Bilasizmi? “Real” hali umuman “Liverpul” darvozasiga yo'l topa olmagan
22 okt 2014 18:36
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/148813_original.jpg)
![](/upload/storage/148813_220.jpg)
Bilasizmi? “Real” hali umuman “Liverpul” darvozasiga yo'l topa olmagan
"Liverpul" - "Real Madrid"
CHempionlar Ligasi "B" guruhi 3-tur.
2 oktyabr 2014. Stadion: "Enfild Roud"
Bosh hakam: Nikola Riccoli
Qanot hakamlari: Renato Faverani, Andrea Stefani
Zaxira hakami: Mauro Tonolini (Barchasi Italiyadan)
Yodingizda bo'lsa, “Liverpul” 2008/09 ECHL 1/8 final bosqichida Madridning “Real”ini ikki o'yin natijasiga ko'ra, 5:0 hisobida tor-mor keltirgan edi.
O'shanda Rafa Benites shogirdlari mehmonda minimal hisobdagi g'alabani tantana qilgan bo'lsalar, o'sha qizillarning sobiq murabbiyi Kenni Dalglish sexri mo'jizaga qodir degan stadion “Enfild Roud”da yirik 4:0 natijasi qayd etilgan.
Umuman olganda jamoalar shu vaqtgacha atigi 3 bor to'qnash kelgan va buni qarangki, ularning barchasida ingliz klubi zafar quchgan. SHuningdek, mazkur bahslarda “mersisaydliklar” “qaymoqranglilar” darvozasini 6 bor ishg'ol qilgan, madridliklar esa bir marta ham gol ura olmagan.
Taxminiy tarkiblar:
Liverpul: Minole – Djonson, Lovren, SHkrtel, Moreno – Djerrard, Allen - Xenderson – Koutino, Sterling, Lallana
Real: Kasilyas – Karvaxal, Pepe, Varan, Marselo – Kroos, Modrich, Isko – Rodriges, Ronaldu, Benzema
Jamoaga yordam bera olmaydiganlar: Flanagan, Suso, Starridj – Beyl, Koentrau, Xese, Ramos
Maydonga tushishi so'roq ostida: Saxo (Liverpul)
Qiziq bu safar omad kimga kulib boqar ekan? Balotelli ismli “passajiri” bor “Liverpul”gami yoki ajoyib sport formasida bo'lgan va birin-ketin gol urish bo'yicha rekordlarni yangilayotgan Ronaldu boshliq “Qirollik klubi” futbolchilarigami?
Omonjon To'xtamirzaev tayyorladi
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar