So’nggi yangiliklar

00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1

Bernd SHtange: “O'zbekiston va Qirg'izistonga qarshi o'yinlarda turlicha o'ynadik” Yangiliklar

Bernd SHtange: “O'zbekiston va Qirg'izistonga qarshi o'yinlarda turlicha o'ynadik”

Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Bernd SHtange Qirg'izistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidagi mag'lubiyatdan so'ng (1:2) o'z fikrlarini bildirdi.

– Birinchi navbatda raqiblarimizni haqli g'alaba bilan tabriklayman. Bugungi bahs imkoniyatlardan foydalanilmagan o'yin bo'ldi. Ikkala jamoa ham birinchi taymda ko'plab gollar urishi mumkin edi. Uchrashuv davomida futbolchilarim nazoratni yo'qotishdi va sariq, qizil kartochkalar olishdi. Bunday vaziyatda natijaga erishish qiyin. Gap professional tartib haqida ketmoqda. Bugungi vaziyatni tahlil qilib chiqishimiz kerak.

– Ikkita o'rtoqlik o'yinidan qanday xulosalar qildingiz?

- Biz O'zbekiston bilan yaxshi o'yin namoyish etgandik. Futbolchilarim Qirg'iziston terma jamoasini mensimay, oson o'yin kutishgandi, buning uchun raqib bizni jazoladi. Besh kun oldin O'zbekiston bilan o'yinda namoyish etilgan yuqori darajadagi o'yinni Qirg'iziston bilan uchrashuvda ko'rsata olmadik. Bugun raqibdan kuchli emasdik va Qirg'iziston haqli tarzda g'olib bo'ldi.

– Bugungi o'yindagi hakamlik haqida nima deysiz?

– Hakamlik haqida gapirish mening vakolatimga kirmaydi. Menimcha birinchi taymda u qadar ko'p qo'polliklar bo'lmadi va sariq kartochklar sonidan xayron qoldim. Ammo shunday bo'lsa ham futbolchilarim nazoratni yo'qotmasliklari lozim. Futbolchilar hissiyotga berilishdi, nazorat yo'qotilishi qimmatga tushdi, - deb SHtangening so'zlarini keltiradi Qirg'iziston futbol Federaciyasi rasmiy sayti.

Eslatib o'tamiz, uchrashuvni qozog'istonlik hakam Aleksandr Aliev boshqarib bordi. Bahs davomida u jami 9ta sariq va 3ta qizil kartochka ko'rsatdi. Uchala qizil kartochka ham Suriya terma jamoasi azolariga ko'rsatildi.


Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика