So’nggi yangiliklar

13:32Гвардиола Канселунинг келажаги ҳақида фикр билдирди  0 13:05"Шеффилд Юнайтед" АПЛ антирекордини ўрнатди  0 12:37Давлат Турдиалиев таваллудига 62 йил тўлди   4 12:04"Челси" скаутлари "Милан дерби"сини стадиондан кузатишган  0 11:38Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 2:1  0 11:15ФАКТ. Ўзбекистон футзал терма жамоаси кетма-кет бешинчи Осиё кубогида ярим финалга чиқди  8 10:54Аллегри «Ювентус»да қолса, туринликлар етакчиси ёзда жамоани тарк этади  8 10:25«Барселона» вице-президенти Хавининг келажаги борасида расмий баёнот берди  13 10:06Хосе Венансио Лопес: «Эрон билан ўйинга тайёргарлик кўрмадик»  11 09:47Фалакнинг гардиши (Бекзод Толибов блоги)  6 09:22«Челси» Почеттинонинг ўрнига бош мураббий топди  6 08:57«Атлетик» афсонаси Икер Муниаин ёзда жамоадан кетишини маълум қилди  5 08:34Фернандо Торрес қайси жамоани бошқариши маълум  6 08:10«Барселона» «Манчестер Сити» етакчиларидан бирини 50 миллион еврога сотиб олиши мумкин  6 07:44Клопп кечаги мағлубиятдан сўнг чемпионлик имкониятлари ҳақида гапирди  14

Bilasizmi? Uels Buyuk Britaniyaning bir bo'lagi, ammo o'z madhiyasini kuylaydi Yangiliklar

Bilasizmi? Uels Buyuk Britaniyaning bir bo'lagi, ammo o'z madhiyasini kuylaydi

Nega unday va bunga Rayan Giggzning qanday aloqasi bor?

Kuni-kecha bo'lib o'tgan Uels - Eron uchrashuvi vaqtida bevosita stadionda bo'lgan Championat.Asia vakillari qiziq bir hodisaga etibor qaratishdi. Uelslik futbolchilar mamlakatlari Buyuk Britaniyaning bir bo'lagi bo'lishiga qaramay, o'z madhiyalarini kuylashdi. Nega unday bo'lgani va bularning barchasiga Rayan Giggzning qanday aloqasi borligi haqida gaplashamiz.


Uelsliklar o'zlarini britan deb hisoblashmaydi

Buyuk Britaniya deganda hammmamiz Angliya, Uels, SHotlandiya va SHimoliy Irlandiyadan tashkil topgan davlatni tushunamiz. Buyuk Britaniyaning mamuriy va siyosiy qismlari o'rtasidagi murakkab munosabatlar mamlakat sportiga ham tasirini o'tkazgan.

XVI asr o'rtalarida Uels Angliya tomonidan anneksiyaga (bir mamlakat tomonidan majburiy ravishda va bir tomonlama boshqa mamlakat ustidan boshqaruv o'rnatish) uchraydi. Keyinchalik Birlashgan Qirollik tarkibiga shuningdek SHotlandiya va SHimoliy Irlandiya ham kiradi. Britanlar Irlandiyaning qolgan qismida boshqaruvni o'rnata olishmaydi. SHundan so'ng Buyuk Britaniya hududida ko'p bor millatchilik bilan bog'liq nizolar va hattoki fuqarolar urushi yuz beradi. SHu zayilda o'tgan yillardan keyin garchi Birlashgan Qirollik tarkibiga kirsalarda, o'zlarini britan deb atab, g'ururlanishmaydi.

Buning asil sababi esa zamonamizdagi britanlar asosan anglo-sakslarning (dastlab Markaziy Evropada istiqomat qilgan) avlodi hisoblanadi (ularning asosiy qismi zamonaviy Germaniya hududida yashagan). Uelsliklar esa keltlar xalqi, kelib chiqishi bo'yicha irlandlar va shotlandlar ham ularga yaqin hisoblanadi. Mentalitet, madaniyat va til bo'yicha ular britaniyaliklardan keskin farq qiladi. Albatta, Buyuk Britaniyaning tasiri bor, biroq mahalliy aholi o'z urf-odatlarini saqlab qolishga urinadi. Bu narsa sport musobaqalaridagi madhiyada ham ko'zga tashlanadi.


Buyuk Britaniya madhiyasini hatto Rayan Giggz ham aytmagan

Sport jamiyatdagi vaziyatning o'ziga xos aksi hisoblanadi. Keltlar va britanlar o'rtasidagi munosabatlar yaxshi emasligini SHotlandiyaning futbol bo'yicha o'z chempionati borligidan ham bilib olish mumkin. Uels klublari esa Angliya ligalarida ishtirok etadi. Ular orasida: "Kardiff Siti", "Suonsi", "Reksxem" va yana bir qator jamoalar bor. Bunga qaramay, Uelsning o'z birinchiligi bor, lekin SHotlandiya chempionatidan farqli o'laroq u haqida ko'pchilik bilmaydi.

Angliya termasi va butun Buyuk Britaniya uchun odatiy madhiya "Xudo, qirolichani asra". Elizaveta II vafoti va taxtga uning o'g'li CHarlz (Karl III)ning o'tirishi munosabati bilan, madhiyani biroz o'zgartirishdi: endi unda quyidagicha so'zlar bor: "Xudo, qirolni asra". Biroq bu madhiyani na Uels, na SHotlandiya va na SHimoliy Irlandiya kuylaydi.

O'z vaqtida "Manchester Yunayted" Rayan Giggz ham madhiyani aytishdan bosh tortgan. Bu voqea 2012 yil Yozgi Olimpiadada yuz bergan. Uelsliklar "Xudo, qirolichani asra" degan so'zlarni aytishni istashmagan. Giggzga Jo Allen va Kreyg Bellami "sherik" bo'lgan. O'shandan keyin Giggz quyidagi fikrlarni aytgan: "Umid qilamanki, Buyuk Britaniya madhiyasini Kardiff (Uels poytaxti)da hushtakbozlik bilan qarshi olishmaydi. Qizig'i, u Angliyaning madhiyasi bilan bir xil bo'lib qolibdi. SHu sababli shotlandiyaliklar va uelsliklarga ushbu madhiyani aytish noqulay. Biroq jamoaning ichida, futbolchilar o'rtasida hech qanday muammo yo'q".

Unda uelsliklar qanday madhiya kuylaydi?

Uels terma jamoasi o'yindan avval uels tilida "Hen wlad fy nhadau" ("Ajdodlarim yurti")ni kuylashadi. Uni XIX asr boshida yozishgan. Bazan ular madhiyaning ingliz tiliga tarjima qilingan variantini kuylashadi. Asl holida esa u shunday yagraydi:


Birinchi bor bu madhiya 1905 Uelsning regbi bo'yicha terma jamoasi uchrashuvida yangragan. Ungacha uelsliklar "Xudo, Uels shahzodasini asra". 1970 yillarda "Ajdodlarim yurti" variantida uzil-kesil to'xtashdi.

Boshqa keltlarga keladigan bo'lsak, SHotlandiya termasi o'z uchrashuvlaridan avval ingliz tilida kuylashadi. U "The Flower of Scotland" ("SHotlandiya guli") deb nomlanadi. 


Mana shunaqa gaplar. Buyuk Britaniyada o'zgacha holat. Bir qarashda davlat bitta, terma jamoalar va madhiyalar - bir nechta.

Eslatib o'tamiz, Uels terma jamoasi oxirgi turni ertaga, 29 noyabr kuni, Angliyaga qarshi o'tkazadi. 


Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика