"Binokor"ning yosh futbolchilari birinchilik g'olibi
16 fev 2021 13:05
Yangiliklar


"Binokor"ning yosh futbolchilari birinchilik g'olibi
Musobaqada 11 ta jamoa ishtirok etdi. Dastlabki bosqich uch guruhda davraviy tizimda olib borildi. O'z navbatida guruh g'oliblari – “Spartak”(Urganch shahri), “Binokor”(SO'EAIBO'SM), “Gurlan” (Gurlan tumani) hamda ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan “Junior”(Urganch shahri) jamoalari yarim final ishtirokchisiga aylandi.
Yarim finalda “Binokor” jamoasi “Gurlan”ni 4:0, “Spartak” damoasi “Junior”ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Natijada, finalda “Binokor” (treneri SHohruh Yaqubov) va “Spartak” (treneri Marks Quramboev) jamoalari ro'para keldi. Qiziqarli kechgan o'yinda “Binokor”ning yosh futbolchilari 2:0 hisobida g'alaba qozonib, ochiq birinchilik g'olibi bo'lishdi.
Musobaqaning yopilish marosimida g'olib va sovrindor yosh “charm to'p” ustalari tashkilotchilar tomonidan taqdirlanishdi.
Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch shahridan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar