So’nggi yangiliklar

08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  0 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  5 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  4 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  14 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  7 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  1 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  3 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  6 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  1 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  4 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  1 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  2 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  10 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  10

“Bir futbolchi tarixi”. Ashurmatovlarning kichigi – Rustam Ashurmatov haqida Yangiliklar

“Bir futbolchi tarixi”. Ashurmatovlarning kichigi – Rustam Ashurmatov haqida

Yanvarning oxirgi 10 kunligida turibmiz. 2021 yilning dastlabki oyi ham yakuniga etmoqda.

O'tgan yili shu kunlarda Olimpiyada yo'llanmasi uchun yoshlar terma jamoamiz Osiyo chempionatida ishtirok etishib muvaffaqiyatsizlikka uchragan, 2019 yilning yanvarida – Qatarda bo'lib o'tgan Osiyo Kubogida nimchorak finaldan o'ta olmay ortga qaytib kelgan edik. Biroq 2018 yilning avvalida U-23 terma jamoamiz Osiyo chempionatida chempionlikni qo'lga kiritishgan edi. O'sha yilgi Osiyo chempionatining muhim yoki nomuhimligi, finaldagi raqibimiz kim bo'lgani-yu, raqiblarimizning futbolchilari necha yoshda bo'lgani hozir ahamiyatli emas. O'zbek muxlislarining bir necha yillik sovrinsiz musobaqalarni ko'rganidan so'ng ushbu turnir barcha uchun quvonarli bo'lgani rost. 

Vetnam yoshlari bilan bo'lgan o'sha qorli finalda ko'pchilik stadionning qorga burkangani, birinchi bo'limda oq rangli futbolkalarda harakat qilgan vakillarimiz ikkinchi bo'limga ko'k formada qaytishgani, tanaffus vaqti 15 emas, balki 45 daqiqa bo'lib ketgani hamda eng asosiysi Sidorovning golini yaxshi eslaymiz. Savol, o'sha finaldagi birinchi gol muallifi kim edi? Rustam Ashurmatov – to'g'ri javob. Yaqinda hamyurtimiz jamoasini o'zgartirdi. Yangi klub nomi – “Kanvon”. Saytimizda Ashurmatov yangi jamoaga o'tganidan so'ng bergan intervyusini o'qidingiz, biz esa shu futbolchimiz haqida yaqin tarixdan boshlab so'zlaymiz. 


Rustam Ashurmatov – kim o'zi u?

Qahramonimiz 1996 yilning 7 iyul kuni Qo'qon shahrida dunyoga kelgan. Rustam Ashurmatov sobiq futbolchi va ayni damda murabbiylik faoliyatini olib borayotgan Baxtiyor Ashurmatovning jiyani. Rustamdan futbolga qanday kirib kelgani haqida so'rashganida shunday deb javob bergan edi: “Futbolga kirib kelishimga birinchi o'rinda tog'am, Baxtiyor Ashurmatov sabab bo'lganlar. Ularning o'yinlarini tomosha qilib futbolga qiziqishim paydo bo'lgan. Bobom xuddi tog'am sinagri futbolchi bo'lishimni istagan va Qo'qondagi "Kimyogar" futbol maktabiga olib borganlar. 6 yoshimdan "millionlar o'yini" sir asrorlarini o'rgana boshlaganman”.


Klublardagi faoliyati haqida

Rustam aslida “Bunyodkor” jamoasi birituvchisi hisoblanadi. 2014 yilgacha “qaldirg'ochlar”ning turli yoshdagi jamoalarida o'ynagan. Intervyularidan birida Toshkent klubi safiga qanday kelib qolgani haqida so'rashganida: “O'sha paytda jamoa nomi "Quruvchi" edi. Klub barcha viloyatlarda yosh futbolchilar ishtirokida turli musobaqalar tashkil etardi. Qo'qondagi musobaqada murabbiylar 20 nafar futbolchini tanlab olishgan va Toshkentga kelganmiz. Poytaxtda 20 nafar futbolchi o'rtasida ham tanlov bo'lgan hamda murabbiylar 3 nafar o'yinchini jamoaga qabul qilishni elon qilishgan. Mana shu uch futbolchi orasida men, Akrom Komilov va Ibrohim G'ofurov bor edi” – degan edi.

2014 yilgi mavsumda “Qo'qon-1912” jamoasida harakat qilgan va bor-yo'g'i 2 ta uchrashuvda maydonga tushgan. 

2015 yili esa mavsumni “Bunyodkor”da boshlagan Ashurmatov o'sha yildan boshlab bazan zaxira futbolchi sifatida maydonga tushib yurdi. Keyinchalik, jamoaning asosiy, almashtirib bo'lmas himoyachisiga aylana oldi. 2018 yilning so'nggigacha Toshkentliklar safida harakat qilgan Rustam jami 121 o'yin o'tkazib, 5 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan. 

2019 yilda Janubiy Koreyaning “Gvangju” jamoasiga ko'chib o'tdi. Jamoaga kelgan chog'da "Menga "Gvangju" o'yin uslubi yoqdi. Yangi jamoamga tezroq qo'shilish va o'zimning yaxshi o'yinlarimni namoyish etishni istayman" – degan fikrlarni bildirgan edi. “Gvangju” jamoasidagi ilk golini “Suvon Siti” bilan bo'lib o'tgan o'yinda kiritdi. Jamoasi bilan birgalikda Koreyaning K-2 ligasida chempionlikni qo'lga kiritgan. 


Terma jamoadagi faoliyati haqida

2013 yildan boshlab O'zbekistonning turli yoshdagi jamoalarida harakat qilgan Rustam Ashurmatov, 2013 yili U-17 safida hamda 2015 yili U-20 safida Jahon chempionatida ishtirok etdi. 2017 yilning yozida esa milliy terma jamoaga chaqiruv olgan. 2018 yili bo'lib o'tgan Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati chempioni bo'ldi. O'zi bu musobaqadan so'ng quyidagi fikrlarni bildirib o'tgan edi: “Bu butun jamoaning mehnati va uning ketidan kelgan muvaffaqiyati, deb hisoblayman. Murabbiylar shtabi, shifokorimiz, massajchimiz, futbolchilar va boshqa barcha xodimlarning ushbu g'alabada hissalari bor. Yaxshi mehnat qilinmaganida, bunday natijaga erishmagan bo'lardik. Keyin ahillikda ham gap ko'p”.


Rustam Ashurmatov ijtimoiy tarmoqlarda

Qahramonimiz Instagram tarmog'ida faol. Futbol o'yinlaridagi harakatlari, mashg'ulot qilayotganidagi lavhalardan tashqari oilaviy tushgan suratlarini ham joylaydi. 


SHaxsiy hayoti

Rustam Ashurmatovning akasi ham futbolchi bo'lgan. Nodirjon Ashurmatov darvozabon sifatida O'zbeksitonning bir qator jamoalarida to'p tepgan. Rustamning o'zi akasi haqida 3-4 yil avval bergan intervyusida shunday degan edi: “Akam Aleksey Evstafeev boshchiligidagi 1994 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat terma jamoada Toshkentda o'tgan Osiyo chempionatida ishtirok etganlar. To'g'ri maydonga tushmaganlar, ammo tarkibda bo'lgandilar. Turkiyadagi yig'inda akamning qo'li singan va operaciyadan so'ng davolanish ancha cho'zilib ketgan. Yana oldingi holatga qaytishda qiyinchilikka duch keldilar. "Paxtakor" yoshlar jamoasida yaxshi o'ynab kelayotgandilar. Jarohatdan so'ng ko'plab klublarda faoliyat olib bordilar. Ammo ishonaman akam ham bir kun o'zini ko'rsatadi”.

Jahon futboliga qarab turib u erdagi himoyachilar haqida ko'p gapiramiz. Serxio Ramos, Karlos Puyol, Virjil van Deyklarni eslab ulardek himoya qo'rg'onlari bizda ham bo'lishini istaymiz. Hozir ham va yaqin yillarda ham terma jamoamizning asosiy tayanchi sifatida Rustam Ashurmatov va boshqa himoyachilarimizni ko'ra olishimizga umid qilamiz. 


Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика