So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  4 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  3 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  24 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  3 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  19 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  18 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  19 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  9 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  54

Berluskoni klubi, "o'rmonchilar" va "Jirona". Evropa top-ligalarida mavsumiy yangilanish Yangiliklar

Berluskoni klubi, "o'rmonchilar" va "Jirona". Evropa top-ligalarida mavsumiy yangilanish

Xayrlashamiz va tanishamiz.

Segunda pley-off final bosqichida elitaga chiqish uchun g'alaba qozongan Ispaniyaning "Jirona" klubi 2022/23 yilgi mavsum Evropa top chempionatining oxirgi bo'lib elon qilingan ishtirokchisiga aylandi. Bugun quyi divizionga tushib ketgan hamda elitaga ko'tarilgan jamoalar haqida gaplashamiz.


Angliya chempionati

Tushib ketdi: "Norvich", "Uotford", "Bernli".
Elitaga chiqdi: "Fulxem", "Bornmut", "Nottingem Forest".

"Norvich" — Angliyaning asosiy futbol "lifti"dir. 2018/19 yilgi mavsumda "kanareykalar" CHempionshipda birinchi o'rinni egallab, Premer-Ligaga yo'l olishdi. Ammo u erda 20-o'rinni band qildi. O'tgan mavsum yana chempionlikni qo'lga kiritishdi. Biroq mavsum yakunida yana APLning eng yomon jamoasi bo'lib, quyi divizionga tushib ketishdi.

"Norvich" 2017/18 yilgi mavsumdan beri divizionlar o'rtasida "sayohat qilayotgan" "Fulxem" bilan bemalol bahslashishga tayyor. Jamoa 6 yildan beri bir divizionda ketma-ket ikki mavsum o'ynamayapti. "Norvich" bilan esa 5 yildan beri muntazam chempionat o'yinlarida to'qnash kelmadi: "Fulxem" yuqorilaganda, "Norvich" pastlaydi yoki buning aksi.

"Bernli" oliy ligada 6 yil o'ynab, shu mavsumdan keyin elitadan tushib ketdi. Uzoq yillar "Bernli"ni boshqargan SHon Daych jamoani jonlantirib yubordi, biroq ortda qolgan mavsumda APLdagi o'rnini saqlab qola olmadi. Ikki yil avval "Fulxem"ni elitaga olib chiqqan Skott Parker bu gal "Bornmut"ni Premer-Ligada o'ynashiga sababchi bo'ldi.

"Nottingem Forest" CHempionship pley-off bosqichida g'alaba qozondi va 1998/99 yilgi mavsumdan beri ilk bor Premer-Ligada ishtirok etadi. Darvoqe, gap ikki bor Evropaning eng yaxshi jamoasi bo'lgan klub haqida ketmoqda: 1978/79 va 1979/80 yilgi mavsumlarda "o'rmonchilar" afsonaviy Brayan Klaf bilan CHempionlar Kubogida g'alaba qozongan.


Ispaniya chempionati

Tushib ketdi: "Granada", "Levante", "Alaves".
Elitaga chiqdi: "Almeriya", "Valyadolid", "Jirona".

"Levante" Primeraning oxirgi turlarida 4tadan 3 bahsda g'olib chiqdi. Umuman olganda, u o'tgan bahor ispan chempionatining eng yorqin jamoalaridan biri bo'ldi desak, adashmaymiz. Lekin bu omillar "qurbaqalar" Segundaga tushib ketmasligi uchun etarli bo'lmadi. "Almeriya" 2014/15 yildan, "Jirona" esa 2018/19 yildan beri ilk bor Primerada ishtirok etadi. "Valyadolid" elitaga qaytishi uchun esa bir yil kifoya qildi.

Fenomen Ronaldoga tegishli bo'lgan ushbu klubning tarkibni kuchaytirish bo'yicha ulkan rejalari bor: gap-so'zlarga qaraganda, "Valyadolid" tarkibini "Barselona" va "Real"ning braziliyalik afsonalari — Dani Alves va Marselo bilan to'ldirmoqchi ekan. Eslatib o'tamiz, ular ayni damda erkin agent hisoblanishadi. Ronaldoning shaxsan o'zi hamyurtlari bilan  muzokara olib borayotgan emish.

"Jirona" Segundadagi mavsum natijalariga ko'ra 6-o'rinni egalladi. Etiborlisi, jironaliklar ochko bo'yicha teng bo'lgan "Ovedo"dan faqatgina qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra oldinga o'tishga muvaffaq bo'ldi. Pley-offda esa "Jirona" Kuboklarda as qotadigan xarakterni ishga soldi va Primeraga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritishga juda yaqin kelgan "Eybar" va "Tenerife"ga safardagi g'alabalari orqali imkon qoldirmadi.


Italiya chempionati

Tushib ketdi: "Kalyari", "Jenoa", "Veneciya".
Elitaga chiqdi: "Lechche", "Kremoneze", "Monca".

"Jenoa" 15 yil deganda ilk bor elitadan tushib ketdi. "Kalyari" olti yil ketma-ket oliy ligada o'ynab, A Seriyani tark etdi. "Veneciya" esa A Seriyada o'tgan 2021/22 yilgi chempionatni oxirgi 20 yildagi yagona mavsum sifatida eslashga majbur, hozircha.

"Lechche" A Seriyaga qaytishi uchun 2 yil etarli bo'ldi. "Kremoneze" esa elitaga qaytish uchun ancha yillar talab etildi: klub oxirgi marta 1995/96 yilgi mavsumni A Seriyada o'tkazgan. "Monca"ni esa A Seriyadagi debyut kutib turibdi. Klub 1912 yil tashkil topgan va 110 yil deganda o'zini elitada sinab ko'rishi mumkin bo'ladi.

Italiya sobiq bosh vaziri va "Milan"ning sobiq xo'jayini Silvio Berluskoni 2018 yil 3 million evro evaziga "Monca"ni sotib olgandi. Bundan tashqari, "Milan"ning sobiq vice-prezidenti Adriano Galliani ham uning yonida ishlaydi. Ikki qariya 3-divizionda o'ynaydigan "Monca"ni 4 yil ichida A Seriyaga olib chiqishga muvaffaq bo'lishdi. Berluskonining yaqin kelajakdagi rejasi Skudettoni qo'lga kiritish va CHempionlar Ligasida g'olib chiqish. Hazillashmayapmiz, har holda Silvioning o'zi shunday niyatda ekanini OAVga malum qildi.


Germaniya chempionati

Tushib ketdi: "Groyter Fyurt".
Elitaga chiqdi: "SHalke", "Verder".

Bundesligada "SHalke" va "Verder"ni sog'inib ulgurishmagan bo'lsa ham kerak: 2020/21 yilgi mavsum sarhisobi bo'yicha "Verder" va "SHalke" Bundesliga elitasining eng yomon, 2021/22 yili esa Bundesliga ikkinchi divizionining eng yaxshi jamoalari bo'lishdi.

Uzoq kutilgan qaytish esa amalga oshmadi: 2017/18 yilgi mavsumgacha oliy ligadan hech qachon tushib ketmagan "Gamburg" o'tish bahslarida "Gerta"ga qarshi o'ynadi. "Dinozavrlar" safarda bo'lib o'tgan uchrashuvda minimal hisobda ustun kelishdi, ammo oradan 4 kun o'tib, uyda mag'lub bo'lishdi (0:2). Feliks Magat berlinliklarga elitada qolishida yordam berdi va o'z o'rnini Sandro SHvarcga bo'shatib berdi.


Franciya chempionati 

Tushib ketdi: "Mec", "Sent-Eten", "Bordo".
Elitaga chiqdi: "Tuluza", "Ayachcho", "Oser".

Birdaniga 2ta klub, mamlakatning ko'p karra chempionlari Liga 1dan tushib ketishdi: "Bordo" 6 marta Franciya chempioni bo'lgan, yaqin vaqtgacha eng ko'p titul egasi hisoblangan "Sent-Eten" esa 10 bor mahalliy ligada g'olib chiqqan. "Oser"ga qarshi o'tish bahsidagi mag'lubiyat va jamoa ikkinchi divizionga tushib ketishidan so'ng, "Sent-Eten" muxlislari futbolchilarga qarata fayerlar otib, zaxira o'rindig'ini yoqib yuborishdi. Bu ham etmagandek, fan-shop (muxlislar uchun do'kon)ni talon-taroj qilib tashlashdi.

Qattiq g'azablangan olomonni tinchlantirish uchun policiya xodimlari maxsus tayoqcha (dubinka) va ko'zdan yosh chiqaruvchi gaz ishlatishga majbur bo'lishdi. Bu holatni futbolchilar butun umr esdan chiqara olishmasa kerak.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика