Bir nechta jamoalar ommaviy savdolar orqali sotiladi. Ro'yxatda "Nasaf", "Navbahor", "Paxtakor" va boshqa klublar bor
29 mar 2023 20:56
Yangiliklar
Bir nechta jamoalar ommaviy savdolar orqali sotiladi. Ro'yxatda "Nasaf", "Navbahor", "Paxtakor" va boshqa klublar bor
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev 24 mart kuni "Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorni imzoladi.
Mazkur qaror asosida xususiylashtirish sohasida qilinishi kerak bo'lgan qator amaliy ishlar belgilandi. Jumladan, ommaviy savdolar orqali to'liqligicha sotiladigan 1001 ta korxonaning akciya paketlari (ulushlari) ro'yxati tasdiqlandi.
Qarorga ko'ra, Ular orasida bir qancha futbol klublarini ham ko'rish mumkin. Bular – "Buxoro", "Nasaf", "Mashal", "Lokomotiv", OKMK, "Metallurg", "Bunyodkor", "SHo'rtan", "Navbahor", "Dinamo" va "Paxtakor".
Alohida aytish joiz, nomlari keltirilgan jamoalarning 100 foiz ulushi sotuvga qo'yilgan.
Fikrlar