Bilich: "Vest Xem"ning maqsadi kuchli o'nlikka kirish"

Aziz Tukhtamuradov
10 iyun 2015, 21:42
"Vest Xem"ning yangi bosh murabbiyi Slaven Bilich yangi lavozimdagi maqsadlari haqida gapirib o'tdi.
"Men anchadan beri futboldaman. Qayerda bo'lmay, o'z oldimga maqsadlar qo'yaman. Biroq, "Vest Xem"da bu real darajada. Maqsadimiz mavsumni jadvalning birinchi qismida tugatish, keyin esa ushba natijani yaxshilash. Dastlabki mavsumimda 8, 9 yoki 10 o'rinlarni olsak ham yomon bo'lmaydi. Keyin esa hech kim bizga YCHL haqida orzu qilishni taqiqlay olmaydi", - deydi murabbiy.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru