Beyl Lopetegi bilan uchrashadi

Mirjalol Normatov
16 iyun 2018, 20:15
"Real" forvardi Garet Beyl jamoaning yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi bilan uchrashib oladi.

Ayni damda uelslik futbolchi AQSHda hordiq chiqarmoqda. Shundan keyin u Lopetegi bilan uchrashib oladi va murabbiyning rejalari bilan tanishadi. Hozircha Beyl "Real"dan ketishi mumkinligi extimoli yuqori.

Agarda u rejalarga mos tushadigan bo'lsa, "Real"da qolishi mumkin. Oldinroq uning xizmatlariga "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS