So’nggi yangiliklar

00:00Суперлига. "Динамо" мухлислари кўз ўнгида "Нефтчи"га ютқазди  0 23:50Сергей Лушчан: "Кубок ўйинларида футболчиларга қўшимча мотивация керак"  1 23:28Вадим Абрамов: "Бугун жамоам жуда оғир ўйнади"  6 23:06Брайан Риаскос: "Суперлига – бир қараганда осон, аммо аслида жуда мураккаб турнир"  2 22:59Виталий Левченко: "Динамо"нинг турнир жадвалида биздан юқори эканлиги футболчиларга қўшимча мотивация берди"  3 22:25Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Лаос дарвозасига еттита жавобсиз тўп киритди  6 22:19"Милан" 20 млн евродан зиёдга Италия термаси футболчисини сотиб олади  1 22:14Ўзбекистон кубоги. Чорак финалнинг барча иштирокчилари аниқ!  2 21:58Суперлига. "Нефтчи" қолдирилган ўйинда "Динамо"ни ишончли ҳисобда ютиб, 3-ўринга кўтарилиб олди  53 21:55Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" ва "Навбаҳор" ўз рақибларини мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олишди  24 21:10Расман: "Атлетико" Баэнани "Вильярреал"дан 45+5 миллион еврога сотиб олди  0 20:35Расман: "Челси" 60 миллион фунтлик трансферни амалга оширди  1 18:50Куртуа Трент ҳақида: "Унинг жарима зарбалари ва бурчак тўплари – бошқа даражада, бундай техникaни ҳеч қачон кўрмаганман"  4 18:27Эшитдик-да! Шацких "Пахтакор"дан икки андижонлик футболчини "Андижон"га олиб келмоқчи  19 17:49Клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида қайси жамоа ғолиб бўлади? Opta жавоб берди  12

“Bir futbolchi tarixi”. 15 yoshida O'zbekistonda “eng yaxshi yosh futbolchi” bo'lgan Islom Kenjaboev haqida Yangiliklar

“Bir futbolchi tarixi”. 15 yoshida O'zbekistonda “eng yaxshi yosh futbolchi” bo'lgan Islom Kenjaboev haqida

2019 yilning mart oyida O'zbekiston Superligasi doirasida “Nasaf” – “So'g'diyona” uchrashuvini tomosha qilib o'zim uchun bir futbolchini kashf qilgandim.

O'yinning 78-daqiqasi, hisob 2:1 – “Nasaf” oldinda. CHap qanotdan yosh iqtidor bir necha futbolchilarni aldab jarima maydonchasi ichiga kirib bordi va gol urdi.


O'sha goldan so'ng uni “o'zbek Messisi” ham deyishdi, terma jamoaning kelajagiga ham chiqarishi. 20 yoshli futbolchi o'z iqtidorini avval ham yaxshigina namoyish eta olgandi, bu gol esa uni ommaga chinakamiga tanitdi. Kim haqida gap ketyapti deysizmi? Bu – Islom Kenjaboev. 


Islom Kenjaboev – kim o'zi u?

Qahramonimiz 1999 yilning 1 sentyabr kuni Navoiy viloyatida tug'ilgan. Futbolga qanday kirib kelgani haqida Islomning o'zi avvalroq saytimizga bergan intervyusida shunday degan edi: “Yoshligimda ko'cha-ko'yda futbol o'ynab yurar edim. Bu qiziqishlarimni dadam ko'rib, Navoiydagi o'sha vaqtdagi eng yaxshi murabbiylardan biri Petrovichning oldiga olib bordilar. Lekin, dastlab o'sha murabbiy meni qabul qilmadi. Keyin esa Jasur Jaloliddinovning uyi oldidagi maydonga olib borishdi. U erda ikkita murabbiy bor edi – Hasan aka va Asror aka. Aynan shu murabbiylar meni qabul qilishdi”. 



Klublardagi faoliyati haqida

Islom dastlab 2012 yilda “Bunyodkor”, “Paxtakor” jamoalari ko'rigidan o'ta olmagach, “Nasaf” klubiga borgan. Qarshi jamoasiga borgach bir sinov o'yinidan so'ng futbolchini jamoada olib qolishgan. Bir necha yil “Nasaf” jamoasi akademiyasida futbol saboqlarini olgan Kenjaboev keyinchalik U-21 yani yoshlar jamoasi safida o'ynay boshladi. 2014 yilda O'zbekistonda “yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” sifatida tan olingan. Uning bu sovrinni qo'lga kiritishiga 2014 yilda bo'lib o'tgan Osiyo chempionati musobaqasi katta ro'l o'ynagan. “To'g'risini aytsam, eng yaxshi yosh futbolchi g'olibligi menga berilishini kutmagandim. Buning uchun futbolimiz rahbarlariga minnatdorchiligimni bildiraman. Laureatlarni taqdirlash marosimidan ajoyib xotiralar qoldi. Menga berilgan bunday mukofot uchun o'z ustimda bundan-da ko'proq ishlashim kerak. Bu unvon bejizga berilmaganligini isbotlash uchun qo'limdan kelganicha harakat qilaman” – degan edi sovrinni qo'lga kiritgandan keyin bergan intervyusida.

2017 yili “Nasaf”ning asosiy jamoasiga o'tkazilgan futbolchi jamoaning etakchilaridan biriga aylanishga ulgurdi. Statistikalarga nazar tashlaydigan bo'lsak, 2018 yilgi mavsumda 17 uchrashuvda maydonga tushib 1 gol muallifi bo'lgan. 2019 yili esa 10 o'yinda maydonga tushib 1 gol muallifiga aylangan. Uning porlagan, omma etiboriga tushgan 2020 yilda esa futbolchi 26 uchrashuvda qatnashdi va 5 gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 

O'zbekistonda 2020 yilgi mavsum yakunlangach Kenjaboevning legionerga aylanishi haqida gap-so'zlar ko'paydi. Bu kabi fikrlar esa o'z tasdig'ini topdi va futbolchi Janubiy Koreyaning “CHeju Yunayted” jamoasi futbolchisiga aylandi. 


Terma jamoadagi faoliyati haqida

Islom Kenjaboev U-16 termasi safida 2014 yilda Osiyo chempionatida ishtirok etgan. 2020 yilning avvalida esa U-23 safida ham Olimpiyada yo'llanmasi o'rtaga tikilgan Osiyo chempionatida qatnashgan edi. “Osiyo chempionatiga yaxshi tayyorgarlik olib bordik. Barchasi yuqori darajada tashkillashtirildi. O'rtoqlik o'yinlari ham etarlicha o'tkazildi, deb o'ylayman. Asosiysi – jamoamizdagi yigitlarda ishtiyoq kuchli va barcha faqat chempion bo'lish haqida o'ylayapti. Yigitlar shijoatga to'la. Bu erga nima uchun kelganimizni hamda zimmamizda qanday masuliyat turganini yaxshi anglab turibmiz. Birinchi galda yurtimizdagi ko'p sonli muxlislarni g'alabalar bilan xursand qilishga urinamiz” – degan edi musobaqadan oldin bergan intervyusida.

Milliy terma jamoamiz safidagi debyut uchrashuvini esa 2018 yili Eron milliy terma jamoasi bilan bo'lib o'tgan o'rtoqlik o'yinida o'tkazgan. Kenjaboev o'sha uchrashuvning 88-daqiqasida Jaloliddin Masharipov o'rniga maydonga tushgan. 


Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика