So’nggi yangiliklar

01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  2 00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  1 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  18 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  7 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  4 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  72 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  68

Bilasizmi? “Nasaf” kecha oliy ligadagi 600-uchrashuvini o'tkazdi Yangiliklar

Bilasizmi? “Nasaf” kecha oliy ligadagi 600-uchrashuvini o'tkazdi

1997 yildan oliy ligada ishtirok etib kelayotgan Qarshining “Nasaf” klubi kecha, o'zining oliy ligadagi 600-uchrashuvini o'tkazdi.

Bu uchrashuv o'zingizga malum, jamoamiz g'alabasi bilan yakunlandi. Bu g'alaba “Nasaf”ning barcha chempionatlardagi 337-g'alabasi sifatida qayd etildi.

Keling,  shu erda qisqacha klubimiz tarixiga nazar tashlaymiz. “Nasaf” oliy ligadagi debyut ishtirokida 6-o'rin bilan chegaralangan. 1998 yili 5-o'rin, 1999 yili esa 11-o'rin bilan qanoatlangan. Bu ko'rsatkich, jamoamiz tarxidagi eng yomon ko'rsatkich sifatida tarixda qolgan. SHu yili “Nasaf”ni Viktor Makarov boshqargan.

2000 yilgi chempionat boshida klubda katta o'zgarishlarga qo'l uriladi. “Nasaf”ga Bahrom Hakimov bosh murabbiy sifatida taklif etiladi va shu yili jamoamiz o'z tarixida birinchi marta bronza medaliga sazovor bo'ladi. Bahrom Hakimov yilning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etiladi. Jamoamizning to'purari – Zafar Xolmurodov esa “Hujum qiroli” sovriniga muyassar bo'ladi. Zafar Xolmurodov shu yilgi mavsumda raqiblar darvozasini 30 marta ishg'ol qilgan. Bu natijani hanuzgacha hech bir futbolchimiz takrorlay olgan emas.

2007 va 2008 yillar ham klubimiz uchun juda omadsiz kechgan. 2007 yili “Nasaf” chempionatni 9-o'rin bilan yakunlaydi. SHu yili jamoamiz chempionatni Bahrom Hakimov qo'l ostida boshlaydi. Bahrom Hakimov istefosidan so'ng, “Nasaf”ni vaqtincha Vitaliy Ni boshqaradi. Keyin esa Vladimir Fomichev jamoaga taklif etiladi. Natija esa 6-o'rin. Yakunda Vladimir Fomichevga ham chiqish eshiklari ko'rsatiladi.

“Nasaf” 2008 yilgi chempionatni 9-o'rin bilan yakunlagan. SHu yili jamoamiz chempionatni Viktor Borisov qo'l ostida boshlagan bo'lsa, undan “Nasaf”ni Edgar Gess qabul qilib oladi. Bu murabbiy ham jamoada o'zgarish qila olmagach, jamoaga Usmon Toshev bosh murabbiy sifatida taklif etiladi. Natija esa 9-o'rin. Bu natija hech kimni qoniqtirmas edi.

SHu yili klubga “SHo'rtan gaz kimyo majmuasi” bosh homiy sifatida biriktiriladi. Endi “Nasaf” klubi tarixida yangi sahifa ochiladi.

2009 yilgi chempionat boshida klubimiz rahbarlari misli ko'rilmagan, katta o'zgarishlarga qo'l urishadi.  Jamoaga rossiyalik mutaxasis Viktor Kumikov taklif etiladi. Ikkinchi davrada esa klubga bosh murabbiy sifatida Anotoliy Demyanenko tayinlanadi. Natija 3-o'rin. SHu yili klub qoshida futbol maktabi tashkil etilib, o'z faoliyatini boshlaydi.

O'zingizga malum, Anotoliy Demyanenko boshchiligidagi jamoamiz 2011 yili chempionatda kumush medalga sazovor bo'lgan va OFK kubogini qo'lga kiritgan. Bu klub tarixidagi juda katta natija edi.

2012 yil boshida klub rahbariyati jamoani Ro'ziqul Berdievga ishonib topshiradi. Yosh murabbiy 7-turdan so'ng o'z lavozimidan chetlatiladi va Usmon Toshev bosh murabbiy bo'ladi. Mavsum oxirida, Usmon Toshev faoliyatidan qoniqmagan klub rahbariyati jamoani yana Berdievga topshiradi. SHu yili chempionatni muvaffaqiyatli boshlagan “Nasaf”, 4-o'rin bilan kifoyalanadi. Berdiev shu yili 9ta uchrashuvda o'z shogirdlarini maydonga boshlab tushadi.

Ro'ziqul Berdiev shu vaqtdan buyon jamoamizni boshqarib kelayapti. Bu murabbiy davrida “Nasaf” to'rt marta (2013, 2014, 2015, 2016 yillar) qatorasiga  bronza medalini, bir marta O'zbekiston Kubogini (2015 yil) va yana bir marta O'zbekiston Superkubogini qo'lga kiritdi (2016 yil). Jamoamiz Berdiev qo'l ostida to'rt marta O'zbekiston Kubogi finalida ham ishtirok etaganini ham aytib o'tish joiz. Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi “Nasaf” 2013 yildan buyon 3-o'rindan pastga tushgan emas.

Bu murabbiy o'z faoliyati davomida  jamoamizni, chempionat uchrashuvlarida 133 marta maydonga boshlab tushdi. SHulardan 85 uchrashuvda “Nasaf” g'alabaga erishdi.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика