Bikmaev "Paxtakor" bilan o'yinda maydonga tushmaydi
14 sen 2018 21:07
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/453356_original.jpg)
![](/upload/storage/453356_220.jpg)
Bikmaev "Paxtakor" bilan o'yinda maydonga tushmaydi
Superliganing 23-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Ushbu o'yinning so'nggi daqiqalarida zaxira o'rindig'ida o'tirgan Marat Bikmaev bosh hakam Vladislav Ceytlin tomonidan qizil kartochkaga loyiq ko'rildi. SHu tariqa, hujumchi "Lokomotiv" klubining navbatdagi o'yinida maydonga tushmaydi.
"Temiryo'lchilar" keyingi uchrashuvni O'zbekiston kubogi chorak finali doirasida "Paxtakor"ga qarshi o'tkazishadi. Mazkur bahs 18 sentyabr kuni "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar