Benzema: “Ronaldo menga futbolni sevishni o'rgatgan”
04 avg 2020 00:32
Yangiliklar
Benzema: “Ronaldo menga futbolni sevishni o'rgatgan”
Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema uning futbolchi sifatida yanada o'sishiga turtki bo'lgan sportchilarning nomini sanab o'tdi.
“Bu savolga yagona javob yo'q. Ammo shunday insonlar borki, ulardan ko'p narsani o'rganganman. Misol tariqasida futbolchini keltiradigan bo'lsak, braziliyalik Ronaldo meni futbolni sevishga majbur qilgan. Uning o'yinlari menga o'zgacha zavq bergan.
Umumiy sportchilar haqidagi gapiradigan bo'lsam, garchi basketbolga u darajada ishqiboz bo'lmasamda Maykl Jordanni alohida ko'rsatgan bo'lardim. U “CHikago”da qanday ishlarni bajarganini barcha yaxshi biladi. Yana kimni ko'rsatardim? Mayk Taysonni menimcha. CHunki Tayson bu kuch, qudrat timsoli”, deya Benzemaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.com.
Fikrlar