Benzemaning sobiq agenti: "Karim "Lion"ga qaytadi deb hisoblayman, klub uning yuragida"
26 jan 2021 16:38
Yangiliklar


Benzemaning sobiq agenti: "Karim "Lion"ga qaytadi deb hisoblayman, klub uning yuragida"
"Real" forvardi Karim Benzemaning sobiq agenti Karim Jaziri o'yinchining kelajagi haqida gapirdi.
"Karim Benzema "Lion"ga qaytadimi? Ha, men yurakdan u qaytadi deb hisoblayman. U doim men bilan gaplashadi va "Lion"ning barcha o'yinlarini ko'radi.
Buning ustiga u hech qachon "Grupama" stadioni ("Lion"ning arenasi, Franciyadagi Evro-2016 uchun qurilgan)da bo'lmagan. U buni xohlagan bo'lar edi, "Lion" - uning yuragida", - deydi Jaziri.
Benzema 2004-2009 yillar davomida "Lion"da o'ynagan, shundan so'ng "Real"ga yo'l olgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar