So’nggi yangiliklar

14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  0 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  4 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  3 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  8 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14

B.Hakimov: Bunday o'yinlar oliy ligamizga faqatgina ko'rk beradi Yangiliklar

B.Hakimov: Bunday o'yinlar oliy ligamizga faqatgina ko'rk beradi

So'g'diyona - Dinamo uchrashuvidan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Bahrom Hakimov qatnashdi.

- Avvalambor barcha murabbiy va ustozlarni bugungi Ustozlar kuni bilan tabriklayman. O'yin kutilganidek jangovor ruhda kechdi. Biz o'tgan turda o'z uyimizda Neftchini qo'yvorganlik. Agar bugun durrang yokin mag'lubiyatga uchraganimizda, oliy ligada qolish masalamiz ancha og'irlashardi. Bugun men o'z shogirdimga qarshi kurash olib bordim desam hato bo'lmas. Davronga ham ancha qiyin. U ikkinchi davrada jamoaga qator yangi futbolchilar olib kelib, yangitdan jamoa tuzdi. Davralar oralig'ida bunday ishlarni amalga oshirganligiga qaramay jamoani ancha shakllantira olishga erishgan. Lekin Davron vaqti kelib o'zini to'liq ko'rsata olishiga ishonaman. O'yin to'g'risidagi fikrim bitta - bugun bo'lib o'tgandek o'yinlar ko'paysa Oliy ligaga ko'rk beradi. Haqiqiy jang, maydonning har bir qarichi uchun kurash.

- So'nggi o'n yillikdagi Oliy ligamizga etibor qilsak, autsayderlar orasidagi kurash, turnir jadvalining so'nggi pag'onasidagi 5-6 jamoa, asosan ikkinchi davradan boshlab bor kuchi bilan jonlana boshlaydi. Murabbiy siaftida fikringiz qanday? balki shu jamoalar birinchi davradan shunday o'yin ko'rsatishsa…

- Bilasizmi, bunga asosiy sabab shu jamoalarning tayyorgarlikni o'z vaqtida boshlamaganliklari. Misol qilib aytadigan bo'lsam: paxtaga o'z vaqtida ozuqa berib sug'orilmasa u ham o'z vaqtida o'smaydi. SHuning uchun murabbiylarga o'z vaqtida, vaqtliroq yig'inlarni yuqori darajada o'tkazish uchun sharoitlar yaratilishi zarur. Asosiy tayyorgarliklarni dekab va yanvar oylarida olib borish zarur. Fevralda esa, texnik, taktik, to'p bilan ishlash bo'yicha tayyorgarliklar olib borilsa yaxshi natijalarga erishish mumkin.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика