Bir guruh futbol muxlislari MTJni qo'llab-quvvatlash maqsadida Ar-Riyodga yo'l olishdi

Alisher
6 iyun 2021, 15:44
Bu haqda O'FA vakili Abdurahmon Fozilov saytimizga ma'lum qildi.

O'FA vakili Abdurahmon Fozilov boshchiligidagi bir guruh o'zbek futboli muxlislari Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyod shahriga yo'l olishdi. Uning bizga ma'lum qilishicha, guruh a'zolari AstraZeneca vakcinasi bilan emlanishgan, sababi bu Saudiya Arabistoniga kirish, xususan futbol o'yiniga tashrif buyurish uchun shart. Qayd etish kerakki, muxlislar o'z hisoblaridan O'zbekiston MTJsini qo'llab-quvvatlash uchun yo'lga chiqishgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 23:00da Singapurga qarshi o'yinni boshlaydi. Bahs "Qirol Fahd" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia