Bilasizmi? Ikkinchi davrada oltita jamoa mag'lubiyatsiz davom etmoqda
21 avg 2017 16:10
Yangiliklar
Bilasizmi? Ikkinchi davrada oltita jamoa mag'lubiyatsiz davom etmoqda
Bu 24ta o'yin o'tkazildi degani. Mana shu uch tur o'yinlarini oladigan bo'lsak, oltita jamoa hali mag'lub bo'lmadi va eng ko'p ochko jamg'ardi. Bular - "Lokomotiv", "Bunyodkor", "Buxoro", "Paxtakor", "Navbahor" va "Mashal" klublari. Bu jamoalar orasida eng kam ochko yiqqan "Paxtakor" (5 ochko) bo'lib, SHota Arveladze jamoasi bir marta g'alabaga erishib, ikki bor durang o'ynadi.
Boshqalar esa hozircha ettitadan ochko yig'ishdi. Yani, qolganlar hisobida ikkitadan g'alaba va bir durang bor. Umuman ochko yig'magan birgina "Obod" bo'lib turibdi. Uch o'yin - uch mag'lubiyat. SHuningdek, "So'g'diyona" bilan "Dinamo" bor-yo'g'i bir ochko to'plagan. "Neftchi" hisobida esa ikki ochko mavjud.
Quyida oliy liga klublarining ikkinchi davrada qancha ochko jamg'arganini ketma-ketlikda keltirib o'tamiz.
1. "Lokomotiv" - 7 ochko
2. "Bunyodkor" - 7
3. "Buxoro" - 7
4. "Mashal" - 7
5. "Navbahor" - 7
6. "Paxtakor" - 5
7. "Qizilqum" - 4
8. "SHo'rtan" - 4
9. "Olmaliq" - 4
10. "Nasaf" - 3
11. "Metallurg" - 3
12. "Qo'qon-1912" - 3
13. "Neftchi" - 2
14. "Dinamo" - 1
15. "So'g'diyona" - 1
16. "Obod" - 0
X.Xoliqov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar