So’nggi yangiliklar

03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  0 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  0 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  1 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  7 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  3 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  46 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  4 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  9 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5

Bir o'yin tarixi. Geynrixning ikkita goli kamlik qilgan bahs yoxud O'zbekiston – Janubiy Koreya 2:3 Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Geynrixning ikkita goli kamlik qilgan bahs yoxud O'zbekiston – Janubiy Koreya 2:3

Bilasiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kuboklaridagi eng yaxshi natijasini 2011 yil Qatardagi qita turnirida qo'lga kiritib to'rtinchi o'rin bilan cheklangandi.

Esingizda bo'lsa o'shanda bizda ortga uchinchi o'rin bilan qaytish uchun yagona imkoniyat qolgandi. Janubiy Koreya taslim etilsa bo'ldi edi. Lekin, birinchi bo'limning o'zida vakillarimiz o'z darvozalaridan uchta to'p olib chiqqan, ikkinchi bo'limda kichik iroda ko'rsatgan holda koreyaliklar darvozasiga ikkita gol urgandi. Lekin, o'shanda kombek qilishga oz qolgan termamiz futbolchilaridan omad yuz o'girgandi. Demak, bugun bir o'yin tarixi orqali ushbu uchrashuv haqida qisqacha fikrlashamiz.

Uchinchi o'rin uchun bahsdan oldin jaomamizning kayfiyati juda yomon, futbolchilarning ruhiyati esa tushib ketgandi. Boisi, ular yarim finalda qita grandi Avstraliyadan xunuk va yirik 0:6 hisobida engilgach ishonch ham biroz yo'qolgani bor gap. Abramov kuchli raqibga qarshi hujumkor o'yin taklif qilib qattiq adashgani ko'p bor tanqidlarga sabab bo'lgandi. Bir tomondan yigitlarimiz bu paytga kelib jismoniy jihatdan ham tolib qolganini sezish qiyin emasdi. Murabbiy Koreya bilan bahsga tarkibda u qadar ko'p o'zgartirish kiritmadi. Faqatgina Olim Navkarovni asosiy tarkibda, boz ustiga hal qiluvchi o'yinda maydonga tushishi ko'pchilik uchun jumboq sanalardi. O'zim ham hali hamon shuni tushunmayman. Ushbu futbolchi Kutilganidek Osiyo kubogidan so'ng yorqin porlamadi, faoliyati bir tekis kechmadi. Umuman olganda o'rtamiyona o'yinchi edi hisob. Lekin, Abramov shogirdiga ishonch bildirishdan cho'chimagandi. Aytganimizdek, vakillarimizning raqibga qaraganda jismoniy jihatdan charchab qolgani birinchi bo'limidayoq o'z aksini topdi. Himoyachilarimiz xuddi qotirib qo'yilgan robotdek taassurot qoldirishganini birinchi gol isbotlab beradi. Etibor bersangiz markazdan uzatib berilgan to'pdan so'ng chaqqonlik bilan harakat qilgan koreyalik futbolchi Ku Ja CHol Nesterov bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib hisobni ochadi. 

Orqa chiziqda va markaziy himoyada biznikilardan hech kim yo'q edi deyarli. Ikkinchi gol ham himoyamizdagi palapartishlikdan so'ng yuzaga keldi. Jarima maydonchamizga bir tepar uslubida kirib borgan Koreya futbolchilari oradagi farqni ikkitaga oshiradi, Ji Dong Von gol muallifi 2:0. Nazar tashlaydigan bo'lsak musobaqa davomida hech bir uchrashuvda mudofaa chizig'ida ko'ngildagidek harakat qilmaganini ko'rishimiz mumkin. Kuchli hujum va to'p nazorati yaxshi. Lekin, barcha chiziqlarda balans bo'lmasa qiyin. Ustiga ustak himoyada Odil Ahmedov va Viktor Karpenkolarni o'ynatgani o'zini oqlamagan nazarimda. Uchinchi gol ham aynan markaziy himoyadagi muammolar sabab darvoazamizdan joy oldi. Qanotdan uzatib berilgan to'pni boshi bilan yana o'sha Ji Dong Von Nesterov turgan darvozani ishg'ol qildi. 

Birinchi taym oxirida hamyurtlarimiz oradagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo'lishadi. Yani biz takidlab o'tgan Olim Navkarov turnirdagi ilk foydali harakatni amalga oshirdi. Jarima maydonchasi ichida Navkarov yiqitilgach, hakam bizning foydamizga penalti ishladi. 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan Geynrix "Panenka" uslubida gol uradi. Biroq, referi Abdul Malik Bashir golni inobatga olmaydi. Ikkinchi bor to'pni tepgan Geynrix adashmaydi va termamizning bellashuvdagi birinchi to'pini kiritadi. Kayfiyat o'yinchisi bo'lgan Sasha jamoadoshlariga biroz bo'lsada umidni qaytaradi. 53-daqiqada qanotdan oshirib berilgan to'pni jarima maydonchasida qabul qilib olgan Geynrix bir o'zi bir nechta raqib futbolchisini aldab o'tib tablodagi hisobni 2:3 ko'rinishiga keltiradi. 

Futbolchilar o'zlariga kelganiga qaramasdan kech bo'lgandi. SHunga qaramay kichik kambekni amalga oshirishgani maqtovga loyiq ko'rilgandi. Geynrix esa birinchi bo'limdan so'ng ruhan sinib bo'lgan do'stlarini uyg'ota olgandi. Abramov nimalar degani menga qorong'i. Muhimi o'sha turnirda terma jamoamiz namoyish qilgan o'yin ko'pchilikka manzur kelgani rost. Biroq, futbolda chiroyli o'yin esdan chiqadi, natija esa saqlanib qolinadi.


Osiyo kubogi-2011. Uchinchi o'rin uchun bahs.

O'zbekiston – Janubiy Koreya – 2:3

28.01.2011. Qatar. “Jassim Bin Hamad” stadioni.

Bosh hakam: Abdul Malik Bashir (Singapur).

Gollar: Geynrix 45 (pen), 53 – Ku Ja CHol 17, Ji Dong Von 28, 39.

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, SHavkat Mullajonov, Odil Ahmedov, Stanislav Andreev, Viktor Karpenko (Jasur Hasanov, 87), Temur Kapadze, Aziz Haydarov, Olim Navkarov (SHavkat Salomov, 77), Sanjar Tursunov, Server Jeparov, Aleksandr Geynrix.

Bosh murabbiy: Vadim Abramov.













Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Uchrashuv rasmlarini taqdim etgani uchun O'FA fotografi Hasan Pirmuhammedovga minnatdorchilik bildiramiz. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика