So’nggi yangiliklar

20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  18 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  15 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  4 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  10 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0

Bir kunda ikkita o'yin. Bu qanday bo'ladi? Yangiliklar

Bir kunda ikkita o'yin. Bu qanday bo'ladi?

Bugun Pro-liganing 3-turidan o'rin olgan o'yinlar o'tkaziladi.

Pro-liganing "A" guruhida bugun "Dinamo" o'z maydonida "Mashal"ni qabul qiladi. Bu uchrashuv "Dinamo" uchun mavsumning ochilish o'yini bo'ladi. SHu bois muxlislar uchun koncert dasturi tashkil etish rejalashtirilmoqda. Ammo bitta savol yuzaga kelganki, bu haqda gapirmasak bo'lmaydi. 

Bugun "Dinamo" birdaniga ikkita o'yin o'tkazadi. Bu haqda klub rasmiy sayti yozdi. Dastlab soat 18:00da Tojikistonning "Xo'jand" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etiladi va undan keyin "Mashal"ga qarshi Pro-liga o'yini bo'lib o'tadi. Ikakinchi o'yin 20:00da boshlanadi. Stadionga kelgan muxlislar birato'la ikkita futbol ko'rib qaytishadi. Qanday yaxshi, shunday emasmi?

Lekin... Lekini shundaki, futbol qoidalariga ko'ra, har ikkala jamoa o'yindan bir yarim soat oldin stadionga kelishi shart. Yani, 18:30da "Dinamo" va "Mashal" o'yin bo'ladigan stadionda bo'lishlari kerak. "Dinamo" o'rtoqlik uchrashuvida qaysi tarkib bilan o'ynaydi, keyin "Mashal"ga qarshi kimlarni qo'yadi, buni hozircha bilmaymiz.

Ammo jamoalar stadionga kelganidan so'ng birinchi navbatda sharoit qilib berish kerak bo'ladi. Aytaylik, "Mashal" stadionga kelib qaysi kiyim almashtirish xonasiga kiradi? Bizga malum bo'lishicha, stadionning har ikki tomonida ikkitadan jami to'rtta kiyinish xonasi bor ekan. Ammo to'rttalasida ham sharoit bir xilmi? Yani, sovuq suv, issiq suv, massaj stoli, tibbiy muolaja xonasi deganlaridek. Agar sharoit bir xil ko'ngildagidek bo'lsa, bu borada etiroz yo'q.

Ikkinchi va eng muhim masala esa stadionda o'rtoqlik o'yini ketayotgan paytda ikkala jamoaning asosiy tarkib futbolchilari chigalyozdi mashqlarini qaerda o'tkazishadi? Odatda jamoalar o'yindan 45 daqiqa oldin mashg'ulotni boshlashadi va yarim soat - 35 daqiqa davom etadi. Agar o'yin 20:00da boshlanishini hisobga olsak, demak 19:15da har ikki jamoa futbolchilari maydonda bo'lishlari shart. Lekin bu paytda o'rtoqlik uchrashuvi ketayotgan bo'lsa-chi?

Bugun mana shu masalalar bo'yicha miting o'tkaziladi. Avvaliga miting 11:00da boshlanadi deb eshitgandik, ammo keyinchalik vaqti o'zgarganidan xabar topdik. Miting 14:00da boshlanar ekan. Hamma muammo miting paytida hal qilib olinishi kutilmoqda.

Umuman olganda, rasmiy uchrashuv bor kuni o'yin bo'ladigan stadionda boshqa o'yin o'tkazish juda g'alati. Bo'lib ham ikkita bahsning bir-biriga juda yaqin vaqtda o'tkazilishi bir qator muammolarni keltirib chiqarishi turgan gap. Agar "Dinamo"ning boshqa tarkibi "Xo'jand" bilan umuman boshqa stadionda o'ynasa ham mayli edi.

Bu mavzuga keyinroq yana qaytamiz...

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика