So’nggi yangiliklar

22:58Ўзбекистон олимпия терма жамоаси бош мураббийи Тимур Кападзе Саудия Арабистони устидан қозонилган ғалабадан сўнг (2:0) нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  8 22:33Ла Лига. "Реал Мадрид" "Реал Сосьедад"га қарши ўйин учун бошланғич таркибини одатдагидек эрта эълон қилди  8 22:11Ўзбекистон футзал термаси Осиё кубоги бронза медали учун Тожикистонга қарши ўйнайди (турнир сеткаси)  6 21:57U-23 Осиё кубоги. Ироқ – Вьетнам. Таркиблар аниқ!  10 21:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон финал остонасида Эронга пенальтилар сериясида мағлуб бўлди  95 21:33Ўзбекистон U-23 Осиё кубоги ярим финалида Индонезияга қарши баҳс олиб боради (турнир сеткаси)  42 21:14U23 Осиё кубоги. ҒАЛАБА! Ўзбекистон қийин кечган ўйинда Саудия Арабистонини мағлуб этиб ярим финалга чиқди! Олимпиадага бир қадам қолди  431 20:47Тен Хаг бир неча нашрларга ўзи иштирокидаги матбуот анжуманларида савол беришни таъқиқлади  1 20:00"Бавария" мухлислари Тухель қолишини исташади  5 19:41Роналду "Манчестер Юнайтед"да Рангникка ультиматум қўйган  18 19:23Максим Шацких: "Асосийси кейинги босқичга йўл олдик. Ўйин ҳақида эса гапиришни истамайман"  13 19:18Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Металлург" 1:1. Highlights  0 19:05Бошкович: "Ғалаба қозондик, аммо кўрсатган ўйинимиздан хафаман"  2 19:02Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Сўғдиёна" 2:3. Highlights  1 18:45Ўзбекистон Кубоги. "Арал" "Цемент"чига "хоҳлаганича" гол урди, "Қўқон-1912" "Жиззах"ни ютолмади ва гуруҳда қолиб кетди  2

"Bir futbolchi tarixi". "Golden boy" - Erling Xoland haqida Yangiliklar

"Bir futbolchi tarixi". "Golden boy" - Erling Xoland haqida

Norvegiya terma jamoasi haqida yozganimizda bir jihatga ko'p etibor bergandik: norvegiyalik yoshlar o'z yurtining kelajagi va hali ular Xalqaro maydonlarda katta natijalarga erisha oladi.

Etibor bersak, barchasi shunga qarab ketmoqda. “Golden boy” sovrinining bu yilgi egasi ham norvegiyalik va bugungi kunda u Evropani “titratmoqda” o'zining maydondagi harakatlari bilan. “Yangi Levandovski o'sib kelmoqda Dortmund tomonlarda” deguvchilar ham bor, mutaxassislar ichida. Tanishing – Erling Xoland, yangi davrning yangi yulduzlaridan!


Erling Xoland - kim o'zi u?

Erling Braut Xoland 2000 yil 21 iyul Angliyaning Lids shahrida tug'ilgan. Erling "Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi Alf-Ing Xolandning o'g'li. 2001 yilda Roy Kinning qo'polligi tufayli jiddiy jarohat olgan va 30 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlashga majbur bo'lgan edi. Xolandlar oilasi Britaniya safaridan so'ng o'zlariga qadrdon Bryunega qaytdi. 14 yoshgacha handbol, chang'i, mini-golf va engil atletika kabi sport turlari bilan ham jiddiy shug'ullangan. Boshqalarga qaraganda ertaroq kattalar futbolida debyut qilishga erishdi: Norvergiyaning ikkinchi divizionidagi “Bryune” jamoasida faoliyatini boshladi. Dastlabki uchrashuvni 2016 yil 12 mayda “Ranxaym”ga qarshi o'tkazdi. O'sha bahsda Xoland ikkinchi bo'limda zaxiradan o'yinga qo'shildi. Dastlabki mavsumidayoq 16 uchrashuvda ishtirok etdi.


Klublardagi faoliyati haqida

Dastlabki professional shartnomasini 2017 yil fevral oyida “Molde” klubi bilan tuzdi. Klubni bugun MYU ustozi bo'lgan Ole Gunnar Sulsher boshqardi. Yangi jamoasidagi dastlabki uchrashuvini esa o'sha yilning 4 iyun kuni Norvegiya chempionati doirasida “Sarpsborg”ga qarshi o'tkazdi. Mazkur bahsda ham u zaxiradan Fredrik Brustad o'rniga maydonga tushdi. Dastlabki golini esa debyutidan 2 oy-u, 2 kun o'tib 6 avgustda “Tromsyo” darvozasiga kiritdi. O'sha mavsumda Xoland 14 ta o'yinda ishtirok etdi hamda 2 ta gol urdi.

Keyingi mavsumda Xoland asosiy tarkibda maydonga tusha boshladi va murabbiylarning ishonchini ham oqlay oldi. “Molde” – “Brann” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda Erling 4 ta gol urib poker qayd etdi va jamoasining 4:0 hisobidagi g'alabasini taminladi. 

2018 yilning yoz faslida Xoland yana jamoasini o'zgartirish rejasini tuzdi va Avstriyaning “Red Bull Zalcburg”iga borib qo'shildi. Klub futbolchi bilan 2019 yil 1 yanvardan boshlab 5 yillik shartnoma tuzdi. Erling yangi jamoada ham gollar urishdi davom etdi. 2019 yil 19 iyulda Avstriya kubogida “Parndorf”ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etdi. 10 avgustda endi Avstriya chempionatinda xet-trik muallifi bo'ldi. “Volfsberger”ga qarshi o'yin 5:2 hisobida yakunlangan va 5 golning uchtasiga Xoland mualliflik qilgan. Bir oy o'tgach 14 sentyabr kuni yana bir bor chempionatda yana bir xet-trik qayd etishga muvaffaq bo'ldi va bu safar "Xartberg" darvozasiga. Qo'shimchasiga o'sha o'yinda norvegiyalik futbolchi ikkita golli pas ham berdi.

2019 yil 17 sentyabr. Yana bir xet-trik, bu safar ECHLda. Belgiyaning "Genk" jamoasiga qarshi o'yinda birinchi bo'limning o'zidayoq 3 marotaba to'p kirita oldi. SHu natija bilan Xoland CHempionlar ligasi debyut o'yinida xet-trik qayd etgan tarixdagi to'qqizinchi futbolchiga aylandi. Keyingi uchrashuvlarda “Liverpul”, “Napoli” darvozalarini ham ishg'ol eta olgan Erling CHempionlar ligasidagi dastlabki uchta o'yinida 6 ta gol urgan tarixdagi birinchi futbolchi bo'ldi. U darvozaga to'p kiritishdan charchamayotgan edi va bu ishini 4 turda ham davom ettirdi. Bu safargi “qurbon” “Napoli” darvozaboni. 5 turda “Genk” jamoasi bilan o'yinda zaxiradan o'yinga qo'shilgan bo'lishiga qaramay 1 gol va 1 asisstni amalga oshirdi. 10 noyabr kuni u Avstriya chempionatidagi uchinchi, mavsumdagi beshinchi xet-trikini amalga oshirdi. Bu esa uning 12 o'yindagi 15 goli edi.

Qishki transferlar boshlanmasidan avval bu futbolchi haqida juda ham ko'p gapirildi, grand klublar o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'ldi. Ularning ichida “Real Madrid”, “Manchester Yunayted”, “Yuventus” kabi jamoalar bor edi. Biroq Xollandning o'zi Germaniyaning “Borussiya Dortmund”ini tanladi va 2024 yilgacha bo'lgan shartnomaga imzo chekdi. Transfer summasi 20 million evroni tashkil etgandi. 

Yangi klubidagi debyutini uzoq kutmadi, 2020 yil 18 yanvarda "Augsburg"ga qarshi o'tkazdi va ikkinchi bo'limda zaxiridan tushganiga qaramay xet-trik qayd etdi. 120 soniyada “arilar” tarkibidagi birinchi golini urishga erishdi. U uchinchi golini 79-daqiqada urgan edi, eng qizig'i Xoland o'yinga 56-daqiqada qo'shilgandi. O'yindan so'ng “Men bu erga gollar urish uchun keldim. Ajoyib debyut bo'ldi, lekin oldinga harakat qilish kerak, bularni qanday natija berishini ko'ramiz” – degan so'zlarni aytgan. SHu bahsdan so'ng Goal nashri Mats Xummelsning Xoland haqida aytgan so'zlarini keltirgan va unda Xummels Xolandni Levandovskiga o'xshatgan. “Xoland yaxshi harakat qilmoqda. Albattta, men unga qanday ishlashi kerakligi haqida maslahatlar berib boraman. U 57 daqiqa ichida men butun mavsumda urgan gollarimdan ko'proq to'p kiritdi. Men Levandovski bilan ko'p yillar o'ynaganman, Xoland Robertni eslatmoqda. Lekin hali u darajada emas. Umid qilamanki, Xoland Dortmundda uzoqroq qoladi. Men shuni xohlayman” – deya fikr bildirgan germaniyalik himoyachi.

"Borussiya" tarkibidagi ikkinchi o'yinda yana ikkinchi bo'limda ham zaxiradan maydonga tushdi va "Kyoln”ga qarshi kechgan o'yinda dubl qayd etdi. Fevralning dastlabki kunida Dortmunddagi o'zining uchinchi o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi va "Union Berlin" ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi. SHu bahsdan so'ng bergan intervyusida "Signal Iduna Park" stadionida gol urish - fantastika. Bu odamga fantastik hissiyot beradi, bunga qadar bunday holat menda bo'lmagan. Jamoadoshlarim juda yaxshi. SHu boisdan o'sishga erishyapman. Bunchalik ko'p gol ura olaman deb o'ylamagandim. Bundan rohatlanyapman. SHunchaki hayotdan zavq olishga intilyapman. Oldinda juda ko'p ishlar qilishim kerak" – deya fikr bildirgandi. Erling Xoland Germaniya Bundesligasida dastlabki 4 o'yinda 8ta gol urgan birinchi futbolchi sifatida tarixdan joy oldi.

“Borussiya D” safida ECHLda PSJga qarshi uchrashuvda maydonga tushgan Xoland dubl qayd etdi va jamoasi g'alabasini taminladi. O'sha o'yindagi ikkinchi golini o'zining faoliyatidagi eng chiroylisi deb hisoblaydi va shirin xotirlaar bilan eslaydi: “Bu men kiritgan gollar ichida eng yaxshisi. CHempionlar Ligasini yaxshi ko'raman”. Uning 2019/20 yilgi mavsumda CHempionlar Ligasidagi statistikasi daxshat: atigi 8 uchrashuvida 10 ta gol.

Yangi boshlangan mavsumda ham natijalari bilan barchani xayratga sola olyapti. Dastlab Myunxengldbaxning “Borussiya”siga ikkita, “Fraybug” darvozasiga ikkita gol yo'llagan bo'lsa, “Gerta” jamoasiga qarshi o'yinda poker qayd eta oldi. UEFA CHempionlar ligasida 4 o'yinda 6 gol muallifiga aylangan Xolandning ECHLdagi umumiy statistikasi bugunga kelib 12 uchrashuvda 16 ta gol. Uning bu goleadorligini o'zi havas qiladigan futbolchilar kabi bo'lishi harakatidan ham deb hisoblovchilar bor. Undan qaysi futbolchilarga havas qilishini so'rashganida “Ular bitta emas, ikki nafar - Krishtianu Ronaldu va Zlatan Ibrahimovich” – deb javob bergandi. Sky Sport Italia nashriga bergan intervyusida «Bir kuni Krishtianu bilan uchrashmoqchiman. Ronaldu bilan suhbatlashib, u tufayli futbolchi bo'lganimni aytmoqchiman. U doim men uchun namuna bo'lib kelgan», – deya fikr bildrigan Erling Xoland.


Terma jamoadagi faoliyati haqida

2017 yil U-17 Evropa chempionatida Norvegiya terma jamosi safida ishtirok etgan va uchala uchrashuvda ham ushbu musobaqada qatnashgan. 2019 yil 30 mayda u yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida Gonduras terma jamoasiga qarshi to'qqizta gol urdi. Ammo o'sha bahs guruhdagi eng so'nggi o'yin edi va Norvegiya uyiga qaytib ketdi biroq Xoland o'z natijasi bilan turnirning eng yaxshi to'purariga aylana oldi. O'sha yilning sentyabr oyida Norvegiyaning kattalar terma jamoasi safida Evro-2020 saralashida Malta termasiga qarshi o'yinda maydonga tushdi. O'sha bahsda asosiy tarkibda maydonga tushdi va 66 daqiqa harakat qildi. 2020 yil 4 sentyabrda UEFA Millatlar Ligasining yangi mavsumidagi birinchi o'yinida Xolann Osloda Avstriya terma jamoasi darvozasiga milliy jamoadagi birinchi golni urdi. Oradan 3 kun o'tib 7 sentyabr kuni u SHimoliy Irlandiyaga qarshi o'yinda dubl qayd etdi. Bir oydan so'ng 11 oktyabr kuni u milliy terma jamoadagi oltinchi o'yinida UEFA Millatlar Ligasi doirasida Ruminiyaga qarshi uchrashuvda xet-trik qayd etdi.


SHaxsiy hayoti

Xolandning sobiq jamoadoshlarining aytishicha, ular dam olish soatlarida bekorchilik bilan yoki qarta o'ynash bilan shug'ullanganlarida, Holand dieta va uyquni yaxshilash borasida turli maqolalarni o'qib o'tirar ekan. Erling Xolland juda ham oliyjanob. Ushbu mavsumda “Bavariya”ga qarshi o'yinda raqib jamoa futbolchisi Joshua Kimmix jarohat olib maydonni tark etdi va o'shandan so'ng o'z Tvitter sahifasi orqali hamkasbiga sog'lik tiladi. 

 

Aynan Tvitter sahifasida ham o'ziga berilgan savollarga javob qaytaradi. Undan “Butun stadion «Erling Xoland» deya olqishlaganida nimalarni sezasan?” deb so'rashganida “To'g'risini aytsam, bu men his qilgan eng yoqimli hissiyot. Buni so'z bilan tariflab bo'lmaydi” degan javobni bergan.


SHaxsiyatiga doir qiziq fakt:

O'z intervyularidan birida ismining talaffuzi haqida gapirgandi. “Xoland ismi qanday to'g'ri talaffuz qilinishini aytdi: «Agar norvegiyalik bo'lmasangiz, meni Erling Bg'aut Xaland deb, Norvegiyada esa Arving Bg'aut Xoland deb chaqirishingiz mumkin” - deya fikr bildirgan.

Maqola avvalida uni Levandovskiga o'xshatishlarini va bu borada Mats Xummelsning fikrini ham keltirgandik. Polshalik forvardning o'zi ham Erling haqida shunday degandi: "U juda katta imkoniyatlarga ega, shu bilan birga unda o'sish uchun vaqt bor. Men gaplarim bilan uning ishtiyoqini so'ndirmoqchi emasman. Agar u astoydil harakat qilsa, yanada yaxshi o'ynay olishi va top-darajaga chiqishi mumkin. SHunday ekan, keyingi bosqichga o'tishdan oldin u Bundesligada ko'proq vaqt qolsa yaxshi bo'lar edi”. Xullas, Bundesliga ixlosmandlarini tabriklayman, yangi super yulduz paydo bo'lyapti Germaniyada, Bundesliga jamoalarning himoyachi va darvozabonlariga esa sabr tilayman, boshingizga og'riq bo'luvchi hujumchi porlamoqda, ehtiyotingizni qilaverasiz buyog'iga…


Vladislav Goyxmann

Og'abek Samisov tarjimasi

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика