So’nggi yangiliklar

19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  1 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  37 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  2 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  2 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  2 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  5 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  2 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  8 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  1

“Bir futbolchi tarixi”. Diogu Jota – kim o'zi u? Yangiliklar

“Bir futbolchi tarixi”. Diogu Jota – kim o'zi u?

SHu yil yozda “Liverpul” klubiga ko'chib o'tgan portugaliyalik futbolchi qanday qilib bu darajaga ko'tarildi?

“Liverpul”ning ECHL doirasida “Atalanta”ga o'tkazgan bahsidan so'ng eng ko'p gapirilgan inson shu o'yinda xet-trik qayd etgan, yozgi transferlar oynasi vaqti “Vulverxempton”dan 41mln funtga sotib olingan futbolchi va ECHLning bu mavsumdagi 3-turning “Eng yaxshi futbolchisi” – Diogu Jota. Portugaliyalik futbolchini Yurgen Klopp tanlashda adashmadi desa bo'ladi endi. Xo'sh, bu futbolchi kim va qanday inson?

“Diogu Jota – top. Zo'r yigit. Bizning jamoani yanada takomillashtirish qiyin. U 2-3 yildan beri ro'yxatimda edi, shuning uchun ham hozir shu erda” – degan edi Yurgen Klopp APLning 3-turidan o'rin olgan «Arsenal»ga (3:1) qarshi o'yindan so'ng. Ayni shu uchrashuvda Jota o'zining “Liverpul”dagi ilk golini kiritgandi. U yangi jamoasida o'z o'rnini topib keta oldi. Futbolchining tarixiga nazar solsak, brogan joyini gullatib yuborish amaliyoti unda biroz kechroq boshlangan.



Diogu Jota – kim o'zi u?


1996 yil 4 dekabrda tug'ilgan futbolchining to'liq ismi Diogo Xose Teysheyra da Silva. Futbolga kirib kelar chog'da u ikkita jamoa maktabida o'ynadi, o'rgandi futbol sir-asrorlarini. “Gondomar” va “Pasos de Ferreyra” klublari Jota uchun chinakam maktab bo'la oldi. Debyut o'yinidayoq debyut golini ura oldi 2014 yil 23 noyabrda Portugaliya kubogi doirasida.



Klublardagi faoliyati


Ikki yil o'tar-o'tmas futbolchini Ispaniyaning poytaxti kutib turgandi. Aynan o'sha yili ECHL finalida o'ynagan “Atletiko Madrid” Jota bilan 5 yillik shartnoma imzoladi, lekin ayni shu vaqtda uni yana vataniga, Portugaliyaning “Portu” jamoasiga ijaraga berib yuborishdi. 10 sentyabr kuni “Portu” safida debyut uchrashuvini o'tkazgan bo'lsa, oradan 20 kun o'tib oktyabr oyining ilk kunida Jota "Nasional" ga qarshi o'yinda "Portu" tarkibidagi ilk gollarini urdi va xet-trik qayd etdi. ECHLdagi debyuti ham o'sha mavsumga to'g'ri keldi: 7 dekabr kuni CHempionlar Ligasida Angliyaning "Lester Siti" jamoasiga qarshi o'yinda to'p kiritdi.

2017 yil yoz fasli. Endi u tumanli albion – Angliyaning “Vulverxempton”iga yo'l oldi (ijara asosida). Dastlabki uchrashuvini 5 avgustda o'tkazgan bo'lsa, ilk golini 10 kundan so'ng “Xall Siti”ga kiritdi. Mavsumni yakunlab olgach esa 2018 yil yozda u to'laqonli “bo'rilar”ning azosiga aylandi. Uni “Vulverxempton” 12,5 million funtga sotib olishdi. Jota “Vulverxempton” futbolchisiga aylangan mavsumda CHempionshipda 17 ta gol urishga erishdi va jamoasi bilan birga turnirda g'olib bo'lib APLda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. APLdagi debyut golini esa “CHelsi” darvozasiga yo'lladi. 2019 yil 19 yanvar kuni “Lester”ga qarshi bahsda (4:3) 3 ta gol urdi qayd etdi va faoliyatidagi ikkinchi xet-trikni rasmiylashtirdi. Bu natija bilan futbochi Krishtianu Ronaldudan keyin ikkinchi portugaliyalikka aylandi.



“Liverpul”ning avvalgi yillardagi natijasi, ko'rsatgan o'yinlarini ko'rib hujum chizig'ini alohida etirof etish kerak. Kuchli raqobat borligini bilib turib Diogu jamoaga keldi va 1993 yilda Robbi Faulerdan keyin "Liverpul" ning birinchi 10 uchrashuvida 7 ta gol urgan birinchi futbolchi bo'ldi. Ajoyib natija, shunday emasmi?! “Bu – men va oilam uchun hayajonli lahza. CHempion bo'lgan «Liverpul» safiga qo'shilish aqlga sig'maydi. Imkon qadar tezroq jamoa bilan shug'ullanmoqchiman. Vazifam – gol urish va golli paslar berish. Ular mendan shuni kutishmoqda. Menga bog'liq bo'lgan hamma narsani qilishga harakat qilaman. Muxlislar menga ishonishi mumkin. «Liverpul» uchun bor kuchimni beraman” - degan edi “Liverpul”ga o'tganidan keying intervyusida. Jamoa ustozi Yurgen Klopp ham: «Jotada jamoamizga xos bazi xususiyatlar bor: ishtiyoq, g'alabaga ochlik, qatiyat. U biz bilan ekanligidan xursandman. Diogu «Liverpul» uning uchun yangi qadam ekanligini biladi. Biz doim o'tgan yili deyarli barcha turnirlarda g'olib chiqqan jamoani qanday kuchaytirish haqida gaplashamiz. U bizga o'yinimizda yo'q jihatlarni berishi mumkin. Bu juda zo'r” – deya fikr bildirgandi portugaliyalik iqtidor haqida.

Jota hozirga kelib har 71,4 daqiqada bitta gol urmoqda. "Mening eng katta fazilatlarimdan biri bu men gol urishni qanchalik oson topishim va buni turli yo'llar bilan: boshim, chap yoki o'ng oyog'im bilan amalga oshirishimdir" degan edi futbolchi 2016 yilda “Atletiko Madrid”ga o'tgan lahzada. Bu gapining isbotini futbolchi “Atalanta”ga qarshi o'yinda ko'rsatib qo'ya oldi.



Terma jamoadagi faoliyati

“Vulverxempton” safiga borib qo'shilgan yili, 2017-yilda u Portugaliyaning yoshlar terma jamoasidan chaqiruv oldi hamda Evropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Serbiya va Makedoniya jamoalariga qarshi o'yinlarda qatnashdi. Dastlabki golini esa oradan bir yil o'tib Italiya termasiga kirita oldi. Portugaliyaning kattalar terma jamoasiga esa Evro-2020 saralash o'yinlari uchun Ukraina va Serbiya terma jamoalariga qarshi chaqirildi. Eng qizig'i o'sha yili terma jamoa bilan birgalik Millatlar ligasida g'alaba qozondi ammo Jota bu turnirda birorta ham o'yin o'tkazmagan edi. O'sha yilning o'zida u debyut qilishga ham erishdi, Litva terma jamoasi bilan o'yinda u Krishtianu Ronaldu o'rniga zaxiradan o'yinga qo'shildi. Dastlabki golni esa shu yilning sentyabr oyida Millatlar ligasida Xorvatiyaga qarshi uchashuvda kiritdi.



SHaxsiy hayoti

U odatda maydondan tashqarida sport kostyumlari va futbolkalarda ko'rinadi va kichik “Mercedes” avtomobilini boshqaradi. "Vulverxempton"dagi sobiq jamoadoshlari singari Jota ham spirtli ichimliklardan qochadi. "Football Manager" kompyuter o'yini “jinnisi”. Karantin vaqtida soatlab ushbu o'yinni o'ynadi hamda "Telford Yunayted" jamoasini CHempionlar ligasida chempion qildi. O'zining sevgilisi bilan sokin hayot uchun flesh-mashinalar va dizaynerlik kiyimlaridan qochadigan futbolchi 2021 yilning fevralida ota bo'lishini Twitter'dagi sahifasida oshkor qildi.

Roberto Firminoning o'yin surati biroz pastlagani haqida ko'p aytilmoqda. Ammo Jota baribir “Liverpul”ning “uchlik”iga hurmat bilan qaraydi. Hatto bir intervyusida o'zi “Ular jahon darajasidagi futbolchilar. Ko'p gol urishadi, jiddiy mehnat qilishadi. Bu o'yinchilar mendan tajribaliroq, shunday ekan, birinchi navbatda, o'yindagi aloqalarni o'rnatib, ulardan nimadir o'rganmoqchiman. Umid qilamanki, ushbu uchlikning gol urishida yordam beraman” degan edi.

Angliya va Evropaning boshqa jamoalari ehtiyot bo'laverishsin. Portugaliya terma jamoasi ham hujumda ajoyib raqobat muhitini yaratib bormoqda. Evropada yangi yulduz porlayapti, uning ismi – Diogu Jota. Natijalari va kamtarlik darajasini ko'rdingiz. “Kamroq gapirib, ko'proq o'ynaydigan” futbolchilar sirasiga kiruvchi portugaliyalikning oyog'idan nima kelishini ECHLda “tur futbolchisi” bo'lganining o'ziyoq yaxshigina isbotdir.




Vladislav Goyxmann

Og'abek Samisov tarjimasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика