So’nggi yangiliklar

18:45Усмон Тошев - Афғонистон терма жамоаси бош мураббийи  1 18:35ПСЖнинг XXI асрдаги энг яхши футболчилари эълон қилинди. Неймар учинчи ўринда  1 18:10Эртага Дубайда Машарипов Роналду тўқнашуви бўлади  1 18:00"Сўғдиёна" - ОКМК 0:1 (Матнли трансляция)  12 17:40Кулусевски Ибрагимович билан тенглашиб олди, лекин...  0 17:21Модрич "Реал" сафида энг кўп ўйин ўтказганлар орасида иккинчи ўринга чиқиб олди. Биринчи ўринда ким?  5 16:52АПЛнинг энг тезкор футболчиси эълон қилинди  0 16:25Футзал. Ўзбекистон олий лигасининг янги мавсумига қуръа ташланди  0 16:02Аҳрол Рисқуллаев ва Абдурашид Худойберганов Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди  0 15:40"Ал Шорта" - "Пахтакор" учрашувини яқиндагина Тошкентга келган ҳакам бошқаради  7 15:15"Манчестер Сити"нинг мағлубиятсиз серияси давом этмоқда  0 14:47"Сўғдиёна" - ОКМК. Олмалиқ клуби сафида 5 та йўқотиш  1 14:25Анчелотти "Реал"да бундай кўрсаткичга эришган биринчи италиялик мураббийга айланди  0 14:01Акинфеев Мессидан ўтиб кетди  9 13:42Жаҳоннинг машҳур нашри Абдуқодир Ҳусановни рамизий терма жамоага киритди  10

“Bir futbolchi tarixi”. Penaltini antiqa usulda tepadigan Brunu Fernandesh haqida Yangiliklar

“Bir futbolchi tarixi”. Penaltini antiqa usulda tepadigan Brunu Fernandesh haqida

Agar siz bularni o'qiyotgan bo'lsangiz, ishonamanki, umringizda bir bor bo'lsa ham futbol o'ynab ko'rgansiz.

Jilla qursa, uning qanday o'ynalishini bilasiz, ko'rgansiz, eshitgansiz. Futbol o'yinida penalti juda ham oddiy hamda ajoyib standart vaziyat. Lekin, aslida, u ham ancha murakkab. Tashqaridan ko'ringanda oddiy, uni tepayotgan hamda darvozani qo'riqlayotgan darvozabon uchun esa murakkab. Siz penaltini qanday tepasiz? Kuchli zarb bilanmi, yoki “Panenka uslubi”dami? Har doim bir xil – o'z uslubi bilan penalty tepa oladigan futbolchilar kam. Bir vaqtlar Krishtianu Ronaldu tepadigan uslubini futbol qoidalari inkor qildi. Bugun esa bu tur boshqacha ommalashgan. Ommalashishiga sababchi esa “Manchester Yunayted”ning portugaliyalik yulduzi Brunu Fernandeshdir. Agar siz uning ijrosini bilmasangiz, dastlab quyidagi videoni ko'rib chiqing.

Bugungi qahramonimiz ham nafaqat penalti, balki futbolda ham o'z uslubi va o'rniga ega bo'lgan Brunu Fernandesh.


Brunu Fernandesh – kim o'zi u?

Brunu Migel Borxes Fernandesh – 1994 yilning 8 sentyabr kuni Portugaliyaning Portu shahridagi Maya tumanida tug'ildi. Futbolchilik sir-asrorlarini aynan o'zi tug'ilgan joydagi mahalliy “Infesta”, “Boavista” hamda “Pashteleira” jamoalarida o'rgandi, faoliyatini boshlab yubordi. 2012 yilda esa Italiyaga ko'chib o'tdi va u erdagi “Novara” jamoasi futbolchisiga aylandi. 


Klublardagi faoliyati haqida

Futboldagi debyutini esa aynan 2012 yilning 3 noyabr kuni Italiya B Seriyasi doirasida “Citadella”ga qarshi o'yinda o'tkazdi. Debyut goli ham uni uzoq kuttirmadi: 2013 yilning 22 fevral kuni “Novara” tarkibidagi ilk golini urdi. 

Mavsum yakunlangach esa Brunu “Udineze” jamoasi futbolchisiga aylandi. Debyut o'yinini 2012 yil 3 noyabr kuni o'tkazgan Fernandesh A Seriyadagi ilk o'yinini ham 3 noyabr kuni o'tkazdi, faqat oradan bir yil o'tgan edi. “Inter”ga qarshi bahsda zaxiradan o'yinga qo'shilgan edi. “Udineze”dagi ilk goli fevral oyida bo'ldi, huddi avvalgi jamoasida bo'lgani kabi. 

3 yillik faoliyatdan so'ng 2016 yilning 16 avgust kuni “Sampdoriya” futbolchisiga aylangan Brunu debyutini “Atalanta”ga qarshi o'tkazdi. Sentyabr oyida esa jamoadagi ilk golini urishga muvaffaq bo'ldi. 

Oradan 1 yil o'tar-o'tmas Fernandesh o'z yurtiga qaytadigan bo'ldi. Bu safar anchagina kuchli jamoa uni o'ziga chorlayotgan edi. 2017 yilning 27 iyun kuni “Sporting” jamoasiga borib qo'shildi. 6 avgust kuni “Aves”ga qarshi o'yin bilan Portugaliya Premer ligasidagi ilk o'yinini o'tkazgan bo'lsa, 19 avgustda “Vitoriya Gimaraes”ga qarshi o'yin dubl qayd etishga muvaffaq bo'ldi. Mavsum oxirida Fernandesh Portugaliya chempionatida “yilning eng yaxshi futbolchisi” bo'ldi. 2018 yil 10 iyul kuni esa jamoa bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. 

“Sporting” safida bir necha rekordlarni 2018/19 yilgi mavsumda amalga oshirdi. “Portimonense”ga qarshi bahsda mavsumda 23 golini kiritdi hamda bu borada “Sporting” safida yarim himoyachilar orasida bir mavsumda eng ko'p gol urgan Antonio Oliveyraning rekordini ortda qoldirdi. Qayd etish kerakki, ushbu record 1982 yilgi mavsumda o'rnatilgan edi. 2019 yilning 5 may kuni esa “Belenenss”ga qarshi bahsda xet-trik qayd etgach bir mavsumda Portugaliya chempionatida yarim himoyachilar orasida eng ko'p gol urgan futbolchiga aylandi. 

Brunu Fernandesh Italiya hamda Portugaliya chempionati va u erdagi futbolchilar haqida gapirganida: “Portugaliyada hammasi o'yinchilar iqtidoriga bog'liq. O'yinchilar rivojlanish yo'lida akademiyalarda qattiq ishlashlari shart. Aynan o'zini ko'rsatgan futbolchi xorijning nomdor jamoalariga yo'l oladi. Portugaliyada har bir istiqbolli o'yinchidan shunday ulkan qadam tashlashni kutishadi. Italiyaga kelsak, shaxsan men u erda ko'p narsalarni o'zlashtirdim. A Ceriyada murabbiylar asosiy etiborni taktikaga qaratishadi. O'ylashimcha, Italiya elit divizionida malaka oshirgan futbolchi har qanday chempionatda bemalol o'ynab ketadi” – degan edi.

Fernandeshnining o'yinini ko'p futbol ixlosmandlari hamyurti Rui Koshtaga o'xshatishadi. O'zidan bu haqida so'rashganida: “Koshta bilan o'rtamizda ulkan tafovut bor. Uning samarali faoliyati havas uyg'otishi turgan gap. Tabiiyki, yanada samaraliroq o'ynashni xohlayman. Tushunaman, bu oson emas. Maqsadim - kun sayin kamolotga yaqinlashish. Xullas, muxlislarni chiroyli o'yin bilan quvontirsam, bas” – degan javobni bergan edi. 

2020 yilning yanvar oyi. Qishki transferlar vaqti unga juda ham ko'p takliflar bor edi. Futbolchi esa o'z omadini Angliyada sinab ko'rmoqchi bo'ldi hamda “Manchester Yunayted” safiga borib qo'shildi. Transfer narxi esa 55 million evroni tashkil qilgan. Turli bonuslar bilan qo'shib hisoblaganda 80 million evroni tashkil etardi. Futbolchi jamoa safiga qo'shilishdan avval Krishtianu Ronaldu bilan maslahatlashgan. O'zi bu haqida shunday deydi: “MYUga o'tish variantini birga muhokama qildik. U faqat ijobiy fikr bildirdi. Yana o'z orzularini amalga oshirishni aynan MYUda boshlaganini alohida takidladi. O'ylaymanki, Ronaldu shu klubni tanlaganimdan mamnun. SHuningdek, u Ole-Gunnar men haqimda juda iliq fikrlar bildirganini aytdi. Biz Portugaliya terma jamoasida yonma-yon to'p suramiz. Demak, Krish meni yaxshi biladi. O'z navbatida, uni chinakam inson sifatida hurmat qilaman va izidan borishni istayman”. SHuningdek, Ole Gunnar Sulsher bu transferdan avval Patris Evra bilan maslahatlashib ko'rgan va eng qizig'i, Evra ham bu borada Krishtianuga murojaat qilgan. “Jamoa Brunu Fernandesh bilan shartnoma imzolamoqchi bo'lganida, Ole menga xat yozdi. Men Ronaldudan maslahat so'radim. U Brunoning ajoyib yigitligi, juda professionalligini aytdi. O'z navbatida men ham Olega Krishtianu bilan gaplashganimni va harakatni boshlash mumkinligini aytdim. Natijada Fernandesh jamoaga katta tasir ko'rsatdi. Menimcha, MYU usiz CHempionlar Ligasiga chiqolmasdi” – deb eslaydi franciyalik futbolchi. 

Fernandesh manchesterliklar bilan 5 yarim yillik shartnomaga imzo chekdi. Debyut uchrashuvini esa 1 fevral kuni “Vulverxempton”ga qarshi o'tkazdi. Dastlabki golini esa 23 fevral kuni “Uotford”ga qarshi o'yinda urdi. Jamoaga qo'shilgandan so'ng bergan intervyusida: “Aynan MYU safiga qo'shilganimdan bag'oyat baxtiyorman. Bu klub azosi bo'lish - ulkan sharaf. Aytish mumkinki, eng katta orzularimdan biri amalga oshdi” – deya takidlagan edi.


Terma jamoadagi faoliyati

Brunu Portugaliyaning turli yosh jamoalarida o'ynadi. U-21 terma jamoasi bilan 2014 yil Tulondagi turnirda ishtirok etgan bo'lsa, 2016 yili Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya o'yinlarida ham qatnashdi. 2017 yilgi mavsumda U-21 safida Polshada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionatida ham ishtirok etdi. O'sha turnirda Serbiyaga qarshi bahsda esa to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Aynan o'sha yilning 10 noyabr kuni Portugaliyaning asosiy terma jamoasi safida Saudiya Arabistoniga qarshi o'rtoqlik bahsdia debyut qildi. 2018 yilning 7 iyun kuni esa Jazoir termasiga qarshi o'yinda terma jamoadagi ilk golini urdi. Rossiyadagi Jahon chempionatida ishtirok etdi hamda guruh bosqichidagi Ispaniya va Marokash termalariga qarshi o'yinlarda ishtirok etdi. 


SHaxsiy hayoti 

2020 yil Brunu uchun omadli keldi desa bo'laveradi. “Manchester Yunayted”ga o'tganidan tashqari bu yili qahramonimiz ikkinchi bor ota bo'ldi. 6 sentyabr kuni Fernandeshlar oilasida “jajji mehmon” tashrif buyurdi. 


O'zining Tvitterdagi sahifasiga farzandi bilan tushgan suratni joylab ostiga quyidagicha izoh yozdi: “Balki men mukammal ota emasdirman. Ha albatta, men hamma narsani ham to'g'ri qilavermayman. Lekin farzandim tabassumi uchun har kuni yaxshiroq ota va do'st bo'lishga harakat qilaman”.

 


Yaqinda ham o'z Instagram sahifasiga oilasi bilan tushgan suratni joyladi. Unda kelayotgan yangi yil bayramiga tayyorgarlikni ko'rish mumkin.


Bruno emas, Brunu Fernandesh

O'zining ismi haqida so'rashganida futbolchi quyidagicha javob bergan edi: “Talaffuz muhim emas. Gol ursam yoki assistentlik qilsam, ismim stadionda yangrasa, bas. Menga ko'pincha Brunu, deb murojaat etishadi. Yana ikkinchi birikmadan ham foydalanishlari mumkin - Fernandesh. To'g'ri, portugal tilidan xabari yo'q kishilar ismimni to'g'ri aytishga qiynalishadi. Deylik, Italiyada hech kim to'g'ri talaffuz qilolmasdi. SHunday ekan, oddiyroq birikma – “Brunu”ni qo'llashlari to'g'riroq, menimcha”.

Futbolchilar haqida yozganimizda ularning qaysidir bir jihatini ajratib ko'rsatamiz. Brunuda ham shunday. Oddiy misol, uning penalti tepishi. Agar bir futbolchi boshqalardan biror hislati bilan ajralib turmasa, balki u o'zining hozirgi darajasiga chiqa olmasmidi?! Eng muhimi esa futbolda iqtidorlar chiqishi to'xtab qolmasa bo'ldi. Bugun ham ulardan biri bilan tanishdingiz. Salomat bo'ling!


Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика