Breaking news. Sergey Kovshov - "Neftchi" bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2018, 20:26
Joriy yil yana super ligada ishtirok etishi ma'lum bo'lgan "Neftchi"da jiddiy o'zgarishlar boshlandi.

Bugun Farg'ona viloyati hokimiyatida viloyat futbol assotsiatsiyasi xodimlari, viloyatdagi professional futbol klublari rahbarlari hamda murabbiylari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.

Kun tartibidan o'rin olgan asosiy masala, viloyatning bosh jamoasi "Neftchi" jamoasiga yangi rahbariyat va bosh murabbiyni tayinlash bo'ldi.

Aytishlaricha endilikda "Neftchi" klubi natijalariga bosh murabbiy Sergey Kovshov javobgar sifatida tayinlangan. Unga Abdumalik Hakimov, Bahrom Haydarov, Ilhom Zaylobiddinov va Hislat Chilmatov yordam beradigan bo'ldi.

Tarkibga ham "Cementchi" futbolchilari yoppasiga ko'chib o'tishi kutilmoqda. Shu bois Quvasoy jamoasining keyingi taqdiri so'roq ostida turibdi. Ertaga klub raisi va yangi murabbiylar shtabi jamoaga tanishtirilib, rasman e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia