So’nggi yangiliklar

16:40Тренд давом этади: "Реал" етакчиси YouTube'да канал очди  0 16:180:7га қандай изоҳ берилди? Сўз мураббийларга (ЖЧ саралаш ўйинларидан кейинги фикрлар)  0 16:03"Манчестер Юнайтед" собиқ ҳужумчиси Бразилия чемпионатига ўтиши мумкин  0 15:36"Ҳозир бизга ўхшаган ҳужумчиларни топиш қийин"  2 15:10Ўзбекистон футзал термасининг ЖЧ учун қайдномаси маълум!  3 14:38Ковачичга Саудия Арабистонида ҳафтасига 1 миллиондан кўпроқ маош тайёрлаб қўйишди  3 14:16"Удинезе" Санчесни янги мавсум учун рўйхатдан ўтказмади  1 13:56"Vamos, UZB!" баннерини кўтариб олган, вувузела чалишни тиндирмаган, ўйинни дурбинда кузатган мухлислар ГАЛЕРЕЯСИ  1 13:22"Челси" Конференциялар Лигаси учун таркибини эълон қилди: Коул Палмер рўйхатда йўқ  3 12:50ФИФА рейтингида етакчилик қилаётган Бразилия футзал терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  16 12:07Пике Ламин Ямалнинг майдондаги хатти-ҳаракатларини эътироф этди   3 11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  5 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  2 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  10

“Bir futbolchi tarixi”. ECHL finalidagi yagona gol muallifi Kay Haverc haqida Yangiliklar

“Bir futbolchi tarixi”. ECHL finalidagi yagona gol muallifi Kay Haverc haqida

Kecha ECHLning 2020/21 yilgi mavsumi yakunlandi.

Finalda “Manchester Siti” – “CHelsi” jamoalari ishtirok etishdi. Mazkur bahs taqdirini 42-daqiqada Kay Havercning urgan goli hal qildi. Aynan shugina gol o'yin taqdirini hal qildi. Ushbu futbolchi avvalroq bergan intervyularidan birida “CHelsi” – sovrinlar yutishni istaydigan katta klub. Men bu borada jamoaga yordam beraman. Birgalikda ko'p narsaga erishishimiz mumkin”, - deya takidlagan edi. 

Xo'sh, siz bu futbolchi haqida bilasizmi? Uning faoliyati, statistik natijalari, bergan intervyulari haqida so'z olib boramiz.

Kay Haverc – kim o'zi u?

Qahramonimiz 1999 yilning 11 iyunida Germaniyaning Axen shahrida tug'ilgan. U shaharning shimolidagi Mariadorf qishlog'ida o'sgan. Futbolchining ota-onasi futbol va o'zi umuman sport sohasidan uzoq kasblarda faoliyat yuritishardi. Kayning otasi policiyachi, onasi esa huqushunos bo'lgan. Malumotlarga ko'ra, Kayning onasining bobosi futbol bilan shug'ullangan ekan. 

Kay 4 yoshida “Olmoniya Mariadorf” havaskorlar jamoasida o'ynashni boshladi. Ushbu jamoada Kay o'zidan ikki yosh katta bolalar guruhida shug'ullangan. 2009 yilga kelib, futbolchi 10 yoshligida Axen shahrining eng yirik klubi – “Olmoniya” jamoasiga borib qo'shildi. 

Klublardagi faoliyati haqida

Futbolchi 11 yoshida “Bayer 04” jamoasi safiga borib qo'shildi. U erda o'smirlar va yoshlar tarkiblarida o'ynadi. 2016/17 yilgi mavsumda Kay “Bayer U19” jamoasida o'zini har tomonlama yaxshi ko'rsata oldi. 9 uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli pasning muallifiga aylandi. O'sha mavsumda unga Germaniyaning eng iqtidorli futbolchisi nomiga sazovor bo'ldi. 

2016 yilning 15 oktyabr kuni Kay Bundesligada debyut qildi. U o'zining professional futboldagi ilk o'yinini “Verder”ga qarshi o'tkazdi. 83-daqiqada CHarles Arangisning o'rniga maydonga tushib, “Bayer” tarixida maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo'ldi. Futbolchi o'zining asosiy tarkibdagi debyut o'yinini 5 noyabr kuni “Darmshtadt” jamoasiga qarshi o'tkazdi. 1-davraning so'nggi uchrashuvi – “Kyoln”ga qarshi o'yinda Haverc Vendellga golli pas berdi. Eng qiziq jihatlardan biri shuki, Kay endigina “Bayer” safida o'ynashni boshlaganida u maktabdagi imtihonlarini o'tkazayotgan bo'lgan. 

Futbolchining debyut goli 2017 yilning 2 aprel kuniga to'g'ri keldi. “Volfsburg”ga qarshi kechgan uchrashuvda gol urdi, shuningdek, golli uzatmani ham amalga oshirdi. SHu gol bilan futbolchi “Bayer” tarixida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. O'sha vaqtda Kay 17 yosh, 9 oy, 22 kunlik edi. SHuningdek, o'sha mavsumning so'nggi tur uchrashuvida futbolchi “Gerta” darvozasiga 2 bor yo'l topa oldi. 

2017 yilning yozida “Bayer”ga yangi murabbiy – Xerrlix Xayko keldi. U Havertsni maydonga tushirishda davom etdi. Futbolchi o'sha yilning 21 oktyabr kuni “Borussiya Myonxengladbax”ga qarshi o'yinda 3 marta assistentlik vazifasini bajardi. 2018 yilning 14 aprel kuni Haverc Bundesligada o'zining 50-uchrashuvini o'tkazdi va shuncha o'yinda o'ynagan eng yosh futbolchiga aylandi. 

Kay Haverc 2020 yilni 4 sentyabrda u “CHelsi”ga o'tdi va klub bilan 2025 yilgacha shartnoma imzoladi. U jamoaga kelganidan keyin bergan intervyusida “Bu erda ekanligimdan juda xursandman va g'ururlanaman. Men uchun “CHelsi”dek katta klubda o'ynash – orzu. Barcha futbolchilar va murabbiylar bilan uchrashishni orziqib kutyapman. “CHelsi”ga o'tishga qaror qilishimga Lempardning tasiri katta bo'ldi. Menga uning o'yinlari juda yoqqan, doim kuzatib borardim. Undan ko'p narsa o'rganishim mumkin. Frenkning rahbarligida ishlashni sabrsizlik bilan kutyapman”, - deya takidlagan edi. SHuningdek, Frenk Lempard ham Haverc haqida iliq fikrlarini bildirgan edi: “Kay bilan har kuni ishlayotganimdan kelib chiqib, sizga ishontirib ayta olamanki, undagi muammo motivasiya yoki xohishning yo'qligida emas. U o'z kuchiga avval bo'lganidek ishonyaptimi? Yo'q, chunki u ham jamoadagi aksariyat futbolchilar singari faoliyatining qiyin davrini o'tkazmoqda”.

Mazkur transfer summasi 62 million funt sterlingni (83 mln evro) tashkil etdi. Bu “CHelsi” uchun Kepa Arrisabalagadan keyingi eng qimmat xarid bo'ldi. Futbolchi London klubidagi debyutini 14 sentyabr kuni “Brayton”ga qarshi o'tkazdi. Ushbu o'yinda keyin u APL haqida o'z fikrlarini bildirib o'tgan edi: “Bu juda qiyin o'yin edi. CHunki men uzoq tatilga chiqdim, shundan so'ng jamoa bilan atigi 5-6 kun mashg'ulot o'tkazdim. Albatta, eng muhimi – g'alaba qozonganimiz. SHuning uchun debyutimdan juda mamnunman. Premer-ligada o'ynash Bundesligada to'p tepishdan ko'ra ancha qiyin. Men buni mashg'ulotlarda va o'yinda ko'rdim. Ammo 80 daqiqa o'ynaganimdan xursandman va keyingi bahslarda ham o'ynashda davom etaman, degan umiddaman”.

23 sentyabr kuni esa Kay Angliya liga kubogi doirasida “Barnsli” jamoasiga qarshi o'yinda “CHelsi” va o'zi umuman faoliyatidagi ilk xet-trikini qayd etdi. Ushbu bahsdan so'ng u “3 ta gol urganimdan juda xursandman, lekin bu – boshlanishi. Ko'proq gol urishni istayman. Bu – mening maqsadim. SHu ruhda davom etishga harakat qilaman”, - deya fikrlarini bildirgandi.

Terma jamoadagi faoliyati

U Germaniyaning turli yoshdagi jamoalarida o'ynagan. 2016 yil 17 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasidagi Evropa chempionatida ishtirok etdi va jamoa bilan birga yarim finalga chiqdi. U turnirdagi beshta uchrashuvning barchasida maydonga tushdi va Avstriya termasiga qarshi o'yinda bitta gol urdi. Futbolchi Germaniyaning asosiy terma jamoasidan ham chaqiruv olgan.

Azaldan Germaniya iqtidorlar yurti bo'lib kelgan. U erdan har yili minglab futbol iqtidorlari etishib chiqadi. Havertsg kabilar esa bir mavsumning o'zidayoq chinakamiga porlab ham chiqishi mumkin. Bu futbolchidan nafaqat Germaniya futboli yoki “CHelsi” muxlislar, balki butun futbol ommasi katta narsalar kutadi, ishonavering.

Avvalroq, "Bir futbolchi tarixi" rukni ostida kechagi uchrashuvda Havercga golli uzatmani ajoyib tarzda amalga oshirgan Meyson Maunt haqida ham yozilgan edi.

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика