So’nggi yangiliklar

08:35Футзал. Осиё Кубогида сенсация: Индонезия Японияни енгиб, финалга йўл олди  5 08:09"Металлург" - "Локомотив" U-21 учрашуви манзили ўзгарди  1 07:43Сияваш Ҳақназарий ОКМКга қайтди  1 03:04Испания Кубоги. 5:0 ва "Атлетико" ярим финалда!  9 02:55Бергамода йирик ҳисобда ютқазган "Ювентус" Италия Кубогини тарк этди  5 01:02Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди  23 00:33Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол"дан йирик ғалаба, Бенземадан дебютдаёқ хет-трик!  23 00:14"Барселона" ёзда яна бир дарвозабонидан воз кечмоқчи  8 23:52Родриго икки ўйинга четлатилди  1 23:35"Нефтчи" "Истиқлол" стадионини трансляция учун интеграциялашган кабеллаштириш юзасидан биринчилардан бўлиб шартнома имзолади  4 23:19Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши баҳсни ҳам ўтказиб юборади  29 22:57Азар фаолиятидаги энг яхши мураббийини танлади  4 22:42БАА. "Ал Батеҳ" сафарда 3-ўриндаги жамоа билан дуранг ўйнади, Ғаниев 90 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:23Яп Стам МЮни ким бошқариши кераклигини айтди  3 21:54Раҳим Стерлинг Осиё клубига ўтиши мумкин  1

Bert van Marveyk intervyu berdi Yangiliklar

Bert van Marveyk intervyu berdi

Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyi Bert van Marveyk OAV xodimlari uchun intervyu berdi.

65 yoshli mutaxassis futbol olamida ancha tajribali va taniqli hisoblanadi. U bundan sakkiz yil muqaddam 2010 yilgi jahon chempionatida Gollandiya terma jamoasiga murabbiylik qilgandi.

O'tgan yil Saudiya Arabistoni aynan shu murabbiy qo'l ostida mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Biroq keyinchalik bazi sabablarga ko'ra van Marveyk Saudiyani tark etishga majbur bo'ldi. Lekin tajribali mutaxassis uzoq vaqt ishsiz qolib ketmadi, balki tez orada Avstraliya taklifini qabul qildi. Endilikda "sokkeruzlar" ushbu murabbiy qo'l ostida mundialga tayyorgarlik ko'rmoqda.

- Navbatdagi jahon chempionatida qaysi xususiyatlarni namoyon etishni xohlaysiz?
- Men doim qo'l ostimdagi jamoaning imkoniyatidan kelib chiqib ish tutaman. Nimadir mo'jiza yaratishga harakat qilmayman. Futbolchilar uchun nima qilsam engillik bo'ladi, meni ko'proq shu o'ylantiradi. CHunki futbolchilarning o'zlarini yaxshi his etishi murabbiy uchun juda muhim.

- Nima deb o'ylaysiz, jahon chempionatida sizni alohida kuzatishadimi?
- Murabbiylar orasida faqat o'zim golland bo'lganim uchun "ha" deb o'ylayman. Vatanimda shuningdek, Marokash terma jamoasini ham kuzatib borishadi. CHunki bu jamoa tarkibida gollandiyalik futbolchilar bor.

- Avstraliya joy olgan guruh haqida fikringiz? Siz boshqarayotgan jamoa guruh o'yinlarini Franciya, Daniya va Peruga qarshi o'tkazadi?
- Avval ham aytganman, hozir ham qaytarishim mumkin, bu eng qiyin guruhlardan biri. Boshqa yangi gap aytishning hojdati bo'lmasa kerak. Guruhdagi eng kuchli jamoa - Franciya. Men ularning mart oyida Kolmubiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini ko'rdim. Franciya juda kuchli ko'rindi.

Francuzlarda tezkor va yaratuvchi futbolchilar bor. Ular jismoniy jihatdan ham baquvvat. Masalan, birgina Kilian Mbappening o'zi ko'p narsaga qodir. U jamoaning o'tkir quroli. Lekin bu Franciyani mag'lub eta olmasligimizni anglatmaydi. Qolgan ikki jamoa haqida hozircha gapirmoqchi emasman, negaki birinchi uchrashuvni Franciyaga qarshi o'tkazamiz. Oldin Franciya bilan o'ynab olaylik, keyin navbatdagi raqib haqida o'ylaymiz.

- Siz eng ko'p tasir qilgan mundial qaysi?
- 1966 yil Angliyada o'tkazilgan JCHni yaxshi eslayman. 1974 yil Germaniyada bo'lib o'tgan mundial men uchun alohida ahamiyat kasb etadi, chunki biz ikkinchi o'rinni olganmiz. 1978 yilgi mundialga men ham borishim mumkin edi, biroq jarohat tufayli qolishga majbur bo'lganman.

- JCH-2010dan qanday xotiralar qoldi?
- Bu murabbiylik faoliyatimdagi eng yaxshi musobaqalardan biri bo'lib qoladi. Gollandiya terma jamoasi qo'l ostimda finalga qadar etib borgandi. Katta turnirlarda qancha ko'p qolsang, shunchalik o'sayotganingni his etasan. Biz JARda o'tkazilgan mundialda eng yaxshi jamoalardan biri edik. Albatta, alohida o'yinchilar borasida bizdan kuchlilar bor edi, lekin jamoa sifatida chindan ham Ispaniyadan keyin ikkinchi bo'lganmiz.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика