Bilasizmi? "Navbahor" oxirgi to'rt o'yinda 15ta gol o'tkazdi
05 noy 2016 14:09
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/226952_original.jpg)
![](/upload/storage/226952_220.jpg)
Bilasizmi? "Navbahor" oxirgi to'rt o'yinda 15ta gol o'tkazdi
Namanganliklar 22 ochko bilan turnir jadvalida 15-o'rinni egallab turishibdi. Agar shu ketish bo'lsa. "Navbahor" birinchi ligaga tushib ketishi mumkin.
Jamoa kecha Bekobodda "Metallurg" mehmoni bo'lib, 1:5 hisobida mag'lub bo'ldi. Statistikaga etibor bersak, "Navbahor" oxirgi to'rt o'yinda o'z darvozasidan 15ta gol o'tkazib yubordi. Bu esa shunday jamoa uchun ko'p deganidir.
O'yinlarni keltirib o'tamiz:
25-tur. "Navbahor" - "Buxoro" 1:2
26-tur. "Nasaf" - "Navbahor" 6:0
27-tur. "Navbahor" - "Qizilqum" 0:2
28-tur. "Metallurg" - "Navbahor" 5:1
Ko'rib turganingizdek, oxirgi to'rtta uchrashuvning hammasi mag'lubiyat bilan tugagan va shundan ikkitasida yirik hisob qayd etilgan. Jamoa "Nasaf"dan oltita, "Metallurg"dan esa beshta gol o'tkazib yuborgan. 5ta gol o'tkazish "Navbahor" uchun shu mavsumning o'zida uchinchi marta takrorlandi. Jamoa avvalgi turlarda "Lokomotiv" va "Paxtakor"dan ham beshtadan to'p o'tkazib yuborgandi. Umuman olganda, jamoa oliy liga klublari orasida gol o'tkazish bo'yicha birinchi o'rinda bormoqda. "Navbahor" hozircha 36ta gol urgan holda 64ta to'p o'tkazib yuborgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar