So’nggi yangiliklar

20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  0 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  3 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  3 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  15 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1

Berdiyor Mamurov: "Muxlislarimiz g'alablarni sog'inib qolishgandi" Yangiliklar

Berdiyor Mamurov: "Muxlislarimiz g'alablarni sog'inib qolishgandi"

PRO-Liga 15-turidan o'rin olgan "Istiqlol" - "Zomin" (1:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar yordamchi murabbiyi Berdiyor Mamurov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




- Berdiyor aka, "Zomin" jamoasi so'ngi pog'onalarni egallab turganiga qaramasdan bugun safarda "Istiqlol"ni mag'lub etishning uddasidan chiqdi. O'yin haqida fikrlaringiz...

- Xabaringlar bor, jamoamiz bugunga qadar so'ngi pog'onani egallab turgandi. Bizda ham boshqa professional klublardan sharoitlarimiz kam emas. Maydonlarimiz yaxshi, ichki muhitimiz joyida, xomiylarimiz muntazam bizni qo'llab-quvvatlab kelishmoqda. Aslida "Zomin" so'ngi o'rinlarda yuradigan jamoa emas. Tarkibimizda bir qator mahoratli futbolchilar bor.

Pandemiya tufayli jamoamiz har o'yindan oldin tibbiy tekshiruvdan o'tadi. Obektiv va subektiv sabablarga ko'ra o'yinlardan oldin tarkibimizda yo'qotishlarga duch kelmoqdamiz. Ularning o'rnini to'ldirish uchun yosh futbolchilardan foydalanishga to'g'ri kelmoqda.

Endilikda hammasi joyiga tushdi, "Xorazm" bilan o'yinga ham to'liq tarkib bilan bordik. Mana bugungi o'yinga ham ayrim futbolchilarni aytmasa deyarli to'liq shakllangan xolda etib keldik. Bugungi o'yinga klubimiz rahbarlari ham kelib bizni qo'llab-quvvatlab turishdi. O'yindan oldin bizdan bugun yuta olasizlarmi deb so'rashdi, biz albatta yutamiz deb javob berdik. Mana rahbarlarimiz bizga yaxshi sharoitlarni yaratib berishdi, natijamiz ham ko'ngildagidek bo'ldi. Muxlislarimiz g'alabalarimizni sog'inib qolishgandi. Viloyatimiz hokimi, shuningdek tumanimiz hokimi oxirgi o'rinda bizga yarashmasligimizni aytib o'tishgandi. Bularning hammasi jamoamiz yigitlarini ruhlantirdi va g'alabalarga erishmoqdamiz.

- Ayni damda quyi to'rtlikda "Istiqlol" jamoasi ochkolar bo'yicha ilgarilab ketgan. Endilikda asosiy kurash "Zomin", "Oq-tepa" va "Xorazm" jamoalari o'rtasida kechadi. Nima deb o'ylaysiz, jamoangiz navbatdagi turda "Oq-tepa" bilan kechadigan o'yinda ham bugungidek ishtiyoq bilan o'ynay oladimi?


- Nasib bo'lsa bugungi kabi o'yin namoyish etamiz. CHunki bugun "Istiqlol"ga qarshi bahsdan so'ng jamoamiz qaytishi kerak edi. Lekin bugun bizga Farg'onada qolishimizni, yaxshi hordiq chiqarib ertaga Toshkentga jo'nashimizni aytishdi. Xomiylarimiz jamoa "Oq-tepa" maydonida mashg'ulotlar o'tkazib, u erdagi muhitga moslashishi bo'yicha sharoitlar yaratib beradigan bo'lishdi. Uyga qaytish yo'q, bizga shuncha imkoniyat yaratib berishmoqdami, biz ham munosib ravishda g'alabalarimiz bilan javob berishimiz kerak.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика