Beyl Qozondagi maydonni tanqid qildi
05 sen 2021 23:03
Yangiliklar
Beyl Qozondagi maydonni tanqid qildi
"Real Madrid" va Uels terma jamoasi yarim himoyachisi Garet Beyl JCH-2022 saralash bosqichida Belarusga qarshi bahsdagi (3:2) maydon holatini tanqid qildi.
UEFA sankciyalari tufayli o'yin Belarusdan Qozon markaziy stadioniga ko'chirildi.
"Maydon juda yumshoq va quruq. Futbol o'ynash qiyin edi. Hech bo'lmaganda, suv sepish kerak edi. Balki bu narsa Belarus terma jamoasiga yordam bergan bo'lishi mumkin.
Biz ilgari ham yomon maydonlarda o'ynaganmiz, lekin bugungi o'yin Rossiyaga uzoq muddatli parvoz kabi qiyinchiliklar tug'dirdi", — dedi Beyl.
Fikrlar