo'q edi hisob. Faqat, jamoaning yuragi Mirjalol Qosimov saudiyaliklarga qarshi maydonga tusha olmasdi. 

Bellashuvdan oldingi matbuot anjumanida jurnalistlar bosh murabbiyga Qosimov haqidagi savolni berishganida achinish bilan javob qaytargandi. 

“Ochig'ini aytishim lozim – Mirjalol mening o'ng qo'lim hisoblanadi. U o'z uslubiga ega iqtidor sohibi. U bilan har kuni muloqotdaman. Uning bugun ishtirok etmasligi biz uchun katta yo'qotish”,- degandi Gyode. 

Uning o'rni SHishelov bilan to'ldirildi. Minglab muxlislarning tinimsiz hayqiriqlariga qaramasdan birinchi bo'limda hisob ochilmaydi va jamoalar tanaffusga nursiz 0:0 hisobidagi durang bilan chiqib ketishdi. Saudiya shu kuni Toshkentga o'zining eng kuchli ijrochilari bilan etib kelgandi. Sami Al Jaber, Muhammad Al SHlhub, Sogid Al Xarti va boshqalar. Afsuski, 76-daqiqada o'sha biz kutgan Jabrdan futbolchilarimiz haqiqiy jabr ko'rishdi. Futbolchi himoyamizdagi palapartishlikdan unumli foydalanib Polyakov darvozasini ishg'ol qildi. 

Ushbu o'yinchi faoliyatining katta qismini “Al Hilol”da o'tkazgan bo'lib, terma jamoa libosida 163ta bahsda qatnashgan va 45ta gol urgan. Startni mag'lubiyat bilan boshlash yoqimsiz albatta. SHuning uchun bellashuvning qolgan daqiqalarida faollikni oshirgan vakillarimiz qator vaziyatlardan unumli foydalana olishmaydi. 82-daqiqada himoyachi Andrey Fyodrovning o'rniga hujumchi Marat Bikmaev tushiriladi va o'yin sxemasi o'zgartiriladi. Endilikda terma jamoamiz 5-4-1dan, 4-4-2 taktik sxemasiga o'tdi. O'yin boshidan Gyode shogirdlari beshta himoyachi bilan harakat qilib kelayotgandi. Yosh Maratning tushishi orqali ikkita markaziy hujumchi bilan o'ynash ham naf bermadi. Bosh hakam Toru Komikovaning hushtagi yangrashiga oz qolganda yarim himoyachi SHishelov o'rnini Anvar Solievga bo'shatib beradi va ohirgi daqiqalarni futbolchilarimiz uchta hujumchi bilan bosimni oshirishga yani shturm uyushtirishadi. Yakunda 90+3 daqiqada Soliev gol urib mag'lubiyatdan qutqarib qoladi. Hujumchi azaldan “sehrli tayoqcha” nomi bilan etirof etilib kelinadi. Uning bu laqabni olishiga yana bir misolni ko'rib chiqdik.

Yodingizda bo'lsa ikkinchi bosqich birinchi turida Iroq bilan o'yinda Soliev gol urib durangni taminlagandi. Ar-Riyoddagi javob uchrashuvida Sami Al Jaber va Al Xartiining gollari Saudiya Arabistoniga 3:0 hisobidagi g'alabani olib bergandi. Darvoqe, ushbu uchrashuvlardan so'ng Jaberning “O'zbeklar 70-daqiqadan so'ng futbol o'ynamaydi”,-degan kinoyasi mashhur bo'lib ketdi. "Sahro lochinlari" yutib bo'lmaydigan raqib yoki "chaqilmas yong'oq" emas. Ulardan oldin ham ochko olishni uddasidan chiqqanmiz. Demak buni yana bir bor maydonda isbotlash qoldi, xolos.


JCH-2006. Saralash bosqichi.
O'zbekiston - Saudiya Arabistoni – 1:1
09.02.2005. Toshkent. “Paxtakor” markaziy stadioni. 52000 tomoshabin.
Bosh hakam
: Toru Komikova (Yaponiya).
Gollar: Anvar Soliev (90+3) – Sami Al Jaber (76).
O'zbekiston: Aleksey Polyakov, Baxtiyor Ashurmatov, Oleg Pashinin, Aleksey Nikolaev, Asror Aliqulov, Andrey Fyodorov (Marat Bikmaev, 82), Andrey Akopyanc, Server Jeparov, Vladimir Maminov, Vladimir SHishelov (Anvar Soliev, 89), Maksim SHackix.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика