Bilasizmi? "Betis" ham "qirollik klubi"
25 fev 2022 16:00
Yangiliklar


Bilasizmi? "Betis" ham "qirollik klubi"
Biz ispan klublari orasida "Real" so'zsiz ravishda qirollik maqomida deyishga o'rganib qolganmiz. Lekin bilasizmi, "Betis"ning ham mamlakat qirollik oilasi bilan bog'liq tarixi bor. Ispaniyaning hozirgi qiroli Filipp VI ning buvisi Mariya de las Mersedes Burbon-Siciliyskaya "Betis"ning ashaddiy muxlisasi bo'lgan!
Mariya "Betis"ni juda yaxshi ko'rardi. Hattoki, nogironlar aravachasida ekaniga qaramay, o'yinlarni tomosha qilishga borardi
Mariya — Karlos Burbon-Siciliyskiyning qizi bo'lgan. Tug'ilishi bilan Mersedesga Ispaniya malikasi sifatida Burbon-Siciliyskaya nomi berilgan. Keyinchalik oila Madriddan Sevilyaga ko'chib ketadi va o'sha erda Mariyaning "Betis"ga bo'lgan muhabbati paydo bo'ladi. Mersedes stadionning doimiy mehmoniga aylandi, jamoasini faol tarzda qo'llab-quvvatladi va hattoki, Portugaliya delegatlarini ham o'yinga olib bordi. Franko inqilobi davrida uni Ispaniyadan ketishga majburlashdi. U Franciyaning Kann shahrida, keyinroq esa Parijda yashadi va Luvrda sanatni o'rgandi.
Mariya keyinchalik Portugaliyaga ko'chib o'tdi, biroq "Betis"ni unuta olmadi. Bir kuni uning sevimli jamoasi safarda "Sporting" bilan o'ynadi. Bu imkoniyatdan unumli foydalangan Mersedes klub futbolchilarini mehmonga taklif qildi. 1976 yil Ispaniya monarxiyasi tiklandi va Mariya Sevilyaga qaytishga muvaffaq bo'ldi. 1982 yil Mariyaning oyoq soni sinib qoldi. Oradan 3 yil o'tib, chap son suyagi ham sindi. Natijada Mersedes nogironlar aravachasiga mixlandi. Ammo "Betis"ni esidan chiqargani yo'q va shu ahvolida ham bahslarga olib borishlarini so'radi.
1995 yili "Benito Vilyamarin" stadionida Mariyaga jamoaning oltin nishonini topshirishdi. Tribunadagilar uning ismini aytib hayqirishdi va olqishlashdi. Avvaliga Mersedes tanaffus payti ketishi kerak edi, biroq "Kompostela" - "Betis" uchrashuvini oxirgi daqiqasigacha tomosha qildi. O'sha o'yinda "Betis" 1:0 hisobida g'alaba qozongandi.
"Betis"ga muxlislik qilish — qirollik ananasi
Ispaniya qirollik oilasi va "Betis" o'rtasidagi mehrli munosabatlar Mariya bilan cheklanib qolmadi. 2017 yilning martida Ispaniya qirollik taxti uchun to'rtinchi davogar infanta Elena ham "Betis"ga muxlislik qilishini oshkor qildi. Uning Sevilya bilan o'ziga xos hikoyasi bor: u aynan o'sha erda turmushga chiqqandi. Bunga buvisining shahar jamoasiga bo'lgan muhabbati sabab bo'lgandi. "Men ham "Betis" azosiman, bu menga merosdir", — degan edi quvonch bilan Elena.
Ispaniya qiroli ham "Betis"dan yiroq emas. Aslida Filipp VI qaysi klubga muxlislik qilishini ochiq aytmagan bo'lsa-da, "Betis" bilan o'zgacha bog'liqligi bor. Ispaniya qiroli yaqinda "Betis" muxlisi to'piga dastxat qo'yib berdi, o'sha inson esa shunchaki qirolga tegib ko'rmoqchi bo'lgandi xolos. Ispaniya qiroli esa shunday degandi: "Men buni rad etolmasdim — avval hech ham to'pga qo'l qo'ymagandim".
Nozima Zaripova tarjimasi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar