Bilich: "Zaza "Vest Xem"da penalti tepadimi? Yo'q-yo'q"
10 sen 2016 12:18
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/220616_original.jpg)
![](/upload/storage/220616_220.jpg)
Bilich: "Zaza "Vest Xem"da penalti tepadimi? Yo'q-yo'q"
"Vest Xem" bosh murabbiyi Slaven Bilichning malum qilishicha, "bolg'aurarlar" yangi futbolchisi Simone Zaza penaltilarni amalga oshirmaydi.
Zaza Italiya terma jamoasi safida Germaniyaga qarshi Evro-2016 chorak finalida penaltidan gol ura olmagan edi.
"Zaza penalti tepadimi? Yo'q-yo'q. Bizda ajoyib penaltichi bor. Bundan tashqari, biz 11 metrlik nuqtadan kam zarba beramiz. Ko'proq penalti tepishni istaymiz.
U so'nggi bir necha hafta davomida biz bilan shug'ullandi, Zaza - ajoyib futbolchi, u buni mashg'ulotlarda isbotlab qo'ydi. Endi u mahoratini maydonda ko'rsatishi kerak. Biz bir uchrashuvga qarab baho bermaymiz, ammo unga ishonaman. Unda markaziy hujumchiga kerak bo'ladigan barcha sifatlar bor" - deydi Bilich.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar