So’nggi yangiliklar

01:53Суперлига. "Насаф" - ОКМК 2:1  0 01:48Мактомини ва Лукаку "Наполи"ни чемпионга айлантирди!  24 01:29Озарбайжон. "Сумқайит" мавсумни йирик ғалаба билан якунлади, Абдихолиқовдан ассист  0 01:16"Бавария" "Брайтон" ва "Милан" юлдузларига кўз тиккан  0 00:43"Sky Sports" АПЛда мавсумнинг энг яхшиларини аниқлади  6 00:21Миржалол Қосимов: "Ютсак ҳаммамиз зўрмиз, ютқазсак барчамиз айбдормиз"  2 23:52Максим Шацких: "Суперкубок финалига яхши кайфиятда борадиган бўлдик. Танаффусда ўйинни ўзгартириб юборишга келишиб олдик, акс ҳолда "Ультрас" бизни кечирмас эди"  4 23:32Рўзиқул Бердиев: "Шуҳрат Муҳаммадиев 36 ёшида ёш футболчилардан ҳам тез югуради"  4 22:39Февзи Давлетов: "Дуранг бўлиши мумкин эди, аммо мағлубият эмас"  3 22:26Суперлига. "Андижон" - "Сурхон" 2:1. Мезбонлардан супер голлар!  2 22:15Месси ва "Интер Майами" музокараларни давом эттирмоқда  1 21:59Суперлига. "Насаф" тур марказий баҳсида ОКМКни ютиб, жадвалдаги етакчиликни тортиб олди  108 21:23Аморим жамоага тезкор футболчиларни олиб келмоқчи  1 20:54Суперлига. "Андижон" "Бобур Арена"да "Сурхон"ни енгиб ғалабасиз сериясига барҳам берди  53 20:19"Реал" Модричга ўринбосар топди  3

Bir o'yin tarixi. O'zbekiston - Bahrayn 1:0. O'sha mashhur bekor qilingan bahs Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. O'zbekiston - Bahrayn 1:0. O'sha mashhur bekor qilingan bahs

Qadrli futbol ishqibozlari karantin vaqtida sizlarni zeriktirib qo'ymaslik uchun bir o'yin tarixi loyihasini davom ettiramiz.

Bilamizki tarixda O'zbekiston milliy terma jamoasiga hakamlar tomonidan juda ko'plab adolatsiz qarorlar chiqarilgan. Bunga misollar juda ko'p. Yuichi Nishimuraning Toshkentda Eron bilan o'yindagi qiliqlari, Odil Ahmedovning hisoblanmagan goli, Kvon Jchon CHulning 2007 yil Osiyo kubogida SHackixning toza golini hisoblamagani va hokazo. Bugun loyihamizda hakamlik qurboni bo'lgan terma jamoamizning tarixdagi yana bir bellashuvi 2005 yil JCH-2006 pley-off bosqichidan o'rin olgan Bahrayn bilan bahsni yodga olamiz. CHunonchi, o'sha o'yinni boshqargan hakam Toshimicu Yoshidaning professionallarga xos bo'lmagan harakatlari bizga qimmatga tushgandi.

Jahon chempionati hal qiluvchi bosqichning so'ngi umid beruvchi Kuvayt bilan uchrashuvdan oldin terma jamoa murabbiylik postiga angliyalik Bob Xafton taklif qilinadi va uning oldiga jamoani qutqarish vazifasini qo'yadi. Xorijlik mutaxassisning debyuti omadli chiqdi. “Paxtakor” stadionida kechgan bahsda futbolchilarimiz birinchi bo'limda ortda borayotib yakunda haqiqiy iroda ko'rsatishgan holda 3:2 hisobidagi g'alabani qo'lga kiritishgandi. Mazkur natija bizga pley-off eshiklarini ochib bergandi. Germaniyadagi mundialga borishimizga biroz bo'lsada umid bor edi. Umid so'nggi pallada o'ladi deganlari bejiz aytilmagan. Rejaga ko'ra bu bosqichda narigi guruhda uchinchi o'rinni egallagan Bahrayn raqiblik qiladigan bo'ldi. Bu yurt vakillariga qarshi 2004 yil Xitoydagi Osiyo kubogining chorak finalida alamli tarzda imkoniyatni boy berib qo'yganimiz yodimizdan chiqib ulgurmagandi. Bir tomondan revansh olish uchun ayni muddao. Boshqa tomondan birinchi o'yinning poytaxtimizda o'tkazilishi ustunlik berardi. Stadion shu kuni to'lib toshgan, naqd 55 ming muxlis tashrif buyurgandi. Haqiqiy anshlag kuzatilgan deya olamiz. Bahrayn tarkibidagi Alo Xubayl, Talal Yusuflar haqida ortiqcha to'xtalish shart emas. Avvalgi sonlarimizda bu haqda gapirib o'tgandik.

Xafton tarkibga asosan ichki chempionatimizda o'ynayotgan futbolchilarni kiritishga qaror qildi. Bu paytga kelib biz ko'rib ko'nikib qolgan Maminov va Pashinin bilan hamkorlik to'xatilgan, Janubiy Koreya bilan o'yindan so'ng boshqa taklif qilinmagandi. Uchrashuvning ahamiyati va darajasi yuqori edi. SHuningdek, ayrim futbolchilarimiz, Mirjalol Qosimov, Andrey Fyodorov uchun bu so'ngi Jahon chempionati saralashi edi. Ilk daqiqalardan hujumkorlikka urg'u qaratgan vakillarimiz 12-daqiqada Mirjalol Qosimovning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishadi - 1:0.

38-daqiqada uchrashuvning kulminacion voqeasi ro'y berdi, tablodagi bir raqami ikkiga o'zgarishiga hakamlar yo'l qo'ymadi. Server Jeparov tomonidan amalga oshirilgan penaltini hakam Toshimicu Yoshida hisobga olmaydi. Bu erda yaponiyalik referi yuz foiz adashgandi. Yani u penalti tepilishidan oldin futbolchilarimizni jarima maydoniga kirib ketgan deb hisoblaydi va Bahrayn erkin zarba berishi kerak deb ko'rsatadi. Aslida qoida bo'yicha Jeparov gol urgan paytda futbolchilar vaqtli kirib kelganida qayta tepishi kerak edi. Bu bilan Yoshida o'zbek futboli tarixida yoddan chiqmaydigan qilg'ilikni qilib ketdi. Birgina xato barchasini ostun-ustun qilib yubordi. Natijada O'FF rahbarlari FIFAga shikoyat xatini yuboradi. Tashkilot oqilona ish tutishni o'rniga Toshkentda bo'lib o'tgan uchrashuv hisobini bekor qiladi. Ushbu xabarni hamyurtlarimiz javob uchrashuvi uchun Bahraynga etib kelganda eshitishgandi. FIFAning qaroridan so'ng ortga tushkun kayfiyatda qaytishdan o'zga chora topa olishmasdi. Mirjalol Qosimov bunga qisqa izoh ham berganini bilsangiz kerak. “FIFA bu xatti-harakati bilan bizdan haqli va adolatli g'alabani tortib oldi”,- degandi terma jamoamiz sardori.
Poytaxtimizda qayta o'tkazilgan o'yinga hakam sifatida shvecariyalik taniqli hakam Massimo Bussaka tayinlanadi. Bahrayn qaytadan o'tkazilgan o'yinda Toshkentdan 1:1 natijasi bilan ortga qaytadi va o'z maydonida 0:0 o'ynab safarda urilgan gol hisobiga keyingi bosqichga chiqadi. Ha, mag'lubiyatga teng durang. Tan olish joizki, Bob Xafton kelganidan so'ng futbolchilarimiz avvalgi o'yinlarga qaraganda tartibli va ishonchli o'ynashni boshlashgandi. Amalda, vazifa bajarilmagach murabbiyga javob berib yuborildi. Mundialga chiqishimiz uchun sarf qilingan to'rtinchi imkoniyatimiz shu bilan tugagandi. Keyinchalik ham hakamlarning tushunarsiz va g'alati qarorlariga guvoh bo'ldik. Ammo, bunisi hech qachon xotiralardan o'chmaydi.

JCH-2006 saralashi. Pley-off bosqichi.
O'zbekiston – Bahrayn – 1:0
03.09.2005. Toshkent. “Paxtakor” Markaziy stadioni. 55000 tomoshabin.
Hakam:
Toshimicu Yoshida (Yaponiya)
Gol: Mirjaol Qosimov, 12.
38-daqiqada Server Jeparovning penaltidan urgan goli hisoblanmadi.
O'zbekiston: Evgeniy Safonov, Asror Aliqulov, Aleksey Nikolaev, Andrey Fyodorov, Vladimir Radkevich, Temur Kapadze, Mirjalol Qosimov, Server Jeparov, Viktor Karpenko (Vladislav Kiryan, 41), Anvar Soliev (Marat Bikmaev, 81), Maksim SHackix.
Bosh murabbiy: Bob Xafton.




Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика