So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  2 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  9 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  11 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  9 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  18 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  340

Bir kun kelib Korreaning hayotidan kino olinadi: yurak operaciyasi, papa bilan uchrashuv va jinoyatchilar tumanidagi bolalik Yangiliklar

Bir kun kelib Korreaning hayotidan kino olinadi: yurak operaciyasi, papa bilan uchrashuv va jinoyatchilar tumanidagi bolalik

Kino suratga oluvchilar bunga etibor qaratishi lozim.

Korreaning yuragida jarrohlik operaciyasi o'tkazilgan, u futbolchilik faoliyatini yakunlashi ham mumkin edi. SHifokorlik unga xavfsiz ekanligini aytishdi, ammo bu aldov edi

Anxel 2014 yilda "Atletiko"ga o'tganida (allaqachon shartnoma ham imzolangan va transfer elon qilingandi), u ananaviy tarzda tibbiy ko'rikdan o'tdi. 28 mayda u agenti bilan birgalikda Argentinadagi belgilangan joyga etib keldi. Kardiogramma paytida shifokorlar g'alati narsani payqashdi.

SHundan so'ng 19 yoshli yigit shokka tushdi: uning o'simtasi bor edi. "SHifokorlar to'satdan menga operaciya qilinishim kerakligini aytishdi. Dastlab buni rad etish haqida o'yladim. Men operaciya qilinishni xohlamagandim, sababi Libertadores Kubogining yarim finalini o'tkazib yuborardim. Men buning uchun ko'p mehnat qilganman va buni intizorlik bilan kutardim", - deb eslaydi Korrea. Ammo, uning boshqa tanlovi yo'q edi: rozi bo'lishiga to'g'ri keldi. "Biz bu to'g'ri variant deb bunga qaror qildik. Men yosh edim va tuzalib ketaman deb o'yladim. Bu esa oxir-oqibat yuz berdi.



Iyun oyi oxirida Korrea Nyu-Yorkka uchib ketdi - Anxel u erda mikroxirurgiya klinikasida operaciya qilinishi kerak edi. Operaciyadan oldin u ikkilangan holda shifokor bilan gaplashdi. "Ular menga hammasi yaxshi bo'lishini va faoliyatim tugash xavfi ostida emasligini aytishdi. Bu esa yolg'on edi! Ular meni aldashdi. Operaciyadan oldin men kelishishimgacha ular menga hech narsa demadilar. O'shanda o'ylagandim: men narkozda bo'laman, agar uyg'onsam, hammasi yaxshi o'tgan bo'ladi, aksi bo'lsa men...

Muvaffaqiyatli operaciya qilinganimdan so'ng esa faoliyatimni tugatish xavfi borligini tan olishdi. Yaxshiyamki, oxir-oqibat hammasi muvaffaqiyatli bo'ldi va men futbol o'ynashni davom ettirdim", - deydi argentinalik.

Uning qorin qismidan o'simta topildi, operaciya esa bir necha soat davom etdi. Hammasi ideal tarzda o'tdi va kun oxirida Korrea o'zini yaxshi his qildi. Ammo, u taxminan bir hafta davomida klinikada yotishga majbur edi.

Tiklanish yarim yil vaqtni oldi. Libertadores Kubogining yarim final va final o'yinlarini u televizordan tomosha qildi.


Rim papasi bilan uchrashuv. Francisk Korreaning sobiq klubiga muxlislik qiladi

Operaciyadan so'ng Rim papasi Francisk uni Vatikanga taklif qildi. "Men o'zimning shahrimda unga duolar aytdim, endi buni Vatikanda ham qilishim kerak", - Korrea jilmayib qo'ydi.

Bunday tanishuv qaerdan aslida? Argentinalik episkop papa Xose Bergolo yoshligidan "San-Lorenso"ga muxlislik qilgan. Bu mavqeiga erishishidan oldin u jamoa va o'yinchilar bilan uchrashgan, shuningdek 16 yoshli Korrea o'ynaydigan yoshlar jamoasi uchun ham duo qilgan.



"Papa bilan uchrashganimni va u meni quchib duo qilganini aytsam, rasmni ko'rsatmagunimcha hech kim ishonmadi... umid qilamanki, u bizga yordam beradi", - dedi Korrea Libertadores Kubogining muhim o'yinlaridan oldin.


Og'ir o'tgan bolalik: qashshoqlik, jinoyatchilar tumani va otasining o'limi. Faqatgina bundan futbol qutqarardi

Lotin Amerikasidan bo'lgan ko'plab futbolchilar kabi Korreaning ham bolaligi qiyin kechgan. U Rosariodagi Las Flores nomli jinoiy tumanidagi kattagina oilada (10 bola) o'sib-ulg'aygan. U erdagi barcha qaysidir manoda to'dalar va otishmalar bilan bog'liq holda yashardi. Hattoki jarohatlangan bolalar ham odatiy hol edi.

"Qashshoq hududda yashash juda qiyin. Hamma sizni pastga uradi, bosim esa ikki baravar kuchli bo'ladi. Hamma sizni giyohvand yoki jinoyatchiga aylanib, qamoqqa tushishingizni aytadi. Ammo, boshqalar ham bor edi. Mahalliy giyohvandlar menga doim shunday deyishardi: "Agar seni giyohvand moddalar bilan ko'rsak, biz seni o'ldiramiz. Sen o'zingni futbolga bag'ishlashing kerak". Men o'shanda kuchli bo'libgina, ozod bo'lishim mumkinligini tushungandim", - deydi o'yinchi.

Uning buvisi va opa-singillari hali ham o'sha erda yashashadi. Korrea hisoblaydiki, agar siz guruhlar bilan munosabatda bo'lmasangiz va o'sha erda adashib yurmasangiz, hech qanday yomon narsa ro'y bermaydi. "Yaxshi insonlar yashaydigan oddiy tuman. Mening oilamni u erdagilar bilishadi".



Anxel 10 yosh bo'lganida uning otasi, yani ro'zg'orni tebratuvchi asosiy inson vafot etadi. 2 yildan so'ng Marselo ismli katta akasi ham hayotdan ko'z yumadi. "Yo'q, men hatto nima bo'lganini aytmayman. Mendan buni so'ramang. Men hech qachon yuragimdagi bu bo'shliqni to'ldira olmayman. Ammo, oldinga qarab olg'a borish kerak", - degan Korrea 2014 yili.

Korrea futbolsiz hayotini tasavvur eta olmaydi. Bu unga bolalikdagi jarohatlarining tiklanishiga yordam beradi: "10 yoshimda otamdan ayrilganimdan so'ng futbol hayotimdagi yomon narsalarni esdan chiqaradigan narsaga aylandi. Keyinchalik men akamni ham yo'qotdim, futbol esa menga bularga qarshi kurashishda yordam berdi. Har safar maydonga chiqsam, yo'qotganlarimni unutaman. SHunchaki o'yindan zavq olishga harakat qilaman. Bu "Atletiko" yoki Rosariodagi joy bo'lishi mumkin edi".

Yoshligida Korrea uchun 6ga 6 yoki 7ga 7 va 2-2-2 ko'rinishidagi sxemada o'ynash odatiy hol edi. Kichik hududda g'alaba qozonish imkoniyati kelajak uchun foydali edi. Yoshligidan u hujumda o'ynashni yoqtirar edi, ammo tez-tez beshlik poziciyasiga o'tishi kerak edi - shular sabab u ko'p narsani o'rgandi.


Jinoiy guruhlarga bog'liq bo'lgan agenti Korreaning shartnomasi orqali pullarni yuvgan (shuningdek, boshqa yuzlab o'yinchilarni ham). U buni 2005 yildan beri qilgan. Uni esa raqib klubi muxlisi so'roq qilgan

Maktabdagi o'yinlardan birida uni payqashdi va "Alyans" futbol maktabiga taklif etishdi.

O'tmish Anxelning butun hayoti davomida bezovta qilaverdi - "Atletiko"ga o'tishidan oldin uning Argentinadagi shartnomasi Los-Monosdagi giyohvand moddalar bilan bog'liq foydalanishda ishlatilganligi haqida xabarlar chiqa boshladi. "Alyans"ni agent Fransisko Lapiana boshqargan. Aynan o'sha inson pullarni yuvish bilan bog'liq qing'ir ishlar qilgan. Lapiana jinoyatchilar bilan do'st edi va shartnomalar orqali ularning pulini qonuniylashtirishga yordam bergan.

U Anxelning onasi bilan shartnoma imzolagan va buning uchun 2 ming peso to'lagan. Buning evaziga esa yigitchaning kelajagidagi butun moliyaviy huquqlarini o'zini qilib olgan. Lapiana cheklarni ko'rsatdi va bu bilan oilaning ochlik o'limidan saqlab qolganini esladi: ular yangi mevalar, sabzavotlarlar olishgan, sababi bundan oldin ular deyarli bitta mate eyishgan edi.

Lapiana 2012 yilda 30% huquqni o'ziga qoldirgan holda uni (Anxel 2007 yilda akademiyada edi, ammo yoshi sababli shartnoma imzolanmagan) "San-Lorenso"ga sotib yuborgan. U Buenos-Ayresdan ijaraga uy olgan. Albatta, Anxelning o'zi hech narsaga shubha qilmagan, ammo policiya biznesmenning qo'ng'iroqlarini eshitgan va u doimiy ravishda to'da vakillari bilan aloqada bo'lgan. To'rttasi hattoki "Boka" bilan o'yin uchun Korrea qoldirgan chiptalar bilan kelishgan. Yigitcha esa bu o'yinda ajoyib o'ynadi va jinoyatchilar Lapianani topilma olmos uchun maqtab qo'yishdi.

2014 yilda tergov bo'ldi. Sudya Lapianani aybdor deb topdi va uni hibsga olgan holda "San-Lorenso"ga pulni o'yinchining hisobiga o'tkazishini taqiqlab qo'yishdi. Ish tez orada futbol bilan bog'landi: "San-Lorenso" chempionlik uchun "Nyuells Old Boys" bilan kurashayotgan edi. Ular o'yin o'tkazishdi va sudya aynan Leo Messining ilk jamoasi ("Nyuells Old Boys") ishqibozi edi. Korreani o'yindan ertasi kuni sud zaliga chaqirishdi, Anxelni bu ajablantirmadi: u gol urgan va o'yin 1:1 hisobida yakunlangandi.



Anxel chiptalarni qoldirganini tan oldi, ammo ular futbolchining tumani va maktabidagi bolalar uchun mo'ljallangan edi. U yana bir jinoyatchini taniganini, ammo u ham oddiy agentligiga ishonganini aytdi: "Ular Lapiana bilan yosh futbolchilarni muhokama qilishdi".

Media esa Korreaga unchalik ham ishonmadi va u jinoyatchilarni yashirgan deb hisoblashdi, ammo futbolchi sudda guvoh sifatida ishtirok etdi. Lapiana ishi hanuzgacha yopilgan yo'q.


Korrea onasiga juda qattiq bog'langan: u bolalari ovqat eyishlari uchun och yurardi. U audio salom yozgan holda, buni Tevesga etkazishini so'radi, sababi onasi uning muxlisi edi

Anxel Buenos-Ayresdagi "San-Lorenso" akademiyasiga ko'chib o'tishni unchalik xohlamadi. Bu do'stlari va onasi Marsela tufayli edi. Ammo, pul topish kerakligini tushundi.



U onasi bilan ajoyib munosabatga ega edi.

"U haqiqiy jangchi edi. Aynan u men uyga olib kelgan pullarni nazorat qilgan, - deydi u. Bolaligimizda u doimo bizga och qolmasligimizni aytardi. Biz hammamiz [aka-uka va opa-singillar bilan] ko'p ovqatlanmasdik, u esa mateni filtr bilan band bo'lardi. Men o'ylardim: "Qanday g'alati, ona hech qachon och qolmaydi?"

Katta bo'lganimda esa hammasini tushundim, u emagan va biz uchun hamma narsani qilgan".

Aynan onasi tufayli u futbol o'ynashni boshlagan. Aynan u Anxelni ilk bor maydonga olib borgandi.

Marselaning sevimli o'yinchisi Karlos Teves bo'lgan. O'g'il ilk bor Argentina terma jamoasiga chaqirilganda, u kumiri uchun audio tabrik yozdi va o'g'liga uni Karlitosga eshittirishini talab qildi. "Men hali buni qilganimcha yo'q, chunki men uyalaman, ammo buni qilmasam, Marsela onam meni o'ldiradi", - dedi u hazillashib Argentinadagi TV efir paytida.


Dushmaningizga jang maydonida tinchlik yo'q, u sizning tanangizga ozor berishga harakat qilishi mumkin, ammo qalbingiz dahlsizdir. Agar ular sizni yanchib tashlashlari mumkin bo'lsa ham, sizning qalbingiz o'chmaydi. Ular sizga ozor berishlariga yo'l qo'ymang, sizning qalbingiz va ruhingiz kuchlidir.

Bu urush, bizning urush. Men sizni yaxshi ko'raman, onajon", - deb yozdi Korrea o'zining "Instagram"dagi sahifasiga.

Ha aytgancha, u yaqinda onasining og'ir dardga chalingani sabab u kabi sochini kalga oldirdi. Jamoadoshlari Sauel Niges va Xose Mariya Ximeneslar ham shunday qilishdi. Ko'rib turganingizdek tanasida tatiurovka katta tarixdan darak beradi: "Familia". SHuningdek, operaciyadan so'ng qolgan chandiq ham...


Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика