Benzema, Zidan va Iskodan keyingisi Vaskes bo'ldi
15 iyu 2019 22:10
Yangiliklar


Benzema, Zidan va Iskodan keyingisi Vaskes bo'ldi
Ispaniyada tobora futbolchilarning uylarini tunab ketish bo'yicha holatlar ko'payib bormoqda.
Yaqinda, «Real» xujumchisi Karim Benzema, klub ustozi Zayniddin Zidan hamda yarim himoyachi Isko o'g'rilardan jabr ko'rgandi.
Endi esa madridliklarning yana bir azosi Lukas Vazkesning xonadoniga jinoyatchilar bostirib kirib, u erda bo'lgan qimmatbaho buyumlarni olib chiqib ketishgan.
27 yoshli hujumchi bu vaqtda oilasi bilan Balear orollarida (Ispaniya) hordiq chiqarayotgan edi.
Qayd etish joizki, joriy yilda Xordi Alba, Kevin-Prins Boateng, Xoakin, Jerar Pike, Esekiel Garay, Joffre Kondogbia, Alvaro Morata kabi LaLiga futbolchilarning uyiga ham o'g'rilar hujum qilishgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar