Beyl dubldan so'ng: "O'ynashga imkon berishsa, jarimadan ham gol ura olaman"
25 mar 2022 09:46
Yangiliklar
Beyl dubldan so'ng: "O'ynashga imkon berishsa, jarimadan ham gol ura olaman"
Garet Beyl Avstriyaga qarshi o'yindagi dublni tanqidchilarga javob deb hisoblamaydi.
Uels JCH-2022 saralashining yarim finalida Avstriyani mag'lub etdi. Endi terma jamoa finalda SHotlandiya - Ukraina o'yini g'olibiga qarshi bahs yuritadi.
"To'g'risini aytsam, xech kimga javob berishim shart emas. Vaqtimni ketkazib qandaydir signallar ham berib o'tirmayman. SHunchaki, ular uyalishlari kerak. Meni bunday masalalar tashvishga solmaydi - nuqta.
O'ynash imkoniyatim bo'lsa, jarima zarbasidan ham gol ura olaman. To'p darvozaga kirib ketishini tomosha qilib turish yoqimli bo'ldi.
O'yin oxirida tomirlarim tortishib qoldi, lekin bu normal holat. Men vatanim uchun tog'larni talqon qilaman, bugun ham shunday munosabat bilan o'ynadik", - dedi "Real"ning uelslik futbolchisi.
Fikrlar