Bir guruh futbol muxlislari MTJni qo'llab-quvvatlash maqsadida Ar-Riyodga yo'l olishdi
06 iyu 2021 15:44
Yangiliklar
Bir guruh futbol muxlislari MTJni qo'llab-quvvatlash maqsadida Ar-Riyodga yo'l olishdi
Bu haqda O'FA vakili Abdurahmon Fozilov saytimizga malum qildi.
O'FA vakili Abdurahmon Fozilov boshchiligidagi bir guruh o'zbek futboli muxlislari Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyod shahriga yo'l olishdi. Uning bizga malum qilishicha, guruh azolari AstraZeneca vakcinasi bilan emlanishgan, sababi bu Saudiya Arabistoniga kirish, xususan futbol o'yiniga tashrif buyurish uchun shart. Qayd etish kerakki, muxlislar o'z hisoblaridan O'zbekiston MTJsini qo'llab-quvvatlash uchun yo'lga chiqishgan.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23:00da Singapurga qarshi o'yinni boshlaydi. Bahs "Qirol Fahd" stadionida bo'lib o'tadi.
Fikrlar