Berdiev – rekordchi, Shackixda uchinchi urinish. Superkubok yutgan murabbiylar
26 may 2025 18:05
Yangiliklar
Berdiev – rekordchi, Shackixda uchinchi urinish. Superkubok yutgan murabbiylar
Shu vaqtgacha quyidagi 7 nafar murabbiy O'zbekiston Superkubogida zafar quchgan. Bu borada debyutni Viktor Jalilov boshlab bergan bo'lib, u "Navbahor" bilan sovringa ega chiqqan. Mazkur ro'yxatda ikki nafar evropalik mutaxassislar Piter Xyuistra (Niderlandiya), Slavche Voyneski (Shimoliy Makedoniya) ham bor. Ular "Paxtakor" ustozi sifatida 1 marotabadan Superkubokka ega chiqqan.
Rekord "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievga tegishli bo'lib, mutaxassis 2016, 2023, 2024 yillarda bunday natijaga erishgan.
Maksim Shackix uchun bu uchinchi urinish hisoblanadi. Avvalgi 2 yilda u "sherlar" bilan "Nasaf"ni taslim qilishga urinib ko'rgan, lekin uddalay olmagan.
1999. Viktor Jalilov ("Navbahor")
2014. Mirjalol Qosimov ("Bunyodkor")
2015. Vadim Abramov ("Lokomotiv")
2016, 2023, 2024. Ro'ziqul Berdiev ("Nasaf")
2019. Andrey Fyodorov ("Lokomotiv")
2021. Piter Xyuistra ("Paxtakor")
2022. Slavche Voyneski ("Paxtakor")
Eslatib o'tamiz, "Nasaf" hamda "Andijon" o'rtasidagi Superkubok bahsi ertaga 19:30 da start oladi. Uchrashuvga Toshkentdagi "Bunyodkor" stadioni mezbonlik qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar